6- mavzu: Bilim inson ma’naviy kamoloti omili. «Gnoseologiya»



Download 26,47 Kb.
bet3/5
Sana26.04.2022
Hajmi26,47 Kb.
#582277
1   2   3   4   5
Bog'liq
6.mavzu

Badiiy bilim borliqni tushunib yetish refleksiyaning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u san'at borlig‘ining barcha bosqichlarida – asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha – o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi. Badiiy ijodni ijodkorning fikrlari va kechinmalarini anglab yetish ob'ekti – butun dunyoga uzviy bog‘lagan holda san'at tilida moddiylashtirish deb ta'riflash mumkin. Shaklan badiiy faoliyat ob'ektga qarab mo‘ljal oladi, mazmunan esa, u shaxs o‘zligining ifodasi, inson ma'naviy hayotining intim tomoni, ijodkor ideallari va didining majmui hisoblanadi. Borliqni badiiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati ko‘p jihatdan san'at tilining o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Ongning kutilmagan kashfiyotlar xos bo‘lgan bunday holati psixologiyada «insayd» deb ataladi. San'atni idrok etish o‘zlikni anglash bilan bog‘liq cheksiz va tengsiz lazzat baxsh etadi. Shunday qilib, san'atning bilishdagi ahamiyati shundan iboratki, u bilish va o‘zlikni anglashning o‘ziga xos birligidir. San'at – shaxsni ma'naviy boyitish manbai. U insonning ijodiy imkoniyatlarini faollashtiradi, uning madaniyat dunyosi va umuman jamiyatdagi xulq-atvorni tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. San'atni idrok etishda ob'ekt va sub'ekt mushtarakdir. Shaxs san'at asarining mazmuniga o‘zining daxldorligini his qiladi va uni o‘zida kashf etadi. Shu sababli san'atni idrok etish orqali bilish faolligi namoyon bo‘ladi.
Diniy bilim insoniyat to‘plagan tajribaga tayanib, inson hayotining muhim ko‘rinishlari, chunonchi: oila va turmushdagi xulq-atvor, axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga munosabatni tartibga soladi. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat borlig‘ining mazmunini aniqlashdan iborat. Din universumning pirovard mazmunlari haqidagi o‘z tasavvurini asoslab, dunyo va insoniyatning birligini tushunishga ko‘maklashadi. U inson hayotini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan haqiqatlar tizimidan iborat. Diniy ta'limotlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular jamoa tajribasini ifodalaydi va shu bois nafaqat har bir dindor odam, balki dinga sig‘inmaydiganlar uchun ham qadrlidir. Diniy ta'limotlarning vazifasi Xudo bormi, uni qanday qilib bilish mumkin, umuman, Xudoni bilish mumkinmi, degan savollarga javob berishdan iborat. Din o‘z dunyoqarashini Muqaddas Kitob matnlarida, shuningdek diniy rasm-rusum va urf-odatlarda ifoda etadi. Diniy rasm-rusumlarning bir unsuri ramziy ahamiyatga egadir. Diniy ramzlar g‘oya va obraz muvozanatini o‘zida mujassamlashtiradi.
Meditatsiya – o‘z tafakkurini bir ob'ektga qaratish, inson e'tiborini chalg‘ituvchi barcha begona omillarni chetga chiqarish yo‘li bilan fikr yuritish, narsa, g‘oya, dunyoni idrok etishdir. Dinda meditatsiya shaxsiy ongning Absolyut bilan birikuvini anglatadi. Xristianlikda meditatsiya inson shaxsi va ilohiy shaxsning muayyan oqibati sifatida talqin qilinadi. Meditatsiyaning bilish usuli sifatidagi samaradorligini fan tan oladi; davolash uchun mo‘ljallangan psixotexnika va autogen mashq tizimlari diniy-mistik g‘oyalar bilan bog‘liq emas.
Diniy bilishning o‘ziga xos xususiyatlari shu bilan belgilanadiki, u odamlarning o‘zini boshqaruvchi dunyoviy (tabiiy va ijtimoiy) kuchlarga munosabatining bevosita emotsional shakli bilan bog‘liq.

Download 26,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish