Sifatni boshqarish - bu operativ harakterga ega faoliyat. Bu jarayonlarga ta’sir o’tkazish, sifat ilmog’ining har bir pog’onasida kamchiliklarni topish va ularni bartaraf qilish va sababini aniqlash.
Sifatni yaxshilash jarayoni- bu texnik darajani oshirish, mahsulot ishlab chiqarish sifatini, ishlash sharoitlarini yaxshilash, sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish bo’yicha doimiy faoliyat. Bu muammoni aktualligini va xalqaro amaliyotda to’plangan tajribani hisobga olgan holda xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) ISO 9004 standartlariga ilova sifatida qo’shimcha hujjat, sifatni yaxshilash umumiy qo’llanmani ishlab chiqdi. Sifatni yaxshilash faoliyatida ishlab chiqarishni ham sifatni ta’minlash tizimini ham har bir elementiga ta’sir etishi mumkin. Tovarni iste’molchilar talabi darajasiga imkon qadar mos kelishi, yangi bozor segmentiga mos tovarlarning yangi modifikasiyasini yaratish sifatni muntazam yaxshilash maqsadiga aylanishi va pirovard natijada firmaning raqobatbardosh pozistiyalarini mustahkamlashga olib kelishi kerak. Muntazam sifatni yaxshilash jarayoni firmaning siyosatini sifat sohasidagi qismiga aylanib koladi. Yuqorida qayd etilgan zamonaviy xalqaro ISO 9000 standartida namoyon bo’lgan usullarni firmalar sifat tizimini qo’llashda hisobga olishlari kerak. Ayniqsa horij bozorlariga o’z mahsulotlarini eksport qiluvchi firmalar uchun ahamiyatlidir. Demak, korxonalar oldida qiyin masala turibdi - ISO 9000 ning ko’rsatmalarini hayotga tatbiq etish. Yuqorida aytilganidek, unga nima qilish va har bir konkret vaziyatda qanday qilib hujjatni rasmiylashtirish va amaliyotda sifatni ta’minlash tizimining elementlarini joriy etish ko’rsatilgan. Korxonani sifat sohasidagi tizimi hujjat bilan rasmiylashtiriladi va alohida hujjat sifatida yoki korxonaning sifatni boshqarish tizimi asosiy ko’rsatmalari standartida aks ettiriladi. Boshqa turlari ham ruhsat etiladi. Korxonada lavozimlar bo’yicha instruksiyalar tuzilib, unda har bir ishchi uchun vazifalari, javobgarlik darajasi, sifat ta’minoti sohasidagi vazifalari ko’rsatilgan. Har bir xizmatchining aniq ma’suliyati, xizmat doirasi, hamkorlik darajasi, qaysi bo’lim yoki alohida xizmatchilar ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ta’sir etishi loyihalash davridayoq belgilanadi. Sifat bilan bog’liq bo’lgan ishchilarning mas’uliyat darajasi ko’rsatilgan hujjat tayyorlash personalni sifatni yaxshilashga rag’batlantiruvchi tizim tuzish uchun kerak. ISO 9000 standartlarida sifat tizimini majburiy ichki tekshiruv ko’zda tutilgan. Bu bilan maxsus tayyorlovdan o’tgan xodimlar shug’ullanishadi. Bu ko’rsatma tashkiliy aspektning muhim tomonidir. Tekshiruvlar davriy rejalashtirilgan yoki rejadan tashqari bo’ladi (korxonada tashkiliy o’zgarishlar bo’lganda). Tekshiruvlar tartibi va tashkil etilishi korxona standartlari ko’rinishida hujjatlashtiriladi. Unda tekshirish usuli, ob’ekti, ob’ektlarni baholash kriteriyalari, ishchilarga talablar, tekshiruv o’tkazish tartibi va hokazolar ko’rsatiladi. Tekshiruv natijalari bo’yicha hisobot tuziladi. Unda topilgan defektlar va sabablari, sifat tizimining alohida elementlarini qoniqarsiz darajadaligi va hokazolar ko’rsatiladi. Hisobotda oldingi tekshiruv natijasida taklif etilgan chora -tadbirlarning tahlili va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha takliflar aks etish lozim. Tekshiruv natijalari korxona rahbariyatiga tegishli hulosa va qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi. ISO 9000 standartlari bo’yicha rahbariyat vakili etkazib beruvchi tomonidan doimo sifat tizimiga bo’lgan talablarni bajarilishi uchun mas’uldir. Tekshiruvlardan tashqari standartlar vaqt - vaqti bilan joriy sifat tizimini samaradorligini tahlil qilib turishni tavsiya etadi. Tahlilning zaruriyati o’zgaruvchan tashqi faoliyat sharoitlarda kelib chiqadi. Odatda tahlilni ichki yoki mustaqil mutaxassislar olib boradi. O’zgarishlarni sifatni yaxshilash bo’yicha maqsadli ilmiy - texnik dasturga kiritish mumkin.