5-Topshiriq
1.Korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari
Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi. Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum.
2.Dinshunoslik. Milliy dinlar tasnifi
«Dinshunoslik» dinning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixini, uning ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, turli xil dinlar ta’limotining vujudga kelishi va shakllanishini o‘rgatuvchi fan, ta’limot va o‘quv predmetidir. U dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bo‘lishidan urug‘-qabila, milliy va jahon dinlari paydo bo‘lgan davrda yuz bergan jarayonni hamda jamiyat taraqqiyotida din bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy, hodisalarni, ma’naviy omillarni - mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, masjvd va diniy tashkilotlarning talab va tartiblarini o‘rganish, taxlil qilishni ko‘zda tutadi. Yahudiylik miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo‘lib, faqatgina Yahudiyxalqiga xos.
3.O‘zbekistonda Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to ‘g’risidagi qonunning mohiyati
Vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.
Fuqaro o‘zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta’lim olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Diniy tashkilot O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan yuz nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari tashabbusi bilan tuziladi.
Tegishli konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borish uchun ularning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha yagona markaziy boshqaruv organlari (bundan keyin — markaziy boshqaruv organlari deb yuritiladi) tuzilishi mumkin.
Markaziy boshqaruv organi O‘zbekiston Respublikasining kamida sakkizta hududiy tuzilmasida (viloyat, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) faoliyat ko‘rsatayotgan, tegishli konfessiyalarning ro‘yxatga olingan diniy tashkilotlari vakillari ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) tomonidan tuziladi.
Diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida yoki uning joylardagi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi va qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
4.Buddaviylik dini tarixi, ta’limoti va oqimlari
Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Boshqa dinlardan farqli ravishda B.da hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. B. taʼlimotiga koʻra, inson doimo azobuqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azobuqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxiroqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi.
5.Xristianlik dini tarixi, yo ‘nalishlari: katolik, provaslavlik, protestantlik
Xristianlik — dunyoda eng keng tarqalgan diniy eʼtiqod. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yaqin Sharqda va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarda keng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxminan 2.5 milliard kishi eʼtiqod qiladi.[1] Xristianlikning asosiy gʻoyasi xudo odam — Iisus Xristos (Iso Masih; Iso) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq.
Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo'nalishidan biri o'laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ruyobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so'zidan olingan bo'lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi.
Katolik ta'limotiga ko'ra, xayrli zaruriy ishlar xazinasiga Iso tomonidan yaratilgan "Xayrli ishlar zaxirasiga" ega. Cherkov Iso, Bibi Maryam, Muqaddas Ruh nomidan bu xazinani tasarruf qilish, undan muhtojlarga ulashish, ya'ni gunohlarni avf etish, nadomat chekuvchilarga pul yoki tufha evaziga avf - kechirim tufha qilish huquqiga ega.
Protestantizmning mohiyatiga ko'ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in'om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e'tiqodi va Isoning vosita orqali ro'y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |