Buyurtma qabul qilish. Avvalo to‘y o‘tkaziladigan zal buyurtmachiga ko‘rsatiladi. Banket o‘tkaziladigan sana va vaqt, to‘yga keluvchilar soni, banket uchun o‘tkazilgan pul summasi anikdanadi. Quyidagi masalalar oldindan hal qilib olinadi: milliy an’analardan kelib chiqqan holda xizmat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, kelin-kuyov-larning kelishi, kutib olinishi yoki kelin-kuyovlar meh-monlarni kutib olishi, sovg‘alari, gullar uchun joy, meh-monlarni qaysi tartibda o‘tqazilishi, issiq ovqat qachon berilishi, o‘yin-kulgi, choy berilishi va hokazolar.
Buyurtmachi bilan taomnoma, banket stollarining qo‘yi-lishi, mehmonlarni joylashtirish rejalari kelishib olinadi. Buyurtma qabul qilinganda buyurtmachiga resto-ran manzili yozilgan taklifnoma blankalari beriladi.
To‘y taomnomasiga har xil sovuq taomlar va gazaklar, qandolat mahsulotlari, mevalar, ichimliklar, bitta yoki ikkita issiq ovqat kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |