6- ma’ruza. Kraxmal va glikogen. Kraxmal biosintezi. Fotosintezning kalvin sxemasi



Download 282,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana08.11.2022
Hajmi282,65 Kb.
#862192
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-ma\'ruza

Fikobilinlar.
Suv ostida yashovchi o‘simliklarda xlorofill “a” va karotinoidlardan tashqari, 
maxsus pigmentlar ham borki ularga fikobilinlar kiradi. YAxshi o‘rganilganlari fikoeritrin va 
fikosianindir. Fikoeritrin (C
34
H
47
N
4
O
8
)-qizil suv o‘tlarning pigmentidir. Qizil rangga ega. 
Fikosianin (C
34
H
42
N
4
O
9
) ko‘k yashil suv o‘tlarining pigmenti bo‘lib, ko‘k rangga ega. Fikobilinlar 
– bu murakkab oqsillar. Ularning tarkibiga ochiq zanjir holida birlashgan to‘rtta pirrol halqasi 
kiradi. Bu halqalar qo‘sh bog‘lar orqali to‘tashgan. Ularning molekulasida metall atomi yo‘q. Bu 
molekulalar oqsillar bilan mustaxkam birikma hosil qiladiki, ularni faqat qaynatib yoki kuchli 
kislota ta’sirida parchalash mumkin. Fikobilinlar yorug‘lik spektridan ma’lum to‘lqin uzunligiga 
ega nurlarni yutadi va xlorofill “a”ga yetkazib beradi. Fikoeritrinlar asosan to‘lqin uzunligi 498 
nm.dan 508 nm.gacha, fikosianinlar ‒ 585 nm.dan 630 nm.gacha bo‘lgan nurlarni yutadilar. 12 
Umuman, fikobilinlar tomonidan yutilgan yorug‘lik energiyasidan 90 % ga yaqini xlorofill “a”ga 
yetkazib beriladi. Fotosintez jarayonida suv va karbonat angidriddan organik moddalar sintezi 
amalga oshib, bunda quyosh energiyasi xlorofill ishtirokida organik moddalarning kimyoviy 
energiyasiga aylanadi. U quyidagi tenglama bilan izohlanadi: 
yorug‘lik 
6CO
2
+12H
2
O -----------► C
6
H
12
O
6
+ 6O

xlorofill
Bu jarayon juda murakkab bo‘lib, bir qator biokimyoviy va biofizik yarayonlardan tashkil 
topgan. Fotosintez muhim biologik jarayon bo‘lib, yer yuzidagi hayotning asosini tashkil etadi. 
Hayotiy jarayonlar uchun zarur energiyaning hammasi fotosintez tufayli quyoshdan olingan. Er 
sharidagi suv va quruqlikdagi yashil o‘simliklar yil davomida 174 mlrd. tonna CO
2
o‘zlashtirib, 
450 mlrd. tonna organik modda va 500 mlrd. tonna O
2
ajratadi. Fotosintez jarayoni faqat xlorofill 
molekulasini saqlagan barg to‘qimasidagina sodir bo‘ladi. Xlorofill elipssimon, duksimon
dumaloq va boshqa shakllardagi xloroplastlarda joylashgan. Bir hujayrada o‘rtacha 20 ‒ 50 
donagacha xloroplast bo‘ladi. Hajmi 3 ‒ 10 mkm (mikron)dir. Ayrim olimlarning fikricha, 
xloroplastlar va mitoxondriylar yadro po‘stidan ajralib chiqqan initsial tanacha bo‘lakchalaridan 
hosil bo‘ladi. Xloroplastlar juda murakkab tuzilgan: usti 2 qavat membranadan tashkil topgan. 


Po‘stida mayda tirqishchalar bo‘lib, u orqali sitoplazma o‘rtasida uzviy bog‘lanish ta’minlanadi. 
Xloroplastning bo‘shliq qismida oqsil-lipoid tarkibli modda bo‘lib, stroma deb ataladi. Stromada 
lamella deb ataluvchi 3 qavatli membranalar ma’lum tartibda joylashgan. Bu lamellalar hisobiga 
tilakoid deb ataluvchi tanachalar hosil bo‘ladi. Ular taxlangan tangachalar singari zich joylashgan. 
Ti- 13 lakoidlar tuplamiga granulalar deyiladi. Tilakoidlar 10 nm (millimikron) hajmdagi, 
nihoyatda mayda kvantosoma deb atalgan tanachalardan tashkil topgan. Har bir kvantosoma “a” 
va “v” xlorofill molekulalari, sariq-zarg‘aldoq rangli pigmentlar, boshqa organik moddalar, temir, 
mis, marganets elementlari, shuningdek, turli fermentlar mavjud. Umuman, o‘simliklarning 
yashilligi xlorofill pigmenti tufaylidir. O‘rta hisobda o‘simlik quruq moddasining 1 % xlorofillga 
to‘g‘ri keladi. Xloroplastlarda xlorofilldan tashqari, sariq rangli ksantofill va sariq-
zarg‘aldoqrangli karotin pigmentlari ham mavjud. Karotinga nisbatan xlorofillning 3 ‒ 4.5 marta 
ko‘p bo‘lganligi uchun barglar yashil rangda. Kuzda tashqi ta’sirlar ta’sirida xlorofill tarqalib, 
ksantofill va karotin pigmentlari ishtirokida barglar sariq rangli (ksantofill) yoki qizg‘ish rangli 
bo‘ladi. Yosh hujayralarda xloroplastlar mayda granulalardan tashkil topgan bo‘lsa, qari 
hujayralarda yiriklashib, po‘sti erib ketadi, xlorofill molekulalari o‘z tabiiy holatini yo‘qotadi. 
Xlorofill va boshqa pigmentlarning xossalarini bilish uchun ularni barg to‘qimalaridan ajratib olish 
zarur. Buning uchun organik erituvchilardan foydalaniladi. M. Tsvet (1901) xromotografik usulni 
ishlab chiqdi. Bu usulda oq bo‘r yoki shakar to‘ldirilgan shisha naydan pigmentli spirt o‘tkaziladi. 
Adsorbsiyalanish darajasiga ko‘ra, avval “v” xlorofili keyin “a” xlorofili, undan pastda ksantofill, 
karotin esa adsorbtsiyalanmay, naydan o‘tib ketadi. Xlorofill – xlorofillindikarbon kislotasining 
murakkab efiri bo‘lib, bunda kislotadagi bir karboksilning vodorodi metil (C
3
OH), ikkinchi 
karboksilning vodorodi fitol (C
2
OH
3
9OH) spirtlar qoldig‘iga almashingan.
K. 
A. 
Timiryazev fotosintez jarayoni quyidagi qonuniyatlarga bo‘ysunishini aniqladi: 
●Fotosintez jarayoni faqat xlorofill molekulalari yutgan yorug‘lik energiyasi hisobiga sodir 
bo‘ladi;
●Fotosintez miqdori yutilgan nurlar miqdoriga to‘gri proporsional; 
●Fotosintez jarayonida yutilgan nurning 1‒3% nigina o‘simliklaro‘zlashtiradi. 

Download 282,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish