5А320401- kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) magistratura talabalari uchun


Sifatni ta’minlovchi tizimni standartlashtirishni takomillashtirish



Download 0,59 Mb.
bet95/108
Sana22.08.2021
Hajmi0,59 Mb.
#153414
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108
Bog'liq
Маъруза матни патентшунослик

15.5. Sifatni ta’minlovchi tizimni standartlashtirishni takomillashtirish
Bugungi kunda 9000 seriya ISO standartlari butun dunyo mamlakatlarida tan olingan, milliy sifatida qabul qilingan va ko’pchilik firmalar tomonidan joriy etilgan. Sifat tizimiga sertifikat yo’qligi tashqi bozorga chiqishga asosiy to’siq bo’lmoqda. Transmilliy kompaniyalarning asosiy talabi 9000 seriya xalqaro ISO standartlari ishlab chiqarish korxonalariga urnatilishi. Bu standartlarning dunyoda tarqalishini quyidagi raqamlar ifodalaydi: agar 1993 yilda dunyo bo’yicha 500000 tizim sertifikatlangan bo’lsa, 1995 yilda - 1000000, 1997 yilning boshiga kelib 2500000.

Sifat tizimini xalqaro standartlarni joriy qilishda korxonalarni samarali rag’batlantirish kerak. Bu borada Rossiya Federasiyasida sifat uchun premiya urnatilgan. Bu premiya xalqaro tajribalarga asoslanib tuzilgan. Mutaxassislarning fikriga qaraganda, Rossiya sifatni baholash mezonlari Yevropaning sifat uchun premiya haqidagi nizomiga yaqin ekan.

Korxona uning ishini baholash mezonlarini bilishi kerak. Bu borada AQSh tajribasi e’tiborga sazovor. Har yili AQSh da 100 dan ortiq korxonalar sifat uchun beriladigan milliy premiya konkursda qatnashadi, baholash mezonlari yoritilgan broshyuralar esa 200 ming nusxadan ortiq tiraj bilan tarqatiladi.

Sifat tizimini standartlashtirish rasmiyatchilikka aylanib qolmasligi kerak. Shu hususida, Yevropaning sifat bo’yicha tashkilotining 40- kongressida Sifat boshqaruvi - yangiliklar kirg’izishga rag’bati g’oyasi ostida. 9000 seriyali ISO standartlarining ba’zi nizomlarini qayta ko’rib chiqish to’g’risida qaror qabul qildi. Tajribalar 9000 seriyali ISO standartlarini konkretlash va bayonini soddalashtiruv yo’li bilan yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi. Bunda 10000 seriyali ISO standartlarining sifatni ta’minlovchi texnologiyalari ham ko’zda tutiladi. E’tibor quyidagi masalalarga karatiladi:

- jarayonni boshqarish (personalini hisobga olib, iste’molchi bilan aloqa, tovarni sotish);

- ma’muriy va ehtiyot ko’riladigan chora-tadbirlar;

- standartlarning yangi tahririga quyidagi 8 sifat boshqaruvining tamoyillari kiritish ko’zda to’tilgan;

- personalning talabiga muvofiq bo’lgan tashkiliy tizim o’rnatish;

- personalini boshqarish;

- personalning ishtiroki;

- jarayonni moslashtirish;

- boshqaruvga tartibli (sistemali) yondashuv;

- doimiy takomillashtirish;

- qarorlar qabul qilishga haqqoniy yondashish;

- etkazib beruvchilar bilan o’zaro foydali munosabatlar.

Bu tamoyillar, sifat boshqaruvida uni doimo takomillashtiruvini hisobga olib, asosiy qoida hisoblanadi. Bu jarayonda eng asosiysi iste’molchi hisoblanadi. Firmaning muvaffaqiyati qay darajada iste’molchining talabini qondirishiga bog’liq. Bu esa iste’molchilarning talablarini topib, baholab va ochib tushunib o’rganish bilan bog’liq. Ikkinchi o’ringa tovar yaratuvchi odamlar qo’yilgan, ko’rib turganimizcha texnologiya emas, shuning uchun personalni tayyorlashga, uni rag’batlantirishga va iste’molchilarning talablarini qondirish jarayonida faol ishtirok etishga jalb qilishga muhim rol ajratilgan.

Dunyo tovar bozorlarida o’sib borayotgan raqobat kurashi firmalarni mahsulot sifatini nafaqat texnik jihatdan, iqtisodiy tomonidan ham, sifat tizimlarida esa sifat uchun harajatlari tushunchasini ham mohiyati katta. Sifat ta’minlovchi tizim korxonada rahbariyat tomonidan shakllantirilib va rasmiylashtirilgandan so’ng joriy etiladi. Zamonaviy sifat boshqaruv tizimi ISO 9000 dan kelib chiqqan holda, ular aniq konkret mahsulot sifatini ta’minlashga yo’naltirilganlikdan iborat. Bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonada yana tizim bir necha farqlanuvchi tizimlarga bo’linishi kerak. Masalan, Finlyandiyaning Nokia firmasi bir necha avtonom sifatni ta’minlovshi tizimlardan iborat (kabellari, mayishiy elektrotexnika va boshqalar).

Sifatni ta’minlash tizimi sifat ilmog’ini hamma pog’onasida ishlamog’i kerak, shuni aytish keraki, ta’sir etish bo’yicha tizimda uchta yo’nalishni ajratish mumkin:

- sifatni tahminlash;

- sifatni boshqarish;

- sifatni yaxshilash.

Bularning har birining ma’nosining o’ziga xosligi bor. Rejalashtirilayotgan tadbirlar sifat tizimini ta’minlash dasturiga kiritiladi. Dastur aniq, bir mahsulot uchun tuziladi va o’z ichiga mahsulotning sifati va texnik darajasiga tegishli sifat ilmog’ini kerakli resurslar bilan ta’minlovchi tadbirlarni oladi. Bunda u yoki bu kamchiliklarni oldini olish katta ahamiyatga ega. ISO 9004 standartlarida ta’kidlanishicha sifat falsafasi shundan iborat: sifatni ta’minlash tizimi shunday ishlashi kerakki, muammolarni oldini olishi kerak, ularni paydo bo’lgandan so’ng aniqlamasdan. Oldini olish choralari asboblarni yangilash, dastgohlarni rejali ta’mirlash, ish joylarida lozim bo’lgan hujjatlarni bo’lishidan va boshqalardan iborat.




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish