5-sinf savollar kitobi «Geografiya»


- mavzu. Yerning havo qobigl - atmosfera



Download 81,81 Kb.
bet8/12
Sana08.04.2023
Hajmi81,81 Kb.
#925742
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5 класс

6- mavzu. Yerning havo qobigl - atmosfera


1. Yerning havo qobig'i qanday ataladi? J: Atmosfera (yunon- cha, «atmos» - bugʻ, «sphaira» - shar)
2. Atmosferaning asosiy vazifasi nimada? J: Yer yuzini samodan keladigan meteor jismiardan, Quyoshning tirik organizmlar uchun zararli bo'lgan ultrabinafsha nurlaridan saqlaydi.
3. Atmosfera bo'lmaganida, Yer yuzida harorat qanchani tashkil etardi? J: Kunduzi +120°C gacha isib, kechasi -180°... -200°C gacha sovib ketar edi
4. Atmosferaning gaz tarkibi qanday tuzilgan? J: 78% azot, 21% kislorod va 1% inert gazlar
5. Atmosferada azot va kislorod nisbati nima ta’sirida saqlanib turadi? J: O‘simlikiar
6. Yer havo qobig'ining yuqori chegarasi necha km balandlikdan o'tkaziladi? J: 2000 km
7. Atmosfera qanday qatlamlardan tuzilgan? J: Troposfera, stratostera, mezosfera, termosfera va ekzosfera
8. Atmosferaning quyi qatlami - troposferaning qaliniigi qan­cha? J: O‘rtacha qaliniigi 10 - 11 km, qutblar ustida 8 - 9 km, ekvatorda 18 km
9. Havodagi barcha suv bug'lari, yog'inlar va ob-havoning o'zgarib turishi qaysi qatlam uchun xos? J: Troposfera
10. Yuqoriga ko'tarilgan sari har 1000 m da harorat necha gradusga pasayadi? J: 6°C
11. Stratosfera qatlamining yuqori chegarasi necha km balanddan o'tadi? J: 40 - 50 km
12. Atmosferaning qaysi qatlami quyi qismida harorat -45°G dan -75°C gacha pasayadi. Lekin yuqoriga ko'tarilgan sari havo isib, +10°C gacha ko'tariladi? J: Stratosfera
13. Mezosfera, termosfera va ekzosfera qatlamlarining o‘ziga xos xususiyati nimada? J: Bu qatlamlarda havo juda siyrak va koinotdan keladigan nurlar ta’sirida elektr tokini yaxshi o'tkazadigan bo'lib qoladi
14. Atmosferaning qaysi qatiamida qutb yog'dulari, «Yulduz uchishi» hodisaiari kuzatiladi? J: Mezosfera, termosfera va ek­zosfera
15. Havo haroratini o'lchaydigan asbob - bu... J: Termometr
16. Meteorologik stansiyalarda termometr qay tartibda o'rnatiladi? J: Yer yuzasidan 2 m balandga, Quyosh nuri tushmay- digan soya joyga o'rnatlladi. Meteorologik stansiyalarda ter­mometr maxsus meteorologik quti ichiga qo'yiiadi va qutining eshigi shimol tomonda bo'ladi
17. Dunyoning ko'plab meteorologik stansiyalarida ob-havo hoiati har necha soatda tekshirib turiladi? J: Har 3 soatda
18. Havo harorati kunning qaysi paytida eng issiq bo'ladi? J: Soat 14-15 larda
19. Havo amplitudasi deganda nimani tushunasiz? J: Ma’lum bir muddatdagi eng yuqori harorat bilan eng past harorat o'rtasidagi tafovut
20. Havoning sutkalik o'zgarishi okean va dengizlar ustida necha gradusga teng? J: 1 - 2°C
21. Dasht va choʻllarda havo haroratining sutkalik amplituda­si qanchaga teng? J: 15-20°C
22. Yillik amplituda ekvator atroflarida necha gradusni tashkil etadi? J: 5-10°C
23. Toshkent shahrida yillik amplituda .. . J: 28°C
24. Dengiz sathida 1 m3 havoning og'irligi qanchani tashkil etadi? J: 1 kg 330 g
25. Havo 1 sm2 yuzaga qancha kuch bilan bosadi? J: 1 kg ga teng bo'lgan kuch bilan
26. Havo bosimi deb nimaga aytiladi? J: Havoning Yer yuzasiga va undagi barcha narsalarga bo'lgan bosimi
27. Nima sababdan odam havo bosimini sezmaydi? J: Chunki havo bosimi odam tanasidagi ichki bosim bilan bir xil, ya'ni muvozanatlashgan
28. Tog'da necha m balandlikka ko'tarilsa, odamda nafas qisilishi, bosh aylanishi kabi holatlar kuzatiladi? J: 3000 m
29. 4000 - 5000 m balandlikda odamda qanday holatlar ku­zatiladi? J: Burun qonaydi, tomirlar yorilishi mumkin
