2.O’tilgan mavzuni takrorlash. ( 5 daqiqa)
1.Sa’diy Sheroziyning asl ismi kim?
2. Adib qayerda tug’ilgan?
3. Qaysi asrlari bilan butun dunyoga mashxur bo’lgan?
4. Qaysi chet el adiblari uning she’rlariga murojaat qilgan?
5. Sheroziy qayerlarga sayohat qilgan?
3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)
Erkin Vohidov 1936-yili Farg`ona viloyati Oltiariq tumanida o`qituvchi oilasida tug`ilgan.
Uning otasi Oltiariqning o`qimishli,obro`li odamlaridan bo`lib,dilkash,so`zga chechan kishi bo`lgan. Erkin Vohidovning otasi Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida frontga ketib,bosh miyasida oskolka jarohati va o`pka shamollashi kasali bilan qaytib keladi,1945-yilda o`ttiz uch yoshida Toshkentda Olmazordagi kasalxonada vafot etadi.
Bir yildan so`ng bo`lajak shoirning onasi ham dunyodan o`tadi.Ikki qisqa umrning yolg`iz yodgori Erkin tog`asi qo`lida qoladi. Shoir o`z yoshligi haqida eslab shunday degan edi:”Otam frontda ekanida onam qishloq sovetida sekretar vazifasida ishlar,qiyinchilik bilan kun kechirar edik.Jo`xori poyasini shimib tilimni qonatganim,bolalarga qo`shilib kunjara yeganim uchun onam yuzimga shapaloq urgani va o`zi kechgacha yig`laganini unutmayman.O`ylab qarasam,bolalik xotiralarimning ko`pchiligi she`rlarga,dostonlarga ko`chgan ekan.”
Bo`lajak shoir o`rta maktab ta`limini Toshkentdagi 22-maktabda oldi.
Maktabni oltin medal bilan bitirgan Erkin Vohidov Toshkent Davlat universitetining o`zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi.So`ng turli nashriyot va gazeta jurnallarda ishladi. Keyingi yillarda O`zbekiston Oliy majlisining bo`lim mudiri vazifasida ishladi. Erkin Vohidov O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan “O`zbekiston xalq shoiri”va”O`zbekiston Qahramoni”kabi unvonlarga sazovor bo`lgan.
O`zbek xalqining sevimli shoiri Erkin Vohidov 2016-yil 30-may kuni 80 yoshida hayotdan ko`z yumdi.O`zbek xalqi uchun bu katta judolik bo`ldi.
Uning «Vatan istagi», «Devona haqgo‘y», «Iztirob» kabi she'rlari bu jihatdan alohida ahamiyatli. Shoir «Vatan istagi» she'rida sobiq SSSR mavjudligidayoq:
Bu vatandan bir Vatan qurmoqni istaydir ko‘ngil,
O‘zni ozod qush kabi ko‘rmoqni istaydir ko‘ngil, -
deya bo‘lg‘usi mustaqil Vatan - O‘zbekistonni ko‘rishni istadi.
Shoirning «Buyuk hayot tongi» (1960), «Orzu chashmasi» (1964), «Nido» (1964), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Quyosh maskani» (1972), «Ruhlar isyoni» (1980), «Ko‘hinur» (1982) kabi liro-epik asarlari, qolaversa, «Oltin devor» va «Istambul fojiasi» kabi she'riy dramalari katta ijodiy mehnatining samaralaridir. Shuningdek, U Gyotening “Faust” asarini, Sergey Yeseninning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, alohida kitob holida nashr ettirgan, Shiller, Iqbol, Ulfat, Rasul Hamzatov, Lesya Ukrainka, Aleksandr Blok va boshqa turli xalqlar shoirlari asarlarini ham o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Uning «Kelajakka maktub» (1983), «Yaxshidir achchiq haqiqat» (1992) to‘plamlariga kirgan she'rlarida buyuk, pokiza, haqgo‘y va bedor insonni kamol toptirish g‘oyasi yetakchilik qiladi. Xuddi shu o‘rinda faylasuf shoirning kelajak haqidagi bashorati o‘zining yorqin ifodasini topgan satrlarini chetlab o‘tolmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |