O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
BOYSUN TUMAN BO‘LIMIGA QARASHLI
5-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING
O`QITUVCHISI IBROHIMOVA MADINANING
7-SINFLAR UCHUN TAYYORLAGAN OCHIQ
DARS
ISHLANMASI
Boysun -2022
Darsning mavzusi: Suv havzalari va sohil qushlari.
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarni suv havzalari va Suv havzasida yashaydigan qushlar, pingvinlar va sohil bo’yi parrandalarini yashash muhitiga moslashganligi to`g`risida tushunchalarni o`rgatish;
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik, gigiiyenik, axloqiy tarbiya berish;
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarni Suv va Suv havzalarida yashaydigan qushlar hayot kechirishini o`rgatish barobarida,kuzatish,mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish va parrandachilik xo`jaliklarini tashkil etishga qiziqtirib borish.
Darsning jihozi: mavzuni yoritishda foydalanish uchun tayyorlangan slaydlar, 7-sinf zoologiya fani bo`yicha elektron darslik, suv havzasidagi parrandalar rasmlari plakatlari, uyga vazifani so`rab mustahkamlash uchun tezkor savollar, yangi mavzuni mustahkamlash uchun testlar.
Darsda foydalanilladigan uslub: noan`anaviy,musobaqa
Darsning usullari: Bilits usuli , piramida, BBB,Klaster usuli
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism:
Sinf xonani darsga tayyorlash;
o`quvchilar davomatini navbatchi o`quvchi orqali aniqlash;
bugungi kundagi fan yangilaklari bo`yicha suhbat tashkil etish;
II. O`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchilar bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash;
1. Sinf o`quvchilarini 2 ta guruhga bo`lib olinadi;
Har bir qatordagi o`quvchilarga savolar beriladi.
Bilits usuli
Chumchuqsimonlardan eng yirik turlari qaysilar hisoblaniladi ?
go‘ngqarg‘a, zog‘cha va olaqarg‘a hisoblanadi.
2.Chumchuqsimonlarning ko‘pchilik turlari – qanday parrandalardir ?
hamma narsalarni yeydigan parrandalar.
3.Qaldirg‘ochning bitta oilasi yoz mavsumida qanchagacha hasharotlarni qiradi?
1 mln yaqin hasharotlarni qiradi
4. Musichalar davomida necha marta bola ochadi ?
5 marta bola ochadi
5. Shahar va qishloqlarimiz ko‘chalari va xiyobonlarida qanday ko‘k kaptarsimon qushlar ko’p uchraydi
kaptar va musicha ko‘p uchraydi.
6. Afrika tuyaqushining bo‘yi va vazni qancha bo’ladi?
bo‘yi 3 m ga, vazni 100 kg ga boradi
7. Tuyaqushlar soatiga nechchi km tezlikda yugura oladi.?
soatiga 60–70 km tezlikda yugura oladi
8. Tuyaqushlar tuxumlarining vazni nechchi kg ga yetadi. ?
vazni 1,5 kg ga yetadi
9. Qaldirg‘och oyoqlari qanday kalta va kuchsiz rivojlangan?
kalta va kuchsiz rivojlangan.
10. Chumchuqsimonlar turkumiga qaysilar kiradi?
Bu turkumga qaldirg‘och, go‘ngqarg‘a, chug‘urchiq, bulbul, chumchuq va boshqa qushlar kiradi.
Har bir to`g`ri javob uchun 1 ball berilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |