5-sinf savollar kitobi «Geografiya»



Download 81,81 Kb.
bet1/12
Sana08.04.2023
Hajmi81,81 Kb.
#925742
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 класс





5-sinf savollar
KITOBI


1. «Geografiya» so'zining ma’nosi nima? J: Yunoncha, «geo» Yer, «grafo» - yozaman, ya’ni «Yerning tasviri»
2. Geografiya faniga kim va qachon asos solgan? J- Mil aw III asrda yunon olimi Eratosfen
3. «Geografiya» atamasini kim fanga kiritgan? J: Eratosfen
4. Geografiya fani nimani o'rganadi? J: Yer yuzasi tabiati aholisi va uning xo‘jaligini
5. Geografiya fanining qanday asosiy yo'nalishlari mavjud? J: Tabny geografiya va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya
6. Geografiya fanini o'rganuvchi kishilar qanday ataladi’ J: Geograflar
7. Yer haqidagi bilimlarning ko'payishiga yordam bergan omillar qaysilar? J: Savdo aloqalarining o‘sishi, harbiy yurishiar uzoq olkalarga sayohatlar
8. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra, qadimgi kishilar bundan necha yil ilgari Yerning shaklini chizmada tasvirlashga harakat qilishgan? J: 7 ming yil ilgari
9. Dengiz boʻyida yashaydigan odamlar Yerni qandayn tasavvur qilishgan? J: Yerni nahang baliqlar ko‘tarib turadi
10. Yer yuzasining qaysi qismida yashaydigan odamlar Yerni toshbaqalar ko‘tarib yuradi deb faraz qilishgan? J: Cho‘lda yashaydigan kishilar
11. Yerni sharsimon, yumaloq bo‘lsa kerak, degan dastlabki tasavvurning yuzaga kelganiga qancha vaqt bo‘ldi? J: 2400 yildan ko‘proq
12. Qadimgi kishilar Yerni sharsimon, yumaloq bo‘lsa kerak degan xulosaga kelishlariga nima sabab boʻlgan? J: Kema qirg‘oqdan uzoqlashib ketayotganida ufqdan pastga tushishi, kelayotganda esa ufq ortidan ko‘tarilib chiqishi, Oy tutilganda Yerning Oyga tushgan soyasining doira shaklda ko‘rinishi
13. Kim dunyoda birinchi boʻlib Yerning kattaligini aniq hisoblagan? J: Miloddan avvalgi III asrda qadimgi yunon olimi Eratosfen
14. Eratosfen tuzgan dunyo xaritasida qaysi hududlar tasvirlangan. J: Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoning g‘arbiy qismlari
15. Qadimgi yunon olimi Ptolemeyning dunyo xaritasi qachon tuzilgan? J: Milodiy II asrda
16. Ptolemey va Eratosfen xaritalarining asosiy farqi nimada? J: Daraja toʻrining ishlatilganligi (Ptolemey xaritasida)
17. Ptolemey tuzgan xaritasida qaysi hududlar tasvirlangan edi? J: Yevropa va Osiyoning katta qismi hamda Afrikaning shimoli
18. Buyuk ajdodlarimizdan kimlar geografiya fanining rivojiga ulkan hissa qoʻshib, dunyo xaritalarinii tuzishgan? J: Muhammad al-Xorazmiy (783—850-yy), Abu Rayhon Beruniy (973—1048), Mahmud Koshg‘ariy (XI asr)
19. Muhammad al-Xorazmiyning geografiya ilmiga bag'ishlangan asari qanday nomlanadi? J: «Surat al-Arz», ya’ni «Yer­ning tasviri» asari
20. Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'atit turk» asarida nimalar tasvirlangan? J: Ko‘p geografik joy va terminlarga izoh yozilgan, dunyo xaritasi ishlangan
21. Zahiriddin Muhammad Boburning tarix, geografiya, adabiyot, tilshunoslik va etnografiya fanlari uchun birday manba bola oladigan mashhur «Boburnoma» asarida qaysi hududlar tabiati haqida muhim ma’lumotlar yozib qoldirilgan? J: Farg'ona vodiysi, Afg‘oniston va Hindiston
22. Eratosfen xaritasida qaysi orollar tasvirlangan? J: Kerne, Tule, Albion, Patrabon
23. Eratosfen xaritasida qaysi dengiz (okean)lar aks etgan? J: Efiopiya okeani, Eritreya dengizi
24. Ptolemey xaritasida qaysi dengiz (okean)lar tasvirlangan? J: G'arbiy okean, Hindiston dengizi
25. Eratosfen tuzgan dunyo xaritasida tasvirlangan qaysi oral o‘rnida hozirgi kunda Shri-Lanka oroli mavjud? J: Pat­rabon oroli
26. Eratosfen xaritasida qaysi daryolar aks etgan? J: Hind, Ganga, Yaksart, Dajla, Nil, Istr
27. Kimning xaritasida Nil va Ra daryolari tasvirlangan? J: Pto­lemey xaritasida
28. Ptolemey tuzgan xaritada daraja to‘ri necha gradusgacha tasvirlangan? J: 60° sh.k.dan 20° j.k.gacba to‘liq sharqiy yarimshar
29. Muhammad al-Xorazmiyning O'rta Osiyo va unga yondosh yerlar xaritasida Xorazm dengiziga yaqin tasvirlangan shaharni toping. J: Astrobod
30. Kimning xaritasida Bontus va Varang daryoiari tasvirlan­gan? J: Abu Rayhon Beruniy xaritasida
31. Nosir Xisrav (XI) sayohati aks etgan xaritada qaysi dengizlar tasvirlangan? J: Rum dengizi, Qulzum dengizi, Fors ko‘li
32. O‘rta osiyolik sayyoh Nosir Xisrav nechanchi yillarda yashagan? J: 1004 - 1088-yillarda
33. Nosir Xisrav sayohatlari necha yil davom etgan? J: 7 yil davom etgan 2 ta sayohatida 15 ming km dan ortiq yo‘lni bosib oʻtgan
34. Nosir Xisrav qaysi hududlarga sayohat qilgan? J: Janu- bi-G‘arbiy Osiyo va Shimoli-Sharqiy Afrikaga
35. Xristofor Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiya qachon Amerika qirg'oqlariga yetib borgan? J: 1492-yil 12-oktyabrda
36. Portugallar qachon Afrikani aylanib Hindistonga borishdi? J: 1498-yili
37. Dunyo bo'ylab 1-sayohatni amalga oshirgan sayyoh kirn? J: Fernan Magellan
38. Fernan Magellan qaysi yillar davomida dunyoni g'arbdan sharqqa aylanib chiqqan? J: 1519 - 1522-yillar
39. F.Magellan sayohatlari natijasida nimalar aniqlandi? J: Yerning sharsimonligi isbotlandi, Yer yuzasining katta qismini suv qoplab yotishi aniqlandi
40. Antarktida qachon va kimlar tomonidan kashf etilgan? J: 1820-yil yanvarda rus dengizchilari tomonidan
41. Hozirgi vaqtda geograflar o'zlarining tadqiqotlarida nimalardan foydalanishmoqda? J: Hisoblash texnikasi, kompyuterlar, kosmik suratlardan
42. Endilikda Yer yuzasidagi har bir nuqtaning aniq koordinatalari qanday asboblar yordamida aniqlanmoqda? J: Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida
43. F.Magellan qaysi orolda vafot etgan? J: 1522-yili Filippin orollarida



Download 81,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish