Yangi mavzu bayoni:
Topishmoqlarga bag'ishlangan dars bir soatga mo'ljallangan. Darvoqe, ushbu mavzu o'quvchi uchun ham, o'qituvchi uchun ham notanish narsa emas. Bola esini taniganidan buyon topishmoq uning dil-u joni, jumboq yechish sevgan mashg'ulotlaridan biri. Beshinchi sinfgacha o'quvchilar darslarda, sinfdan tashqari mashg'ulotlarda turli mavzudagi va turli murakkablikdagi topish- moqlarni yechishgan, zavqlanishgan. Hurmatli hamkasaba, bu sinfda bolalarga topishmoqlarni o'tishingizdan maqsad - xalq og'zaki ijodining ushbu turi, uning janr xususiyatlari, mavzu doirasi haqida nazariy ma'lumot berish, adabiy, tarbiyaviy mohiyatini tushuntirishdan iborat. Topishmoqlar mavzusiga bag'ishlangan darsni qay yo'sinda (savol-javob, ma'ruza, amaliy mash- g'ulot tarzida kabi) olib borish o'zingizga havola. Agar yangi darsni ma'ruza shaklida o'tishga qaror qilsangiz, topishmoq haqida quyidagi ma'lumotlardan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Topishmoq xalq og'zaki ijodining avloddan avlodga o'tib kelayotgan mustaqil janri hisoblanadi. Topishmoq odamlarga tabiat hodisalarini taqqoslash, o'xshatish orqali ularni tus.hu- nib olishga yordam bergan. Topishmoqni insoniyat tarixidagi dastlabki tafakkur mushohada vositasi deyish mumkin. Keyin- chalik xalq og'zaki ijodining ushbu janri ham ko'ngil ochish, ham mantiqiy fikrlash vositasi sifatida yildan yilga sayqallanib kelgan.
Topishmoqlar xalq og'zaki ijodining boshqa janrlari, jumladan, doston va ertaklar ichida ham uchraydi. Ular doston va ertaklar mazmunini boyitib, ularning qiziqarliligini, o'qimishliligini ta'minlaydi. Agar esingizda bo'lsa, doston yoki ertak qahramonlari bir-birlarining aqli va ziyrakligini topishmoqlar orqali sinaydilar. Bu hodisa ko'proq ertaklarda uchraydi. Topishmoq qatnashadigan ertaklar ikki xilda bo'ladi: Birinchisi, topishmoqli ertak bo'lib, bunda topishmoq ertak ichida keladi. Ikkinchisi, ertak-topishmoq hisoblanib, undagi asar voqealari topishmoq asosida qurilgan bo'ladi.
Topishmoqlar mavzu jihatdan rang-barang bo'lib, ular olam va odam haqidagi barcha narsa va hodisalarni qamrab oladi. Masalan, tabiat hodisalari, yil fasli va mavsumlari, hayvonot dunyosi, odam, uning a'zolari va xislatlari, mehnat va o'quv qurollari, cholg'u asboblari, turar joy, uy-xo'jalik asboblari, qurol-yarog'lar haqida bo'lishi mumkin. Bundan tashqari topishmoqlar o'zining yaratilishi davriga ko'ra an'anaviy topishmoqlar va yangi, za- monaviy topishmoqlar sifatida farqlanadi.
Topishmoqlaming mumtoz adabiyotimizdagi yana bir ko'rinishi — chiston majoziy ma'noda bo'lib, she'riy (fard, bayt, ruboiy, qit'a, g'azal) shaklida yaratiladi. Chiston odatda ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega.
O'qituvchi topishmoq haqidagi suhbatining so'ngida xalq og'zaki ijodining boshqa janrlari, xususan, maqol va topishmoqlaming mushtarak, farqli jihatlari haqida tushuntirish berishi ham maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |