2. Qatorlarga piramida shakli tushirilgan A4 o`lchamdagi qog`oz beriladi . 1-qator o`quvchilari berilgan hayvonllarni soddadan murakkabga tomon joylashtirishi kerak.
2-qator o`quvchilari berilgan hayvonlarni murakkabdan sodda tomon joylashtirishi kerak.
3 -qator o’quvchilari hayvonlar tipini soddadan murakkab tomonga joylash tirish.
Qaysi qator birinchi joylashtirganiga qarab ball beriladi.
HAYVONLAR HAQIDA QIZIQARLI TOPISHMOQLAR.
1 .Suv tubida bor ekan bir tomchi,
Qanday tirik jon ekan? –Topchi!
( oddiy amyoba)
2. To‘ri bilan o‘rab oladi, Chivinga u zanjir soladi.
(butli o’rgimchak )
3 . O‘n oyoqda olg‘a yurar,
Shoshar bo‘lsa, ortga suzar.
( daryo qisqichbaqasi )
4. Qanoti bor, pati yo‘q,
Suti bor u tuyog‘i yo‘q.
(Ko’rshapalak )
5 . Qush emas uchag‘on,
Chayon emas chaqag‘on.
Er-tayu kech o‘zini
Viz vizlab maqtab qog‘on.
( asalarilar)
6. Boshida bor baqbaqasi
Tinim bermas vaq-vaqasi.
(baqa)
7.Qisqichi bor, uzun mo‘ylov.
K unduz dam olar, tunda qilarov.
(daryo qisqichbaqasi )
8. Maysa rangli mitti o‘zi.
Bor xivchini, bordir ko‘zi.
(yashil evglena)
ZOOLOGIYA
Ta`tilimiz tugadi, erinchoqlik tashlaymiz,
Z oologiya darsini amyobadan boshlaymiz.
Xivchinlilar barisi qizil ko`zli bo`ladi,
U amyoba singari jinssiz ko`payadi.
Pichan ivitmasi hayvonlari degani,
Tufelka o`g`zin ochar,bakteriya yegani.
Chuchuk suvning gidrasi , suvda hayot kechiradi,
Tanasining osti-chi ?, tovon deya atalar.
Aktiniya hayvoni, yakka o`troq yashaydi,
Tanasin tuzilishi gidralarga o`hshaydi.
O dam askaridasi, parazitlik qiladi,
Ularning bo`ylari-chi ?, ancha uzun bo`ladi.
Gijja-chi ?, oqish rangli hamda maydadir.
O`simlik kasalligi, bo`rtma nematodadir,
Yomg`irning chuvalchangi, yomg`irdan so`ng chiqadi,
Tanasining old uchi konussimon bo`ladi.
Molyuskaning tanasin, mantiya o`rab turar,
Yer ustida sirpanib, sekin harakat qilar.
Qisqichbaqasimonlar tullab o`sa boshlaydi,
Qoplagichi qotaygach, xitinini tashlaydi.
Butli o`rgimchakning butsimon shakli bordir,
Q orin tarafi keng va boshko`krak tomon tordir.
Ko`zlarimiz quvnatar, turfa rangli kapalak,
Urg`ochisiga ko`ra, xipcha bo`ladi erkak.
Hidlab topar chivinga o`hshaydigan hashorat,
U gar chaqsa teridan, yomon qolar asorat.
Bezgak chivini bezgak , bit terlama yuqtirar,
Undan uzoq yurishni, onangiz ham uqtirar.
Zog`ora baliq uzun bir metrga yetadi,
Ozig`i tugab qolsa, oziq izlab ketadi.
Akula ancha yiri, tarpedasimon tana,
Bekinib turishiga, joy topolmaydi pana.
Skatlarning tanasi yassi hamda rombsimon,
T irik qolmasa kerak, etimish vatt yegan hayvon.
Ildam kaltakesaklar cho`llarda ko`p tarqalgan,
Kaptarning gavdasi: bosh, bo`yin, tana va oyoq,
Iligin ko`rib deysiz ,misoli ikki tayoq.
Kunduzgi yirtqichlardan qora kalhat, tasqara,
Bo`ynida yung yo`q ekan, bezrayib turar qarab.
Tovuq, kurka bizlarning parandamiz bo`ladi,
Yiliga ular mo`l-mo`l, yuzlab tuxum beradi.
Mushuklarning akasi sherlar, chiziqli yo`lbars,
Bu oliaga mansubdir , yana bir jondor-ilvirs.
Tuyoqli sutemizuvchi jirafa va zubrlar,
Hamda mo`l sut beruvchi govmush ola-sigirlar.
Sumatra orolida tarqalgan orangutan,
Yana uchrab turadi, orolda Kalamantan.
Sersut sigirlarimizdan- Xolmogor,Yaroslavl,
Go`shtdor sigirlar esa-Shortgorn, Gerefortdir.
Mana shuncha hayvonni, yil ichida o`ragandik,
Savod chiqarayli deb, o`qib rosa izlandik.
Ko`p narsani o`rgatgan ustozimga ko`p rahmat,
Sizni doim mehla, qilb yuraylik hurmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |