6 – Ma’ruza: xvix1x asrlarda surxon voxasi



Download 65,58 Kb.
bet2/6
Sana07.09.2022
Hajmi65,58 Kb.
#848311
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 – Ma’ruza....

Denov bekligi. Arxeologik topilmalar Dexnav (xalq tilida Denov goho Deynov) qal’asining XVI asrga oidligini, uning mustahkam qo‘rg‘ondan iborat bo‘lganini tasdiqlaydi. Dehi nav (Yangi qishloq) qal’asi qurilishi jihatidan murakkab me’morlik obidasi hisoblanadi, uning chor atrofida himoya inshooti sifatida maxsus chuqur xandaklar qazilgan. qal’aning diametri (umumiy aylanasi) 110 m bo‘lib, u qalin devorlar bilan o‘ralgan, bularning barchasini qal’a qoldiklari o‘rnida o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi.
Yuqoridagilardan xulosa shuki, Dehnav XVIIXVIII asrlarda Buxoro amirligi tarkibidagi rivojlangan shaharlar ichida karvon savdosining markazlaridan biri bo‘lgan. Shaharda hunarmandchilikning yuzdan ortiq turi, ayniqsa ko‘ncharm tayyorlash, etikdo‘zlik, to‘quvchilik, zardo‘zlik, qandolatchilik, o‘yinchoqsozlik va boshqalar yaxshi rivojlangan edi. Denov Surxondaryo vohasidagi eng qulay geografik hududda joylashgan bo‘lib, aholisi o‘ta mehnatkash, tuprog‘i hosildor, iqlimi dehqonchilik qilish uchun qulay, buloqlari va daryolari suvlarga serob bu mintaqa sarhadlari Hisor tog‘ qo‘ltiklarigacha cho‘zilgan iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan maskan edi.
Denov XVIXVII asr o‘rtalarida Buxoro amirligining Hisor hokimligi mulki hisoblangan. Denov Buxoro amirligining eng chekka o‘lkasi va bekligi edi. D.N. Logofetning yana yozishicha: «Denov Hisor o‘lkasidagi eng yirik shahar bo‘lib, u astasekin o‘z qaddini tiklab borgan. Denov qal’asi qayta tiklanmay, baland devorlar bilan to‘silgan shahar aholisi daryo bo‘ylab, qizilsuv yoqalab, Surxondaryo tomonga qarab siljib borgan». Sharqshunos B.N.Litvinovning yozishicha, «Denov aholi ko‘p yashaydigan yirik shahar bo‘lib, unda katta madrasa va masjid faoliyat ko‘rsatgan, bu madrasalarda Samarqanddan kelib ta’lim olishgan».
Boysun bekligi. Boysun bekligi tog‘ mintaqasidan iborat bo‘lib, uning markaziy shahri Boysun tog‘ etagida joylashgan va ikki tomoni baland tog‘lar bilan o‘rab olingan. Boysun shahri so‘lim go‘sha va u shimolisharqiy tomondan janubig‘arbga qarab yo‘nalgan quyi tog‘ tekisligidagi maskandir. Agar ko‘hna tarixga nazar tashlasak, mil. avv. I asr va milodiy I asrlar oralig‘ida hozirgi Boysun shahri o‘rnvda Poikalon (Poyi kalon) nomli mustahkam qal’ashahar bo‘lganligi e’tirofini topgan. VIXIII asr boshlarida Boysun o‘rnida Chag‘oniyon shaharlaridan biri Basand mavjud edi. Abu Is’hoq Istaxriyning «Kitob masolik va almamolik» («Mamlakatlar yo‘llari to‘g‘risida kitob»)ida ham ushbu maskan atamasi Basand deb ta’riflanadi. «Hudud alolam»da «Basand ko‘p sonli va jangovar aholi yashaydigan mustahkam joydir», deb qayd etilgan. Basand Chag‘oniyon markazidan Temir qopuq orqali Samarqandga boradigan savdo yo‘li ustida bo‘lib, arxeologik manbalarga ko‘ra, Basandda hayot ilk o‘rta asrlardan mo‘g‘ullar istilosigacha davom etgan. Mo‘g‘ullar bosqinidan vayron bo‘lgan shahar keyinroq qayta tiklanadi va Chig‘atoy ulusi tarkibiga mansub ko‘chmanchi turkiy qavmlar unga «Boysun» deb nom beradilar.
«Boysun» atamasi tarkibida «boy» va «sin» birikmalari bo‘lib, ular manbalarda «ulug‘ tog‘» yoki «katta tog‘» ma’nolarini anglatishi gapiriladi. qadimiy turkiy qavmlarda turli tabiiy narsalarga sig‘inish bilan birga toqqa sig‘inish ham mavjud bo‘lib, tog‘lar muqadDas sanalgan. Mahalliy rivoyatlarga ko‘ra, bu yerda qadimdan turkiy qavmlarning davlat kishilari yashagan bo‘yaib, «Boysun» atamasi boylar qishlog‘i ma’nosini anglatgan. Boysun haqida «Zafarnoma» asarida to‘xtalib o‘tilgan. XIX asrda Boysun Surxondaryodagi 3 ta beklikdan biri bo‘lib, unda badavlat o‘zbek aholisi yashagan. Katta tarixga ega bo‘lishiga qaramasdan Boysunning o‘rta asrlardagi tarixi, XVII, XVIII, XIX asrlardagi faoliyati biz uchun noma’lum bo‘lib qolgan edi. Sharqshunos N.A. Maevning yozishicha: «Boysun eng qadimgi shaharlardan biri bo‘lib, qadimgi shahar qoddiqpari, modsiy madaniyat manbalari vayron qilib tashlangan, qimmatbaho tarixiy ashyolar bunga misol bo‘ladi».

Download 65,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish