7-Mavzu. Biosfera – hayot qobigʻi. Tabiat komplekslari
1. Yer sayyorasi taxminan qancha vaqtdan beri mavjud? J: 5 mlrd yil 2. Yerning butun tarixi davomida atmosferaning quyi qatlami troposfera, butun gidrosfera va litosferaning necha km li yuqori qatlami o'zaro ta’siri, ayniqsa, kuchli bo'lgan? J-4 - 5km 3. Sayyoramizdagi eng dastlabki hayot belgilari paydo boʻlganiga qancha boʻldi? J: Taxminan 4 mlrd yil 4. Organizmlar faol bo’lib, Yer yuzini egallay boshlaganiga qancha boʻldi? J: 550 – 600 mln yil 5. Yerning organic hayot paydo boʻlgan, yashaydigan va organizmlar oʻzaro ta’sir etib turadigan qobigʻi qaysi? J: Biosfera 6. Biosferanmg qalinligi qancha? J: 30 - 40 km 7. Odam qaysi geografik qobiqda yashaydi? J: Biosfera 8. Organizmlar qayerlarda eng ko'p tarqalgan?J: Quruqlik yuzasida va uning ustida 150 m balandlikkacha bo'lgan havoda, tuproqda, okean va dengizlar suvlning yuzasi hamda 150 m chuqurlikkacha bo'lgan qismlarida 9. Antarktidadagi o'simlik o'smaydigan, hayvonlar yashamaydigan joylar qanday nomlanadi? J: Qor va muzlik cho'llari 10. Hozirgi odamlarrting ajdodiari bundan qancha ilgari paydo bo'lgan? J: 2,5 - 3 mln yil ilgari 11. Vohalar deb nimaga aytiladi?J: Inson tomonidan o'zgartirilgan, obod qilingan joylar 12. «Kislorod fabrikasi» - bu... J: O'simliklar 13. Okean suvida kalsiy tuzlari eng kam. Bunga sabab nima?J: Bunga okean va dengizlarda yashaydigan organizmlar sababchi ekan. Organizmlar suvdan o'zlariga kerakli moddalarni, ayniqsa, kalsiy tuzlarini oladi. Ularga kalsiy tuzlari suyaklarinl, chig'anoq va zirhlarini hosil qilish uchun kerak bo'ladi 14. Daryo suvlari tarkibida qaysi modda eng ko'p? J: Kalsiy tuzlari 15. Tuproq nima?J: Yemirilgan tog' jinsi zarralaridan va gumusdan (chirindidan) iborat 16. Eng unumdor tuproq qaysi? J: Qora tuproq 17. Eng unumdor tuproq turi qayerlarda tarqalgan? J: Dashtlarda 18. Litosferaning yuza qismlari, atmosferaning quyi qatlami - troposfera, gidrosfera va biosfera birgalikda nimani hosil qiladi? J: Geografik qobiqni 19. Geografik qobiq tarkibiga qaysi qobiq butunligicha kiradi? J: Gidrosfera 20. Geografik qobiq tarkibiga atmosferaning necha km balandlikkacha bo'lgan qismi kiradi? J: 18 - 20 km 21. Tabiatni hosil qiluvchi tarkibiy qismlar - bu... J: Tabiat komponentlari 22. Eng katta tabiat kompleksi nima? J: Geografik qobiq 23. Geografik qobiqning tarkibiy qismlari dastlabki vaqtda 3 ta edi. Ular qaysilar? J: Tog' jinslari, suv va havo 24. Yer yuzasida ekvatordan qutblar tomon tabiatning. o'zgarishi natijasida ... hosil bo'ladi. J: Geografik mintaqalar 25. Yer yuzaida nechta iqlim mintaqasi mavjud? J: 13 ta - 7 ta asosiy, 6 ta oraliq 26. Iqlim mintaqalarini sanang.J: Ekvatorial, subekvatorial (2 ta), tropik (2 ta), subtropik (2 ta), mo'tadil (2 ta), subqutbiy (2 ta, ya’ni subarktika va subantarktika), qutbiy (2 ta, ya’ni arktika va antarktika) 27. Yil bo'yi issiq va sernam bo'ladigan iqlim mintaqasi qaysi? J: Ekvatorial mintaqa 28. Ekvatorial mintaqada kunning qaysi qismida har doim yomg'ir yog'adi? J: Tushdan keyin 29. Subekvatorial mintaqada nechta fasl shakllangan? J: 2 ta - sernam issiq yoz va quruq issiq qish 30. Har ikkala yarimsharda 30°- 40° kengliklar oralig'ida qaysi iqlim mintaqasi vujudga kelgan? J: Subtropik mintaqa 31. Mo'tadil iqlim mintaqasi qaysi kengliklar oralig'ida joylashgan? J: 40° - 60° kengliklar 32. “Iqlimi qishda sovuq, yozda esa salqin boʻladi. Faqat oʻt oʻsimliklar va butalar oʻsadi”. Ushbu ta’rif qaysi iqlim mintaqasi haqida ekanligini aniqlang. J: Subqutbiy mintaqalar (subarktika va subantarktika) 33. Qaysi iqlim mintaqasi Janubiy yarimsharda katta maydonni egallaydi? J: Moʻtadil mintaqa 34. Mo'tadil iqlim mintaqasi Janubiy yarimsharda qaysi geografik kengliklar orasida joylashgan? J: 42° - 55° j.k. 35. Subtropik mintaqalarning iqlimi qanday? J: Qishda mo'tadii mintaqaning ancha salqin havosi, yozda esa tropik mintaqaning issiq havosi hukmron bo‘ladi 36. Qaysi iqlim mintaqasida cho'llar ham, dashtlar ham, o'rmonlar ham mavjud? J: Mo'tadil mintaqa 37. Har bir geografik mintaqada bir-biridan farq qiluvchi kichikroq tabiat komplekslari mavjud. Ular qanday nomlanadi? J: Tabiat zonalari 38. «Zona» so'zining ma’nosi nima? J: Lotincha so‘z bo‘lib, «uzun cho'zilgan», «ensiz yer» degan ma’noni bildiradi 39. Geografik zonalar Yer yuzida ko'pincha qanday tuzilgan bo'ladi? J: G'arbdan sharqqa tomon cho'zilgan bo'ladi