olishda yordam beradi.
Qisqalik. Atamalar qisqa, talaffuz etishga qulay bo'lgani ma’qul.
Mashqlarga nom berish va ularni yozishni yengillashtiradigan qisqartiruv
qoidalari ham shunga xizmat qilishi darkor.
3. Gimnastika atamalarining qoidalari
1. Atamalarni yasash usullari
Atamalar yasashning eng ko‘p tarqalgan usuli — mavjud
so‘zlarga yangi ma’no berisli (ularni boshqacha tushunishV Masalan,
ko'prik, kirish, o ‘tish, chiqish kabi so‘zlar gimnastikada ana shunday
atamalardan hisoblanadi.
Ko'pincha atamalar so'zlarning, masalan, past-baland (qo'shpoyaiar),
balandlab-uzoqqa (sakrash) singari o ‘zaro birikishidan
ham yasaladi.
Osilish, tayanish, tebranish, o'tirish va shu kabi ayrim so'ziar
atama sifatida qo'llaniladi.
Statik holatlarni bildiradigan atamalar, masalan. tayanish,
biiaklarga tayanish, tirsakka tayanish; kuraklarda turish, boshda
turish, qo'llarda turish kabilarda tayanch nuqtasi hisobga olinadi,
osilish, burchakii osilish. bukilib oiilish, egiiib osilish singari
hoiatlarda esa gavda hoiati (uning bo'g'inlarini bir-biriga nisbatan
qanday turishini) hisobga olib yasaladi.
Tebranish mashqla rining atamalari muayyan harakatlantiruvchi
faoliyat xususiyatlarini hisobga olib yasaladi.
O' ng gal kuchanib siikitib (to' ntarilib siltanib ko‘tarilish. 0 yoq bilan
ko‘tarilish. ko‘tarilish). ko'tarilish.
Masalan, bilaklarga tayanib turib oldinga siltanib ko‘tarilish,
qaddini rostlab siltanib ko‘tarilish, oyoqni juftlab yoki bitta oyoqda
ko‘tarilish va h.k.
Sakrash va sakrab qo‘nish atamalari sport gimnastikasida
gavdaning havodagi holatiga qarab belgilanadi, masalan, oyoqlarni
kerib sakrash, to'ntarilish; badiiy gimnastikada gavda bilan oyoqlar
holatiga qarab belgilanadi, yopiq sakrash, ochiq sakrash. qadamlab
sakrash, sapchish, tayanib umbaloq oshish, tashlanib sakrash,
siltanib sakrash, chir aylanib sakrash va h.k.
2. Atamalarni qolash qoidalari
Gimnastika atamasi shug'ullanuvchilarning malakasi hisobga
olingan holda qo‘llanilishi kerak. Masalan, ishlab chiqarish gimnastikasi,
ertalabki gigiyena gimnastikasi va boshqa sogiomlashtirish
gimnastikasi shakllarini o'tkazishda umumrivojlantiruvchi mashqlarning
asosiy atamalaridan foydalanibgina qolmay, ular xalq
adabiy tilidagi so'zlar bilan to'ldirib boriladi.
Gimnastikaning sport turlari bilan shug'ullana boshlaganlar
mashqlarni o ‘rganish bilan bir vaqtda, atamalarini ham bilib
borishlari zarur.
Yaxshi tayyorgarlik ko'rgan gimnastlar, akrobatlar, o'qituvchilar
va murabbiylar uchun atama alohida bir maxsus til boLlib
qoladi.
Hamma atamalarni quyidagicha guruhlarga bo'lib chiqqan
ma ’qul:
1. Umumiy atamalar. Bular mashqlarning alohida guruhlarini,
umumiy tushunchalarini va hokazolarni ta’riflash uchun qo'llaniladi.
Masalan, saf mashqlari, erkin mashqlar va boshqalar.
2. Asosiy (aniq) atamalar. Bular mashqlarning mazmun
belgilarini aniq ta'riflash imkonini beradi. Masalan, ko'tarilish,
pastga tashlanish, aylanish, burilish, osilish, tayanish, sakrab
Do'stlaringiz bilan baham: |