30. Havo bosimini o'lchaydigan asbob qaysi? J: Barometr
31. Aneroid qanday asbob? J: Metall barometr
32. Simobli barometrdan qanday foydalaniladi? J: Simobli barometr asosan uzunligi 1 m va kengligi 1 sm bo'lgan shisha naychadan iborat. Naychaning bir uchi berkitilgan bo'ladi. Shisha naycha millimetrlarga bo'lingan. Shisha naychani simobga to'idirib, simob solingan idishga ochiq tomoni bilan botirib tik qo'yiladi
33. Meteorologik stansiyalarda barometrning qaysi turidan foydalanishadi? J: Simobli barometr
34. Normal atmosfera bosimi qanchaga teng? J: 760 mm si­mob ustuni
35. Har 100 m ga ko'tarilganda havo bosimi qanday o'zgaradi? J: 10 mm ga pasayadi. Har 1000 m da esa 100 mm ga pasayadi
36. Toshkentda havo harorati 0°C, simobli barometr 720 mm ni ko'rsatyapti. Toshkent shahrining dengiz sathidan balandligi qancha ekanligini toping. J: 400 m
37. Shamol-bu... J: Havoning gorizontal harakati
38. Shamol vujudga kelishining asosiy sababi nima? J: Yer yuzasining turli joylaridagi havo bosimidagi farqlar
39. Havo bosimidagi o'zgarishlarga nima sabab bo'ladi? J: Quyosh nuri quruqlik va suv yuzasini bir xil isitmaydi. Suv sekin isiydi va asta soviydi. Quruqlik esa tez isib, tez soviydi. Kunduz kuni quruqlik ustidagi havo isib kengayadi va bosim kamayadi, past bo'ladi. Ko'l va dengiz ustidagi havo esa salqin bo'ladi. Havo bosimi katta, yuqori bo'ladi. Natijada ko'l va dengiz usti­dagi havo quruqlikka tomon harakatlanadi, ya’ni shamol bo'ladi. Kechasi esa quruqlik soviganda havo bosimi ortib, shamol quruqlikdan dengiz tomonga esadi
40. Bir kecha-kunduzda o‘z yo'nalishi ikki marta o'zgartiradigan shamollar nima deyiladi? J: Briz shamoli
41. Musson shamollari qanday hosil bo'ladi? J: Katta quruqliklar - materiklar yozda atrofdagi dengizlarga qaraganda ko'proq isib ketadi, havo bosimi pasayadi. Dengizlarda esa havo bosimi yuqori bo'ladi. Natijada yoz bo'yi dengizlardan quruqlikka tomon shamol esadi. Qishda esa quruqlik sovib ketadi, bosim ortadi. Dengiz esa iliq bo'ladi. Dengiz ustidagi bosim pasayadi. Butun qish davomida shamol quruqlikdan dengizga esadi. Mana shunday bir yilda o'z yo'nalishini ikki marta o'zgartiradigan shamoilar musson (arabcha, mavsumiy) shamollari deyiladi
42. Musson shamollari qaysi hududlarda kuchli bo'ladi? J: Sharqiy va Janubiy Osiyoda
43. Yer yuzasida past va yuqori bosimli mintaqalarning hosil bo'lishiga sabab ... J: Yerning sharsimonligi va o'zo'qi atrofida aylanishi
44. Passat shamollari qanday hosil bo'ladi? J: 30° kengliklardan ekvatorga tomon doimiy shamollar esib turadi. Yer aylanganligi sababli bu shamollar ekvator yaqinida g‘arb tomonga burilib ketadi. Bu shamollar passat shamollaridir
45. O‘rta kengliklardan Shimoliy yarimsharda ham, Janubiy yarimsharda ham doim g'arb tomondan esadigan shamollar - bu... J: G‘arbiy shamollar
46. O‘zbekistonga yog‘inlarni qaysi shamol olib keladi? J: G'arbiy shamollar
47. Flyuger qanday asbob hisoblanadi? J: Shamolning yo'nalishini aniqlaydigan asbob
48. Shamolning kuchi nima yordamida aniqlanadi? J: Flyuger strelkasidan yuqoriroqda o‘rnatilgan metall plastinka yordamida
49. Shamolning tezligi qaysi asbob bilan o'lchanadi? J: Anemometr
50. «Havo massalari» atamasiga ta’rif bering. J: Troposferaning harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan tarq qiladigan katta qismlari
51. Havo massalari okeanlar va quruqlik ustida paydo bo'lishiga qarab qanday turlarga bo‘linadi? J: Dengiz va kontinental havo massalari
52. Havoning qancha suv bug'ini tutib turishi nimaga bog'liq? J: Havo haroratiga
53. Havo harorati +20°C bo'lganida 1 m3 havoda necha gramm suv bug‘i bo'ladi? J: 17 gramm
54. Havo harorati +10°C bo'lganida 1 m3 havo o'zida qancha miqdordagi suvni tutib tura oladi? J: 9 gramm
55. Havo harorati +30°C bo'lsa, 1 m3 havo tarkibida necha gramm suv bug'i bo'ladi? J: 30 gramm
56. Havo harorati 0°C bo'lgan paytda 1 m3 havo o'zida necha gramm suv bug'ini tutib tura oladi? J: 5 gramm
57. 1 m3 havoda mavjud bo'lgan va gramm hisobida o'lchanadigan suv bug'lari miqdoriga nima deyiladi? J: Mutlaq namlik
58. Agar havo o'zida mavjud bo'lgan suv bug'idan ortiqcha namni sig'dira olmasa, u... deyiladi. J: Namga to‘yingan havo
59. Namga to'yingan havoda havoning nisbiy namligi necha foiz bo'ladi? J: 100%
60. Meteorologik stansiyalarda havoning namligi qaysi asbob yordamida o'lchanadi? J: Maxsus gigrometr
61. Bulut qanday vujudga keladi? J: lliq havo sovisa, u nam­ga to'yinib, ortiqcha suv bug'lari juda mayda suv tomchilariga aylanadi. Bulutlar ham tumanga o'xshab hosil boʻladi. Havo yer yuzida isib yuqoriga ko'tariladi. Yuqorida issiq havo soviganida bugʻ mayda suv tomchilariga aylanadi, bulutlarni hosil qiladi. Agar yuqorida havo harorati 0°C dan past bo'lsa, bulut muz zarrachalaridan iborat bo'ladi
62. Bulutning necha xil turi bo'ladi? J: 3 xil: to'p-to'p, qat-qat va patsimon
63. Isigan havo yer yuzasidan tez ko'tarilayotgan bulutning qaysi turini hosil qiladi? J: To'p-to'p bulut
64. To'p-to'p bulut mamlakatimiz osmonida yilning qaysi fas- lida ko'p bo'ladi? J: Bahorda va yoz boshida
65. Qanday bulutlar ob-havo aynib kelayotganligini bildiradi? J: Patsimon bulutlar
66. Yog'inlar deb nimaga aytiladi? J: Havodan yer yuzasiaa suyuq yoki qattiq holatda tushadigan suvlar
67. Ba’zan iliq havo yuqoriga tez ko'tarilib, to'p-to‘p bulutlarni harorat 0°C dan past bo'lgan balandlikka olib chiqib ketadi. Bu balandlikda yomg'ir tomchilari muzlab nimaga avlanadi? J: Do‘lga
68. Havo harorati 0°C dan pasayib ketganida bulut suv tomchilaridan emas, juda mayda ninasimon muzlardan iborat bo'la­di. U'ar bir-bin bilan qo'shilib ... hosil qiladi. J: Qor uchqunlarini
69. Shudring nima? J: Namga to‘yingan havo tunda sovib о tlarga va yerdagi boshqa predmetlarga tushib qoladigan suv bug‘lari
70.... -havo soviganidayeryuzasi ustidagi namga to'yingan havodagi suv bug'laridan hosil bo'lgan juda mayda suv tomchilari. J: Tuman
71. Erta bahor, kech kuzda va qishda havo harorati 0°C dan pasayib ketishi natijasida tuproq, o'simlikva boshqa predmetlar ustini qopiaydigan juda mayda muzzarralari - bu... J: Qirov
72. Qor qalinligini o'lchaydigan asbob qanday ataladi? J: Reyka
73. Toshkent shahriga yil davomida necha mm yog'in yog'adi? J: 400 mm
74 Dunyodagi eng ko'p yog'in (14400 mm) qaysi hududga yog adi? J: AQShning Gavayi orollariga
75. Ob-havo nima? J: Troposferaning biror joydagi ayni paytdagi yoki ma’lum bir vaqtdagi holati
76. Yer yuzasida nechta issiqlik mintaqasi shakllangan? J: 5 ta - tropik, mo'tadil (2 ta) va qutbiy (2 ta)
77. Agar ob-havo bir necha kun oʻzgarmay tursa, uni qanday atash mumkin? J: Barqaror ob – havo
78. Ob – havoning biror joyga xos boʻlgan koʻp yillik rejimi nima deyiladi? J: Iqlim
79. Oʻzbekiston bilan bir xil geografik kenglikda joylashgan, ammo iqlimi dengiz iqlimi boʻlganligi uchun iliq va sernam ob – havo sharoiti tarkib topgan davlatlarni ayting. J: Ispaniya, Italiya, Gretsiya, Turkiya
80. Yer sharining ekvator atroflari Quyoshdan eng koʻp issiqlik oladi. Yil boʻyi havo past boʻli, qaysi kenglikdan ekvatorga qarab doimiy shamollar esadi? J: 30° kengliklardan.



Download 81,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish