I Variant
1. 5-sinf uchun tuzilgan dastur va adabiyot darsligini qiyoslang. Mavzular to’liq bir- biriga mosmi? Mos kelmagan mavzular ro’yxatini yozing.
5- sinf adabiyot haftasiga 2 soatdan jami 68 soat o’tiladi. Shu 68 soat darsdan 8 soati nazorat ishlar uchun mo’ljallangan. Har bir mavzu hammasi bir soatdan. Yangi adabiyot darsligi dastur bilan deyarli bir xil faqat quyidagi mavzu kiritilmagan.
O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi“Alla” va “Gilam paypoq” hikoyalari dasturga kiritilmagan.
2. 10-sinf adabiyot dasturidagi “Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi mavzusini o’rganish yuzasidan metodik maqola tayyorlang.
Adabiyot darslariga kirish umumiy obzorda ma’naviyat darslari va ma’naviyat mavzulari bilan parallel ravishda olib boriladi. Xususan 10-sinf adabiyot darligi ham eng avvalo adabiyotni ma’naviyat bilan xamohanglikda berilgan mavzu: “Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi” bilan boshlangan. O’quvchilar darslik bilan ilk tanishishlari oldidan avvalo adabiyotning hayotimizdagi tutgan o’rnini anglatish orqali keyingi mavzularni yanada chuqurroq anglab yetishlariga yo’l ochib beradi. Ushbu mavzu epigrafi G’,G’ulom she’ri bilan boshlanadi. 10-sinf o’quvchilari G’.G’ulom ijodi bilan ilgarigi o’quv yillari davomida tanishib kelganlar. Adibning ijodi hikoyalari va sh’erlarini sevib o’qimaydigan o’quvchi bo’lmasa kerak. Aynan shu o’rinda uning vatan haqidagi she’ridan parcha olinishiga sababni uchta o’rinda izohlash mumkin:
1) Eng avvalo vatan tuyg’usi hissi naqadar ulug’ tuyg’u ekanligini anglatish;
2) O’quvchilarni o’qishga, bilim o’rganishni sevishga(albatta hamma narsada qunt, ixlos kerak) undash ma’nosida berilgan. Hozirgi til bilan aytganda bu 10-sinf o’quvchilariga adabiyot fanini boshlashdan oldingi kichik motivatsiya.
3) Biz yuqorida takidlagan adabiyot barcha narsaning bosh mezonidir.
Mavzuga to’xtaladigan bo’lsak, adabiyotning nima uchun ma’naviyat bilan xamohangligi sababi yoritilib boshlangan. Chunki o’quvchilar quyi sinflarda adabiyotning “Odob”, “Axloq” kabi tushunchalarni anglatishini bilib olishgan. Endi esa ular adabiyotni kengroq doirada o’rganishlari, ilgariladi adabiyot haqida o’rganishgan bo’lsa, endi adabiyotning ta’siri uning hayotimizda tutgan o’rni haqida o’rganishadi.
4 sahifadan iborat bo’lgan ushbu mavzu o’z tarkibiga birinchi prizidentimiz I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitobidagi fikrlar, Navoiy “Xamsa” si, Boburning “Boburnoma” si haqida ham go’zal fikrlarga ega.
Dars o’tish davomida o’qituvchi faqat maruza bilan cheklanib qolishi to’g’ri emas. Chunki dars ma’naviyat darsi bo’lganligi bois o’qituvchi va o’quvchilar orasida suhbat metodini qo’llash maqsadlidir. 10-sinf o’quvchilariga bu xildagi ma’ruzalarning uzoq davom etishi to’g’ri emas. Ular ancha yetuk va keng dunyoqarashga ega bolalar hisoblanadi. Shuning uchun darsni suhbat, tanishish, kirish, yil davomida o’tiladigan mavzular muhokamasi bilan uyg’un holatda o’tkazish samarali deb o’ylayman, ammo bu bilan o’qituvchi mavzuni to’laqonligicha o’quvchilar zimmasiga tashlab qo’yishi kerak degani emas. O’qituvchi mavzu bo’yicha butun ma’suliyatni o’z zimmasiga olgan holda darsning boshidan oxirigacha faol bo’lishi kerak, chunki ushbu mavzuni o’quvchilar mustaqil anglolmaydilar. O’qituvchi ularga yo’l-yo’riq ko’rsatib turishlari kerak bo’ladi.
Eng avvalo darsni boshlashdan oldin o’qituvchi ushbu darsdan ko’zlangan maqsadni to’g’ri tanlay olishi muhim. Darsdan ko’zlangan maqsad esa: Ta’limiy, tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi bo’ladi.
Ta’limiy maqsad: “Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi” mavzusini o’quvchilarga singdirish;
Tarbiyaviy maqsad: Adabiyotning hayotimizda, jamiyatimizda va o’z ma’naviyatimizda tutgan o’rnini bildirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning adabiyotga qiziqishini uyg’otish va bu orqali ularning jamiyatda yetuk ma’naviy insonlar qilib o’stirish. Adabiyot ma’naviyatni shakllantirar ekan badiiy asar ham inson ongiga ta’sir qiladi. Demakki har bir badiiy asarni o’quvchi o’qir ekan unda shu asar yuzasidan qandaydir taassurot paydo bo’ladi. Ushbu asar yuzasidan o’quvchilar turlicha fikr yuritishlari mumkin. Chunki har bir o’quvchi badiiy asardan qandaydir o’ziga tegishli xulosalar chiqargan holda o’zaro ayro fikrlarga ega bo’lishadi. Badiiy asarlarda beriladigan har bir so’z va jumla alohida ahamiyat kasb etadi. Badiiy asar tarkibidagi biz uchratishimiz mumkin bo’lgan xalq og’zaki ijodi namunalari orqali o’quvchilar milliy qadryatlarimiz, an’ana va marosimlarimiz haqida chuqurroq tasavvurga ega bo’lib olishlari mumkin. Shu orqali o’quvchilarga adabiyotning ma’naviyat shakllanishidagi o’rnini tushuntirish mumkin. Biz bilamizki badiiy adabiyotning ilmdan farqi shundaki, u ma’naviy haqiqatlarni aks ettiradi, fan esa ilmiy haqiqatlarni ifoda etadi. Ilmiy haqiqatni tushunish va isbotlash, ma’naviy haqiqatni esa his qilish, tuyush mumkin. Ma’naviy qadryatlar inson mavjudliginining maqsadini belgilab bersa, ilmiy haqiqatlar ana shu maqsadga erishish vositalarini aks ettiradi deyish mumkin. Inson faoliyatida ma’naviyat ulkan ahamiyat kasb etadi, ammo ilmsiz uni shakllantirib bo’lmaydi. Darslikda bayon etilgan qarashlarning o’quvchilar tomonidan to’liq o’zlashtirilishiga erishish uchun adabiyot o’qituvchisi badiiy adabiyotning inson ma’naviyatini qaror topdirishdagi alohida o’rni, jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati to’g’risida ham o’quvchilarda tasavvur uyg’ota bilishi joiz. Odamda ezgu ma’naviyatni shakllantirishda badiiy adabiyotdan samaraliroq vosita yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |