Matn mazmuni bo‘yicha o‘tkaziloadigan suhbat savollari.
She‘r matnini o‘qiyotganingda ko‘z oldingda nimalar namoyon bo‘ladi?
O‘qiyotganingda nimalarni his qilasan?
O‘qiyotganingda musiqa eshitganday bo‘lasanmi?
Qanday musiqa eshitganday bo‘lasan (og‘ir, xursand, o‘ynoqi va h.?
She‘rdagi so‘zlar bog‘lanishining qaysi tomonlari senga ko‘proq yoqadi?
She‘rning o‘zi qanaqa: g‘amginmi, xushchaqchaqmi, oddiymi, O‘ylashni talab etadiganmi? to‘qib chiqarilgan hodisami? U qanday kayfiyatda yozilgan?
Shoir tabiatning qaysi holatini tasvirlagan? Tasvirlanganlarga uning munosabati qanday?
Qaysi she‘rlar hislarni qo‘zg‘aydi, diqqatni oshiradi, tabiatiga notinchlik yoki tinchlanish hissini olib keladi, uyqu keltiradi yoki boshqa holatlarga kiritadi.
Shoir tomonidan tasvirlangan tabiat hodisalari insonlarning qanday tuyg‘ulariga mos keladi?
Ana shu qatorlarni yozganda shoir ko‘nglidan nimalar kechgan deb o‘ylaysiz? U qanday holatda bo‘lgan, nimalarni orzu qilgan?
She‘rni yozgan muallif sizningcha nima haqida o‘ylagan, nimalarni eslab xotirlagan? Siz tabiatning shu holati bilan tanishmisiz? Hayotda unga duch kelganmisiz? Qanday
holatda duch kelgansiz?
Shu satrlarni yana qachon o‘qiy olasiz? Qanday holatda? Qanday vaziyatda? Qanday sharoitlarda sizga bu she‘rni do‘stingiz yoki kattalar o‘qishidan eshitish istagi paydo bo‘lar edi?
Bunday ko‘rsatmalar o‘quvchilarni materialni anglab, tushunib o‘zlashtirishga mustaqil tahlil qilish, mustaqil xulosalar chiqarishga yordam beradi.
133
3.2. Boshlang‘ich ta’limda modulli ta’lim texnologiyalarni joriy etish sohasidagi tajriba – sinov ishlari.
Modulli ta’lim texnologiyasi asosida darslarni tashkil etishga doir o‘tkaziigan eksperiment ishlari natijasini aniqlash maqsadida takror tekshiruvlar o‘tkazildi.
Tajriba yakunida boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini mustaqil fikrlashga о‘rgatishda dars jarayonini modulli ta’lim texnologiyasi asosida tashkil eta olgan o‘qituvchilar kontingentini o‘rganishni biz hozirgi zamon o‘qituvchisi faoliyatida modulli ta’lim texnologiyasi elementlari mavjudmi yoki mavjud emasmi degan savolga javob izlashdan boshladik. Bu о‘rinda biz masalani obyektiv va subyektiv tomonlarga ajratdik: pedagog о‘z faoliyatini modulli ta’lim texnologiyasi asosida tashkil etilgan deb hisoblaydi (yoki aksincha, tashkil etilgan emas deb hisoblaydi), ayni paytda bu faoliyat mutlaq qarama-qarshi xarakterga ega bо‘ladi. Bu holatni aniqlashdan maqsad о‘qituvchi о‘z harakati haqida notо‘g‘ri va salbiy xulosalar chiqarmasligi, balki faoliyatni yaxshi yо‘lga qо‘yishning yangi va samarali imkoniyatlarini izlashi kerakligini tushunishdir.
3.2.1-jadvalda umumiy о‘rta ta’lim maktabi о‘qituvchilarining tajribadan keyingi о‘z pedagogik faoliyatlaridagi modulli ta’lim texnologiyasi elementlari mavjudligiga bо‘lgan munosabatlarining subyektiv holati tasvirlangan. (3.2.1-jadval)
134
3.2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |