1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Qo`lyozma huquqida
UDK 372.3
SAFAROVA MOXIDIL
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATISHDA MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
5A 111701– «Boshlang‘ich ta’lim»
Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: p.f.n. dots.G‘afforova T.
Qarshi - 2013 y.
2
MUNDARIJA
Kirish............................................................................,....................................3
I– bob. BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARINI MUSTAQIL FIKRLASHGA
О‘RGATISHDA MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING
NAZARIY ASOSLARI.....................................................13
1.1. Boshlang‘ich ta’limda modulli ta’lim texnologiyalarni joriy etishning ilmiy- pedagogik
asoslari .....................................................................................................
|
|
|
|
13
|
|
1.2. Boshlang‘ich ta’limda modulli ta’lim texnologiyalarni
|
qо‘llashning mavjud
|
ahvoli..........................................................................................................................
|
|
|
|
|
25
|
II
|
–
|
боб.
|
MODULLI
|
TA’LIM
|
TEXNOLOGIYASINING
|
ISTIQBOLLI
|
YО‘NALISHI.............................................................................................................
|
|
|
|
38
|
2.1.Modulli о‘qitish tushunchasining mohiyati va tavsifi..........................................
|
38
|
2.2. Modulli ta’limni tashkil etish tamoyillari............................................................
|
|
43
|
2.3. Fan bо‘yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli о‘qitish texnologiyasi......
|
52
|
III – боб. BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARNI JORIY
|
ETISHNING
|
|
|
SHAKLLARI
|
|
VA
|
METODIKASI...........................................................................................................
|
|
|
|
61
|
3.1
|
Boshlang‘ich
|
sinf о‘quvchilarini mustaqil
|
fikrikrlashga
|
о‘rgatishda modulli ta’limning
|
mohiyati....................................................................................................
|
|
|
|
61
|
|
3.2. Boshlang‘ich ta’limda modulli ta’lim texnologiyalarni joriy etish sohasidagi tajriba – sinov
ishlari..................................................................................................
|
67
|
Xulosa.........................................................................................................................
|
74
|
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati.............................................................................
|
78
|
3
Kirish.
Bugungi kunda har bir davlatning jahon hamjamiyatidagi о‘rni uning intellektual salohiyati hamda kadrlarni tayyorlash sifati bilan о‘lchanadi. Bu haqida davlatimiz rahbari Oliy majlisning IХ sessiyasida (1997 y., 29-avgust) sо‘zlagan nutqida juda о‘rinli ta’kidlagan edi: “Bugungi kunda oldimizga qо‘ygan buyuk maqsadlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxasssis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamaiz anglab yetmoqdamiz”1. Butunjahon muammosiga aylangan kadrlar tayyorlash sifatini zamon talablariga moslashtirish bizning respublikamiz uchun ham о‘ta dolzarb hisoblanadi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo‘nalishlarini belgilab berdi.“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi. Unda “Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi” - deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, dasturda: “Ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv - uslubiy majmualarni yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta‘minlash” umumiy o‘rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi.
Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bo‘lgan davrda har bir mamlakat barcha sohada raqobatbardosh bo‘lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta'sir ko‘rsatishi tabiiy. Bular: mamlakatda mavjud bo‘lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta'lim tizimi, tarixi va boshqa ko‘p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlatning tarixiy rivojlanishini belgilab beradigan (tarixni o‘z qo‘li bilan yaratadigan), davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg'or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol o‘ynaydi. Demak, O‘zbekistonning kelajakda buyuk davlat bo‘lishida ham inson omilining o‘rni beqiyosdir. Shuning uchun ham bugungu kunda ta’lim tizimi oldida katta vazifalar qo‘yilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |