Denov va Sherobod bekliklaridagi xalq g‘alayonlari. XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligining Denov va Sherobod beklik (18851886)larida yirik dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘ladi. Dehqonlar zakot va chorvadan olinadigan soliqqa norozilik bildiradilar. 1868 yili Buxoro amiri Muzaffarxonga (18551885) qarshi Denovda yirik xalq harakati bo‘lib o‘tadi, natijada qo‘zg‘olon shafqatsizlarcha bostiriladi. Turli xil soliqlar haddan ziyod kuchayib, mahalliy amaldorlarning xalqqa jabrzulm qilishi kuchayib boradi. Sherobod begi Sodiqbekbiy va qozi mulla Abdurahimning tan ,,, olishicha, narxnavo nihoyat darajada yuqori edi. 1 mann bug‘doy 18 tanga, 1 qo‘y 12 tanga baholangani, oradan bir hafta o‘tib 1 mann bug‘doy 26 tangaga, 1 qo‘y 21 tangaga narxi ko‘tarilganligi tan olingan. Buxoro amirligi qushbegi maxkamasi hujjatlarida Denov bekligi soliq xarajatlari hosil yig‘imiga nisbatan 15 foiz yuqori belgilanganligi, Sherobod bekligida 5 mann bug‘doydan 1 mann beklik foydasiga olinib, hosilning 5 dan 1 qismi beklik xazinasiga topshirilgani, umumiy xarajatning 10 foizi beklik manfaatlariga yo‘naltirilgani natijasida xalqning ahvoli nihoyatda qashshoklashib qolgani ta’kidlangan.
Denov va Sherobod bekliklarida XIX asrning 80yillaridagi soliq turlari qushbegi hujjatlarida alohida belgilangan bo‘lsada, soliqaarga beklar tomonidan ma’lum o‘zgartishlar kiritilgan. Bular bog‘ solig‘i, meva solig‘i bo‘lib, 1 tanob yer 18 tanga miqdorida belgilab qo‘yilgan. Sherobod tumanida bog‘ va chorbog‘lardan olinadigan soliq 1 tanob yer uchun 13 tanga, 1 tanob beda uchun 6 tanga, 1 tanob poliz mahsulotlari uchun 12 tanga qilib belgilangan. Biroq amlakdorlar o‘z huquqlaridan foydalanib, qushbegi hujjatlariga amal qilmasdan 1 tanob bog‘dan 26 tanga, 1 tanob bedadan esa 12 tanga soliq olganlar. Soliklarning turi XIX asrning 5080yillarida haddan ziyod ko‘payib, qo‘sh puli, kapsan solig‘i kabi soliqlar amadda bo‘lgan. Har bir botmon hosil uchun 1 ming pud (32 funt) va chorak hisobidan soliq olingan. XIX asrning 80yillarida Sherobod bekligida har 10 botmon hosildan 5 grabl bug‘doy (yer solig‘ining bir turi ekin ekilishdan oldin olingan) solig‘i olingan. 5 grabl bug‘doy (5 pud bug‘doy) har 10 botmon bug‘doy hosilidan olingan. Eng achinarlisi shuki, belgilangan soliqsan 10 barobar ko‘p soliq olinganligi o‘sha davr hujjat va manbalarida tasdiqlangan. Buxoro amirligining sharqiy bekliklarida va qishlokdarida XIX asr oxirida darug‘ona, ya’ni mahalliy beklik va uning atrofidagi amaldorlar uchun yig‘ib olinadigan soliqlar xisobidan zakot olingan. Bu soliq Sherobod bekligida 100 ming tanga, Denov bekligida 75 ming tanga, Sho‘rchida 50 ming tanga hisobidan yig‘ib olingan. Sherobod, Boysun va Denov bekliklarida XIX asrning ikkinchi yarmida o‘tin puli, qamish puli, suv puli, cho‘p puli, to‘y puli, dallol puli, murob puli, amina puli kabi turli xilda soliq turlari bo‘lgan. Bundan tashqari so‘yish puli, ya’ni 1 qo‘y 20 tanga, 2 echki 28 tanga hajmida belgilangan. Shuningdek, mahalliy boy oqsoqollar mehmon ramzi uchun mushtak solig‘i har bir dehqon olgan hosildan 1 chora (2 kg) hosil solig‘i berganlar.
Sharqiy Buxoro bekliklarida maktab puli alohida ajratilib, otaonalar farzandlarining o‘qishi uchun o‘qituvchilarga qushbegi hujjatlari asosida 1520 tanga to‘lashi qayd etilgan. Sherobod begining maktablar bo‘yicha boshlig‘i mulla Mansur maktab pulini har oyga 20 tanga hisobiga belgilagan. Bu esa o‘sha davrda faqatgina amaldor boy yoki faqat oqsoqollarning bolalarini o‘qitish uchun imkoniyat yaratgan edi. O‘z navbatida bekliklarning ijtimoiyiqtisodiy va harbiy mudofaa qobiliyatlarini mustahkamlash uchun turli xil soliklar yig‘ib olingan. Masalan, ariq puli, tegirmon puli, maysa puli, andoz puli va hashar yig‘imi bularga misol bo‘la oladi. Sherobod bekligi mullasi Imomiddin amirga yozgan arznomasida Sherobod begi va amlakdorlar xalqqa haddan tashqari zulm o‘tkazayotganligi va hashar nihoyat darajada ko‘payib ketganligini qayd etadi. Soliqlar ichida xarajat puli amirlik va beklik ishlariga jalb qilingan, ya’ni sug‘orish inshootlarini qayta ta’mirlash ishiga 12 tanga hisobida soliq to‘langan. Yo‘llarni ta’mirlash, suv qirg‘oklarini ta’mirlash uchun 11 tanga hisobida soliq olingan. Bekliklar har bir hovli yo‘ldan foydalanganligi, yuk tashiganligi, ko‘mir yoqqanligi, un tashiganligi va boshqa xil ishlar uchun belgilangan soliklar to‘lab borgan. 18851886 yillarda Sherobod begining qozisi mulla Imomiddin Buxoro amiriga yozgan xisobotida Sherobod begi Sodiqbek o‘zining o‘g‘illari va akaukalariga amlakdorlik mansablarini bo‘lib berib, bog‘larni va ekin maydonlarini o‘z ixtiyorlariga olib qolayotganligini yozgan edi. Soliqlar hisobidan yig‘ilgan molmulkni Sodiqbek o‘z ixtiyoriga o‘tkazganligi hodisalari ham hisobotda qayd etilgan. Shuningdek, qozi mulla Imomiddin axborotida 4 mann bug‘doy solig‘i o‘rniga Sherobod begi Sodiqbek mutlaqo tap tortmasdan o‘zboshimchalarcha 8 mann bug‘doy soliq olishni qo‘llayotganligi ham o‘z aksini topgan. Bundan tashqari qushbegi hujjatlarida qayd etilgan boshqa soliq turlari ham belgilanganidan ko‘p olinishi axborotda aytib o‘tilgan edi. Ushbu arznomani tasdiqlaydiganlar: Do‘styor hoji, Ne’mat oqsoqol, Muhammadqul, Began oqsoqol, Abdurahmon, Said Muhammadboy va boshqalar. Axborotnomaning natijalari qushbegi nazorattekshiruv davrida soliq olish va yuritish ishlari buzilganligi, belgilangan har bir tanob yerdan olinadigan soliq yuqori bo‘lganligi, amlakdorliklar tomonidan xalqni talash kuchayganligi tasdiqlangan. .
Ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar adabiyotda ham o‘z aksini topa bordi. Bu davrda ham boshqa davrlarda bo‘lgani kabi Termiziy taxallusi bilan ko‘plab shoirlar samarali ijod qildilar. quyida ulardan ayrimlarining ijodi bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |