Aim.uz
Masalalar paneli va bosh menyu bo’limlari
Reja:
-
Masalalar paneli haqida tushuncha
-
Bosh menyu bo’limlari
Masalalar panelida chap tomonda «Pusk» tugmachasi, ung tomonda soat, klaviaturaning indiqatorlari aks ettirilgan. Agar sichqoncha ko’rsatkichini vaqt indiqatoriga olib borilsa, sana ko’rsatiladi. Agarda sichqonchaning chap tugmachasi vaqt indiqatorida ikki marta bosilsa, «Svoystva: Data\vremya» (Xossalar: Sana\vaqt) oynasi paydo bo’ladi.
Bu yerda sanani, soatni o’zgartirishingiz mumkin. Oy nomi, yil, soat, dakika, soniya raqamlari to’rgan darchalar yonida pastga, tepaga karagan ko’rsatkichlar (uchburchaklar) bor. Tepaga karagan uchburchak ustida sichqonchani bosilsa, raqam usadi, pastga karagan uchburchak ustida bosilsa — raqam kamayadi.
Sichqonchani klaviatura indiqatorida bosib, alifbolar ro’yxatini ochishingiz hamda kerakli: lotin yoki kirillcha alifboga o’tishingiz mumkin.
Agarda sichqoncha ko’rsatkichini «Pusk» tugmachasiga olib borsangiz, Sizga ish boshlashni tavsiya etuvchi «Nachnite rabotu s najatiya etoy knopki» (Ishni shu tugmachani bosishdan boshlang) degan xabar paydo bo’ladi.
«Pusk» tugmachasi Bosh menyuni aks ettiradi. Menyudan ilovalar va xujjatlarga murojaat etiladi. «Pusk» tugmachasi bosilganda, Bosh menyuning quyidagi tasviri paydo bo’ladi (5.7-rasm). Bosh menyudagi Opsiyalar (bo’limlar, maxsus amaliy dasturlar) quyidagi vazifalarni bajaradi:
«Sozdat` dokument Microsoft Offise» opsiyasi — Offise ilovalarida yangi xujjat yaratadi;
«Otkrit` dokument Microsoft Offise» opsiyasi — Offise ilovalarida yaratilgan va xotirada mavjud bo’lgan xujjatlarni ochib beradi.
«Programmi» (Dasturlar) opsiyasi komp`yuterga urnatilgan amaliy dasturlar menyusini ko’rsatadi. Ushbu menyuda foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladigan dasturlar ro’yxati, «Provodnik» hamda «Seans MS-DOS» tizimlari mavjud. Sichqoncha ko’rsatkichini shu opsiya bo’yicha xarakatlantirganingizda ekranda yana bir ro’yxat paydo bo’ladi. Bu dasturlar blokining ro’yxatidir. Siz xoxlagan blokni tanlaganingizda uning ichida joylashtirilgan dasturlar ro’yxati paydo bo’ladi va sichqonchani ulardan birining ustida bossangiz, ushbu dastur ishga tushib ketadi. Shu zaxoti masalalar panelida to’g’ri to’rtburchakli tugmacha (darcha) paydo bo’ladi va u ushbu dastur bajarilayotganini anglatadi. Tugmachaning (darchaning) faollashtirilgan xolati — to’rtburchak «yoruK» xolatda, faollashmagani — «xira yoruK» xolatda bo’ladi. Tugmachani faollashtirish uchun sichqoncha ma`lum to’rtburchak ustida bosiladi.
«Dokumenti» (Uujjatlar) opsiyasi foydalanuvchilar tomonidan ishlatilgan oxirgi 15 ta xujjat ro’yxatini ko’rsatadi. Ruyxatdagi xujjatlarni ochish uchun sichqoncha ko’rsatkichi shu xujjat nomi ustida bosiladi. Ruyxatni komp`yuter xotirasidan uchirish uchun «Nastroyka» (Sozlash) opsiyasini faollashtiring va «Panel` zadach» (Masalalar paneli) bo’limini tanlab, ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing. Paydo bo’lgan oynaning «Dokumenti» (Uujjatlar) qismida «Ochistit`» (Tozalash) tugmachasi mavjud.
«Nastroyka» (Sozlash) — Windows-XP muxitini sozlash va uni foydalanuvchi extiyojlariga moslashtirish uchun xizmat qiladi.
5.9-rasm.
«Panel` upravleniya» (Boshqarish paneli) (5.9-rasm) bo’limida ba`zi qurilmalarning imkoniyatlari, xususan, parametrlarini Siz shaxsiy extiyojlaringizga mos ravishda o’zgartirishingiz mumkin. Masalan, ushbu bo’lim yordamida sichqonchaning, klaviaturaning parametrini o’zgartirish mumkin.
«Printeri» (Chop etish qurilmalari) bo’limida printerni o’rnatish va sozlash ishlari bajariladi. Printerni komp`yuterga ulagandan So’ng komp`yuterga yangi qurilma xakida ma`lumot berish va shu ma`lumotni xotiraning biror joyiga yozib qo’yish kerak. Bu jarayon installyasiya jarayoni deyiladi. «Nastroyka» (Sozlash) opsiyasidagi «Printeri» (Chop etish qurilmalari) qismini ishga tushiramiz (sichqonchani «Printeri» qatorida bir marta bosamiz). Uosil bo’lgan oynada «Ustanovka printera» (Printerni o’rnatish) qatorini faollashtiramiz. Komp`yuter chiqargan muloqot oynalarida berilgan savollarga ketma-ket javob berib boramiz. Tizim disketani suraganda printer komplektiga kiruvchi installyasion disketani diskovodga solamiz. Agar komp`yuter printerga kerak bo’lgan drayverni (ma`lumotlarni bir Ko’rinishdan boshqa Ko’rinishga ugiruvchi dastur) uz xotirasidan topa olsa, Sizning yordamingiz kerak bo’lmaydi. Ish nixoyasida tizim Sizdan bir namoyish varaqini (probnaya stranisa) chiqarish zarur-zarur emasligini suraydi. Ijobiy javobdan keyin bir varaqni printerga solib, natijani olasiz, agar varaqdagi ma`lumotni ukiy olsangiz — printerni yaxshi urnatibsiz, aks xolda yuqoridagi amallarni yana bir marta bajarasiz.
«Panel` zadach» (Masalalar paneli) bo’limida masalalar panelining shakli tanlanadi. Buning uchun «Panel` zadach» oynasida «Parametri paneli zadach» (Masalalar panelining parametrlari) bo’limi tanlanadi. Foydalanish mumkin bo’lgan opsiyalar:
· «Raspolojit` poverx vsex okon» (Barcha oynalar ustida joylashtirish) opsiyasi Masalalar panelining xar doim (Ilovaning oynasi maksimallashtirilgan xolda xam) ko’rinib turishini ta`minlaydi.
· «Avtomaticheski ubirat` s ekrana» (Ekrandan avtomatik xolda olib tashlash) opsiyasi Masalalar panelini berkitib turadi. Uni kurinadigan qilish uchun sichqoncha ko’rsatkichini ekran chetiga, Masalalar paneli joylashgan joyga siljitish kerak.
· «Melkie znachki v glavnom menyu» (Asosiy menyudagi mayda belgilar) opsiyasi «Pusk» menyusidagi rasmchalar o’lchovini kamaytiradi.
«Otobrajat` chasi» (Soatni aks ettirish) opsiyasi Masalalar panelining ung tomonida soatni aks ettiradi. «Nastroyka menyu» (Menyuni sozlash) bo’limining «Pusk» qismida «Programmi» (Dasturlar) ro’yxatiga Ilovalar nomini qo’shish hamda olib tashlash mumkin.
«Poisk» (Kidiruv) qismi foydalanuvchining komp`yuterida kidiruv shartlari bo’yicha fayllar va jildlarni, shuningdek, Internet tarmoqida komp`yuterni qidirish uchun mo’ljallangan (5.10- rasm).
Faraz kilaylik, Siz juda ko’p mikdorda fayllar yaratdingiz, shuning uchun faylni tez topish vaqt o’tishi bilan muammo bo’lib kolishi mumkin. Fayllar kidiruvini uning xar turdagi shartlarini (faylning o’lchovi va uzgartirilish sanasi) kiritgandan So’ng amalga oshirish mumkin. Fayllar kidiruvi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: «Fayli i papki» (Fayllar va jildlar) bo’limini tanlagandan keyin 5.10-rasmdagi savol-javob oynasi paydo bo’ladi. «Imya i razmeshenie» (Nom va Joylashtirish) bo’limi fayl va jildning nomini (agar u aniq bo’lsa), foydalanuvchi qaysi diskda yoki jildda kidirmokchi ekanligini aniqlashtirish imkoniyatini beradi.
Faylning yoki jildning nomi urniga "?" yoki "*" belgilarini ishlatish mumkin. "?" belgisi ixtiyoriy belgi, "*"-ixtiyoriy qator urnini bosadi
«Data izmeneniya» (Uzgartirilish sanasi) bo’limi yordamida faylning yaratilgan va uzgartirilgan sanasi kiritilishi mumkin. Bunda agar «Vse fayli» (Uamma fayllar) opsiyasi tanlansa, kidiruv jarayonida faylning uzgartirilish sanasi inobatga olinmaydi.
Fayllarni diskda yoki katta xajmdagi jildlarda qidirish ko’p vaqt olishi mumkin. Shuning uchun uni boshlashdan avval, kidiruv jarayoni imkoni boricha qisqartirilganiga ishonch xosil qilish kerak.
Agarda kidiruv juda ko’p davom etayotgan bo’lsa yoki kerakli ob`yekt topilgan bo’lsa, kidiruvning tuxtatish uchun "Stop" tugmasini bosish kerak.
«Spravka» («Ma`lumot») qismi yordam talab etilganda ishlatiladi. Agar Siz ba`zi narsalarni tushunmay to’rgan bo’lsangiz yoki biror-bir piktogramma, buyruqning ishlash jarayoni esingizdan chiqqan bo’lsa, tizim Sizga, albatta, yordam beradi.
WINDOWS-XP yordamchi ma`lumot olishning bir necha usulini ta`minlab beradi. Ulardan biri «Pusk» menyusining «Spravka» (Ma`lumot) qismini tanlash yordamida amalga oshiriladi. «Spravka» (Ma`lumot) — uch bo’limli ma`lumotnoma shaklida tashkil kilingan — «Soderjanie» (Mundarija), «Predmetniy ukazatel`» (Mavzu ko’rsatkichi) va «Poisk» (Kidiruv).
Siz umumiy tavsif bo’yicha ma`lumotni «Soderjanie» (Mundarija) bo’limidan olishingiz mumkin. U ma`lumotnomadagi xar bir mavzuning qisqacha ta`rifini uz ichiga olgan, yuqori pog’onadagi boblarni aks ettiradigan mundarijadir. Uar bir bob kitobning rasmchasi bilan, xar bir kichiq mavzu — saxifa rasmchasi bilan ifodalangan.
«Predmetniy ukazatel`» (Mavzu ko’rsatkichi) bo’limi Sizga ma`lumot mavzusini suz yoki termin bo’yicha qidirish imkonini beradi. Ma`lumot indekslari alfavit tartibida sanab utilgan barcha kalit suzlari bilan olingan kitobning real indeksiga o’xshashdir. Bu bo’lim, foydalanuvchi maxsus mavzuni «Soderjanie» (Mundarija) bo’limida topa olmagan xolda, juda qulaydir.
Agarda atama yoki ishorani boshqa yul bilan topish mumkin bo’lmasa, «Poisk» (Kidiruv) bo’limini tanlash kerakli ma`lumotni topish imkoniyatini beradi. Bu usul bitta maxsus imkoniyat bo’yicha barcha mavzularni topish kerak bo’lgan xolda qulaydir.
WINDOWS-XP tizimi savol-javob oynasining ixtiyoriy soxasi bo’yicha ma`lumot olish uchun shu oynaning ixtiyoriy soxasida sichqonchaning ung tugmachasini bosish kerak. Unda «Chto eto takoye?» (Bu nima?) bandi aks etadi. Sichqonchani kerakli band ustiga olib kelib bosilsa, ma`lumotning qisqa Ko’rinishi aks etadi.
«Vipolnit`» (Bajarish) opsiyasi ixtiyoriy dastur yoki faylni ishga tushirish uchun ishlatiladi (Agar kerakli dastur «Programmi» (Dasturlar) qismida bo’lmasa, bu opsiya juda zarurdir).
«Zavershenie raboti» (Ishni tugatish) qismi ish tugagach, komp`yuterni bezarar uchirishni ta`minlaydi. Bundan tashkari, ushbu qism komp`yuterni yangidan ishga tushirish yoki tarmoqda yangidan ro’yxatdan utkazish imkoniyatlariga ega.
Тayanch so’z va iboralar: Pusk tugmasi, masalalar paneli, “Programmi” dasturlar, “Nastroyka” sozlash.
Savol va topshiriqlar
1. Masalalar panelida nimalar aks ettirilgan?
2. Lotin yoki kirill alifbosiga o’tish qanday amalga oshiriladi?
3. «Pusk» menyusi nimani aks ettiradi?
4. Bosh menyu opsiyalarini sanab bering.
5. «Programmi» (Dasturlar) opsiyasi nima vazifani bajaradi?
6. «Nastroyka» (Sozlash) opsiyasi xaqida nimalarni bilasiz?
7. «Panel` upravleniya» (Boshqarish paneli) yordamida qanday qurilmalarning parametrlarini o’zgartirish mumkin?
8. Fayl yoki jildlarni qidirish qanday amalga oshiriladi?
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |