Gimnastika mashqlari mavjud qoidalar (yuqorida qayd qilingan
va belgilangan shakllar) asosida yozib boriladi.
Yozish qoidalariga quyidagilar kiradi: gimnastika mashqlarining
ayrim guruhlar i uchun belgilangan yozish tart ibi, yozishda
qo'llaniladigan grammatik tartib va belgilarga rioya qilish. Quyida
mazkur qoidalarni ko'rib chiqamiz.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni yozish. Alohida harakatni
yozishda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1. Harakat boshlanadigan dastlabki holat.
2. Harakat nomi (engashish, burilish, tebranish, cho'qqayish,
yurish va boshqalar).
3. Harakat yo'nalishi (o'ngga, orqaga va h.k.).
4. Agar zarur bo'lsa, oxirgi holati.
Bir vaqtda bajariladigan bir necha harakatni yozayotganda alohida
harakatlarni yozishda ko'rinadiganlarni yozish qabul qilingan, lekin
oldin, odatda, gavda yoki oyoqlar bilan bajariladigan asosiy
harakatni, keyin esa boshqalarni yozish kerak bo'ladi. Masalan, d.h.
(dastlabki holat) oyoqlarni kerib tik turib, qo'llar yelkada, o'ng
oyoqni bukib chapga engashish, qo'llarni yuqori ko'tarish.
Turli vaqtda bajariladigan bir necha bir xil harakat (bir marta
bajarilsa ham) ularning bajarilish navbatiga qarab yoziladi. Masalan,
d.h. — oyoqlarni kerib tik turish, qo‘llarni yonga cho'zish.
0 ‘ng qo'lni yoy shaklida pastga yo'naltirib, chap tomonga burilish,
o‘ng oyoq orqada, oyoq uchida, qo'llar oldinga, o‘ng tizzaga tayanib
turib, qo'llarni yuqoriga ko‘tarish, boshni orqaga engashtirish.
Agar harakat boshqa harakatlar bilan qo'shilib kelsa (mashqning
boshidan oxirigacha emas), uni birgalikda bajarilgan harakat
bilan birlashtirib yozish kerak. Masalan, d.h. oyoqlarni kerib tik
turish, qo'llar belda, oldinga engashib qo'llarni yonga uzatib chapga
burilish (burilish engashishning oxirida bajariladi).
Engashish va burilish bir vaqtda bajarilsa, ≪bilan≫ bog'lovchisini
qo'llash lozim. Agar harakat odatdagi usulda bajarilmasa. uni
yozavotganda tasvirlab berish zarur. Masalan, qo'llarni oldinga yengil
uzatish, panjalar bo'shashtirilgan.
Erkin mashqlarni yozish. Erkin mashqlar muayvan izchillikda
vozib boriladi.
1. Mashq nomi (kimlar uchun mo'ljallangani).
2. Musiqa jo'rligida. Masalan, Lepin musiqasi, yozishdan oldingi
raqamlar hisobni bildiradi. Uning ≪Hamma narsani bajara olaman≫
degan ashulasi 2/4 o'lchovda.
3. Dastlabki holat.
4. Mashqlarning mazmuni musiqa asarining tuzilishiga binoan,
nimchorak shaklida yoziladi. Majburiy mashqlarni yozganda
(musobaqa uchun) yozuvdan o'ng tomonga belgi va birikmalarning
nisbiy murakkabligi ko'rsatiladi (ballar yoki tabaqa guruhi) sanoqlar
oralig'ida bajariladigan harakat belgilanib, u hisoblar o ‘rtasiga
yoki birinchi hisobdan oldin qo'yiladi. Masalan, d.h. qo'llarni bosh
orqasida tutib tik turish hisobdan oldin qo'yiladi. Masalan, d.h. qo’llarni
bosh orqasida tutib tik turish.
Gimnastika vositasi (tayoqcha) bilan bajariladigan mashqlardagi
asosiy holatlar: tayoqcha pastda. tayoqcha ko'krakda, tayoqcha
oldinda-yuqorida, tayoqcha boshda, bosh ortida, ko'kraklarda va
Do'stlaringiz bilan baham: |