№5. Tug'ma pastki ichak tutilishi. Girshprung kasalligi


Qiz bolalarda anomaliyalar



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana11.04.2022
Hajmi1,08 Mb.
#542239
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
№ 5

Qiz bolalarda anomaliyalar. 
1. 
Chot orasi teshigi. Jarrohlik va prognoz nuqtayi nazaridan bu nuqsonning 
ko‘p uchraydigan variant o‘g‘il bolalardagi chot orasi teshigiga ekvivalent 
hisoblanadi. Anomaliyaning bu shaklida to‘g‘ri ichak uning pastga siljigan eng 
pastki qismini e’tiborga olmaganda sfinkter mexanizmining ichida joylashgan. 
To‘g‘ri ichak va qin bir-biridan yaxshi ajralgan (16.11-rasm).
 
16.11-rasm.
 Rekto chot orasi teshigi. 
 
2. 
Vestibulyar teshik. Bu jiddiy nuqsonda ichak funksiyasi borasidagi prognoz 
odatda yaxshi, agar, albatta, operativ muolaja to‘g‘ri va malakali o‘tkazilgan 
bo‘lsa. Biroq tajribam ko‘rsatadiki, bunday bemorlar ko‘pincha muvaffaqqiyatsiz 
operatsiya o‘tkazib bo‘lingan boshqa davolash muassasa kelib tushadi. Nuqsonning 
bu variantida ichak bevosita gimen orqasida qin yonida ochiladi (16.12-rasm).


16.12-rasm. 
Rektovestibulyar teshik. 
 
Teshik ustida to‘g‘ri ichak va qin faqatgina ingichka umumiy devorcha bilan 
ajratilgan. Bunday bemorlarda odatda mushak va dumg‘aza yaxshi rivojlangan va 
innervatsiya buzilmagan. Biroq nuqsonning bu shaklida ba’zan to‘liq rivojlanmgan 
dumg‘aza bo‘ladi.
Anomaliyaning bu variantiga ega bolalar ko‘pincha jarrohga – rectovaginal 
teshik tashxisi bilan borishadi. Nuqson shaklini yangi tug‘ilgan qizning odatiy
lekin juda e’tibor bilan chot va genitaliyasini tekshirish bilan klinik ma’lumotlar 
asosida aniq identifikatsiya qilish mumkin. Ko‘pchilik bolalar jarrohi ushbu 
anomaliyani 
himoya 
kolostomiyasisiz 
korrigirlaydi 
va 
bu 
ko‘pincha 
muvaffaqqiyatli bo‘ladi. Biroq chot infeksiyasi ba’zan anal anastomoz choklar 
ochilishi, teshik retsidiviga olib keladi, bu, o‘z navbatida, sfinkter mexanizmi ham 
aralashib qolishi mumkin bo‘lgan og‘ir fibroz o‘zgarishlar rivojlanishiga sharoit 
yaratadi. Bu holatda optimal funksional natijalarga erishish imkoniyati yo‘qotiladi, 
chunki takroriy operatsiyalar muvaffaqqiyatli o‘tkazilgan birlamchi muolaja kabi 
ijobiy prognozni ta’minlay olmaydi. Mana nima uchun ikkinchi va yakunlovchi 
bosqich sifatida keyinchalik cheklangan orqa sagittal plastika bilan himoyaviy 
kolostoma qo‘yish tavsiya etiladi.
3
. Эта аномалия встречается очень редко. Vaginal teshik. Nuqsonning bu 
kam uchraydigan variantida to‘g‘ri ichak qinning yuqori yoki pastki qismi bilan 
ulanar ekan, bu shaklning tashxisini faqatgina yangi tug‘ilgan qizchada mekoniy 


qizlik plevasi orqali ajralganida qo‘yish mumkin. Gimenning orqa qismi 
sohasidagi nuqson – tashxisni tasdiqlovchi yana bir to‘g‘ri omil.
 4. 
Teshiksiz anorektal ageneziya davolash takikasi va prognoz borasida 
anomaliyaning o‘g‘il bolalardagi xuddi shu variantiga to‘liq mos keladi, lekin qiz 
bolalarda ancha ko‘p uchraydi.
5. 
Qiz bolalarda persistlaydigan kloaka – to‘g‘ri ichak, qin va siydik trakti 
yagona kanalga qo‘shiladigan o‘ta murakkab nuqson. Tashxis klinik ma’lumotlar 
asosida ishonch bilan qo‘yilishi mumkin. Uni anal teshigi atreziyasi bo‘lgan yangi 
tug‘ilgan qizda genitaliyalar juda kichik o‘lchamlarga ega bo‘lganida shubha qilish 
kerak. Jinsiy lablarni ehtiyotkorlik bilan ajratganda chotda yagona teshikni ko‘rish 
mumkin. umumiy kanal uzunligi 1 sm dan 7 sm gacha bo‘ladi va jarrohlik 
muolajasi texnikasi va prognoz munosabatida juda katta ahamiyatga ega. Agar 
umumiy kanal uzunligi 3.5 sm dan oshsa, unda bu odatda, qinning mobilizatsiyasi 
katta murakkabliklarni o‘zida namoyon etadigan, shuning uchun ba’zan qin 
plastikasining turli usullarini qo‘llashga to‘g‘ri keladigan anomaliyaning eng og‘ir 
varinati hisoblanadi. Umumiy kanal uzunligi 3,4 sm dan oshmaydigan holatlarda, 
ko‘pincha laparotomiyasiz birlamchi radikal orqa sagittal plastika amalga 
oshirilishi mumkin. Ba’zan to‘g‘ri ichak qin oxiri sohasida yuqorida ochiladi. Bu 
holatda ichak mobilizatsiyasi uchun muolajani lapartomiya bilan to‘ldirish zarur. 
Ko‘pincha qin keragidan ortiq cho‘zilgan va shilliq sekret (gidrokolpos) bilan 
to‘ldirilgan. Ortiqcha cho‘zilgan qin siydik pufagi uchburchagini ezadi, bu 
ko‘pincha megaureter rivojlanishiga olib keladi. Boshqa tomondan, o‘lchamlari 
katta bo‘lga qin bo‘lishi uning plastikasini yengillashtiradi, chunki bunda 
rekonstruksiya uchun foydalanish mumkin bo‘lgan to‘qimalarning yetarlicha 
miqdori bo‘ladi. Klokala nuqsonlarda ko‘pincha devor yoki turli darajalarda 
ifodalangan qin va bachadonning ikkilanishi uchraydi. Bunday holatlarda to‘g‘ri 
ichak, qoidaga ko‘ra, ikki qin orasida ochiladi. Past kloakal nuqsonlarda dumg‘aza 
odatda yaxshi rivojlangan, chot normal ko‘rinishda, mushaklar to‘g‘ri shakllangan 
va innervatsiya buzilmagan. Mos ravishda, prognoz ko‘pincha ijobiy.
Aralash anomaliyalar.
Bu guruhga har biri jarroh uchun juda murakkab 


masalani o‘zida namoyon etadigan, davolash metodlari esa prognoz kabi ko‘p 
variantli bo‘lgan anorektal nuqsonlarning noodatiy va g‘alati variantlari kiritilgan. 
Albatta, aralashgan anomaliyalarda qandaydir yagona «retsept» bo‘lishi mumkin 
emas. Har bir holat alohida individual yondashuvni talab qiladi.
To‘g‘ri ichak atreziyalari teshik shakllarining diagnostikasi Vangenstin-
Kakovich-Rays (16.14-rasm) bo‘yicha teshiksiz shakllar fistulografiyasi (16.13-
rasm) bilan amalga oshiriladi.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish