7. O’zingiz mustaqil o’qigan o’zbek, jahon adabiyoti namoyondalaridan qaysi shoir va uning asarini ushbu darslikning keyingi nashrlariga tavsiya qilasiz? Sababini izohlang.
O’tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asarini tavsiya qilgan bo’lar edim. Albatta, asardan parcha keltirilgan holda, bolalar uchun atalgan bitiklarni darslikka kiritish kerak deb o’ylayman. Chunki bu bitiklarda ham kattalar, ham bolalar o’rganishi, tahlil qilishi kerak bo’lgan juda ko’p ma’noli gaplar bor.
8. Darslikda nechta asar o’qish, o’rganish va tahlil qilish uchun berilgan? Bu asarlarning to’liq matni bilan tanishganmisiz?
Darslikda xalq og’zaki ijodi na’munalari, 3 ta ertak, 1 ta qissa, 17 ta hikoya va she’rlar keltirilgan.
9. O’zingiz mustaqil o’qigan o’zbek, jahon adabiyoti namoyandalaridan qaysi nosir va uning asarini ushbu darslikning keying nashrlariga tavsiya qilasiz? Sababini izohlang.
To’g’risi darslikda ortiqcha adib va uning asari berilmagan. Agar darslikning keying nashrlariga biror bir asarni kiritishmoqchi bo’lganida men bunga qo’shilmas edim. Sababi darslikka yana bir asar kiritilishi ma’yorni buzadi. Umuman olganda hamma asar ham foydali, hamma o’qigan asarimizning hech bo’lmaganida bitta joyidan o’zimiz uchun foydali bo’lgan biror nima olamiz. O’qiydigan o’quvchi birgina darslikka tayanib qolmasdan, o’qituvchining tavsiyasiga ko’ra ham boshqa asarlarni boshqa adabiyotlardan qidirib o’qiyveradi.
10. Darslikda nechta dramatik asar o’qish, o’rganish va tahlil qilish uchun berilgan?
Dasrlikda dramatik asar berilmagan. Dramatik asarlarni o’qish, o’rganish va tahlil qilish bir muncha murakkabliklarga ega, shu sababli bunday asarlar yuqori sinflarda o’rganiladi.
11. Agar 5-sinf o’quvchilaringizni teartga olib borish imkoniyati bo’lganda, Siz aynan qaysi asarlarning sahnalashtirilishini va premyerasidan keyin birga tahlil qilishni istaysiz? Sababini ko’rsating(mavzu, yumor, hajm, shakl, syujet, kompozitsiya, asarning ma’lum va mashhurligi…
Bunday imkoniyat bo’lganida men o’quvchilarimni “Hellados” asari asosida ishlangan teatrga va “Yovvoyi yo’rg’a” asari asosida ishlangan kinoga olib tushgan bo’lar edim.
“Hellados” hikoyasining kinosi mavjud lekin uni 5-sinf o’quvchilari yaxshi tushunishmaydi. U chet el filmi bo’lganligi uchun ham aktyorlar tashqi ko’rinishi bizning aktyorlarnikidan farq qiladi. G’arb kinosi, g’arb aktyorlarining ta’siridan ko’ra bu asarning teatri qo’yilsa va unda o’zimizning aktyorlar rol ijro qilsa o’quvchilar uchun ham qabul qilish qiyin kechmaydi. Vatan tushunchasi faqat o’qib emas balki his qilib tushunish muhim masala, kezi kelganda u haqidagi teatrlarni ko’rish, qahramonlarning jonli harakati ta’sirliroq chiqadi.
“Yovvoyi yo’rg’a” asarini teatr qilish bir muncha murakkab. Chunki unda asosiy voqealar ot bilan bog’liq. Shuning uchun ham bu asarni kino qilish juda to’g’ri deb bilaman. Biz bilamizki bu asarga monand multfilm bor, balki kinosi ham bordir, lekin men uni ko’rmaganman.
12. O’zingiz mustaqil o’qigan o’zbek va jahon adabiyoti namoyondalaridan qaysi dramaturg va uning asarini ushbu darslikning keying nashrlariga tavsiya qilasiz? Sababini izohlang.
Bu darslikka dramatik asarlarni tavsiya qilmagan bo’lardim. Bunday asarlarni 5-sinf o’quvchilari yuqori sinflarda o’rganganlari ma’qul. Chunki dramatik asarlarni bunday yoshdagi bolalar hazm qilishi qiyin.
13. Darslikda berilgan savol va topshiriqlarni kuzating. Kuzatishlaringiz asosida bitta adibning hayoti va ijodi haqida maqola hamda asarni o’rganish yuzasidan savol va topshiriq (10,15,20..) lar tizimini ishlab chiqing. Bu jarayonda Siz darslik muallifidano’rganing, ammo savol va topshiriqlarni darslikdan aynan ko’chirmang.
“Fonarchi ota” hikoyasi yuzasidan savol va topshiriqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |