Adabiyot nazariyasi



Download 21,47 Kb.
Sana03.07.2021
Hajmi21,47 Kb.
#108715
Bog'liq
403. Baxtiyorova Husnora mz


Baxtiyorova Husnora Muzaffar qizi
O‘TA-403

ADABIYOT NAZARIYASI

LIRIK DOSTONGA XOS XUSUSIYATLAR.
MIRTEMIR VA ZULFIYA DOSTONLARI MISOLIDA.

Doston, asosan, uch turga bo‘linadi:



  • lirik doston;

  • epik doston;

  • dramatik doston;

Bulardan tashqari lirik va epik xususiyatlarning birikuvidan tashkil topgan liro-epik doston turi ham mavjud.

Lirik doston boshqalariga qaraganda, hajm jihatidan kichikroq bo‘ladi. Voqea, qahramon xarakteri, asosan, lirik yo‘sinda ochiladi. Lirik qahramon sifatida ko‘pincha shoirning o‘zi ishtirok etadi. Muallif «men» ostida o‘zga personaj nomidan gapirishi ham, o‘zga qahramonni tasvirlashi ham mumkin. Lirik poeziyada voqea, hayot, xarakter, ko‘pincha, lirik qahramonning ichki dunyosi, ruhiyati, voqeadan hissiy ta’sirlanishi yoki voqelikka munosabati orqali yoritiladi. Lirik dostonga Mirtemirning “Surat”, Abdulla Oripovning “Yuzma-yuz” dostonlari misol bo‘la oladi.

Mirtemir she'riyatga butun hayotini baxshida etgan samimiy ijodkor edi. Shuning uchun ham rost so‘z, chin tuyg’u qatag’on qilingan zamonda ham ko‘ngli buyurganini she'rga solishning uddasidan chiqdi. U milliy she'riyatini dala-dashtning tarovati, chorvador va dehqon o‘zbekning serjilo tili bilan boyitdi. Shoirning she'riyati so‘zlarning musiqiyligi, ifodaning jimjimasiga emas, balki tuyg’uning samimiyatiyu tasvirning tabiiyligiga asoslandi.Lirik qissa o‘zbek adabiyotida ilk bor yangi bir janr sifatida Mirtemir tomonidan yaratilgan.Uning «Qoraqalpoq daftari» she’riy turkumidan «Surat» dostoni ham o‘rin olgan bo‘lib,lirik qissaning o‘zbek she’riyatidagi dastlabki ko‘rinishidir.

«Surat» lirik qissasida Mirtemir inson ruhiyatini butun murakkabligi bilan tasvirlab bera olgan.Qissa bir syujet chizig’i asosida qurilgan emas,balki bir nechta alohida-alohida lirik lavhalardan tashkil topgan.

"Surat" og‘ir hayot yo‘lini bosib o‘tgan, o‘limlardan xatlab o‘tgan ,urush olovlarida qovrilgan,bu og‘ir sinovlarning hammasidan chiniqib ,ma‘naviy dunyosi boy bo‘lib chiqqan insonning madhiyasidek tuyuladi. Mirtemir lirik qahramon biografiyasini tasvirlamaydi,balkim ayrim belgilar bilan uni eslatib qo‘yadi

Toshlon frontdan qaytadi. Ammo xotini dunyoda hammadan ortiq sevgan insoni unga xiyonat qilgan, boshqa kishiga turmushga chiqib ketgan bo‘ladi. Asar mana shu xiyonat tasviri bilan boshlanadi. Mirtemir Oysuluvning qanday qilib xiyonat yo‘liga kirganini tasvirlamagan. Lekin biz Toshlonning kechinmalarini ham, Oysuluvning ma‘naviy qiyofasini ham bilib olamiz. Bu kechinmalar juda ta‘sirli. Shoir bir vaqtning o‘zida, bir odamga nisbatan ham sevgi, ham nafrat tug‘ilganini ,bu ziddiyatli tuyg‘ular kurashini tasvirlaydi. Bu kurash g‘oyatda hayotiy ishonarli ko‘rsatilgan. Toshlon bu ko‘rguliklardan sinmadi,tushkunlikka tushmadi. Toshlon e‘tiqodining butunligi,irodasining mustahkamligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan obrazdir:



Tushlarimda duch kelganda ham

Sho‘xligingni aslo qo‘ymaysan.

Dam qah-qahu, dam ko‘zingda nam,

Bu kulfatdan nechun to‘ymaysan!

Ham nafratim, ham ayanchim bor,

Yurak — ikki dardga mubtalo.

G’amzalar… oh bekor-ku, bekor…

Qayta og’ir bo‘ldi bu balo!

(Ko‘rmay desam, ko‘zim ko‘r emas,

Yurmay desam, oyog’im butun.

Ammo yurak ortiq jo‘r emas,

Xayollarda bo‘laman tutun.

Tug’ilmagan bo‘lsaydim, koshki,

Bo‘lur eding baxtli, ehtimol.

Ering bilan, mayli, yarashki,

Ering axir… Uvol-ku, uvol!

Ushbu asarda xiyonatga duch kelgan inson nolasi tasvirlangan. Toshlon Oysuluvning shu rasmini 4 yil asramadimi? Jang- jadallardan shu surat ilinjida omon chiqmadimi? Ming afsuslar bo‘lsinkim,u sig‘ingan farishta qiyofasidagi malak uning yuziga oyoq bosdi, orzulari osmonini qora quyunlarga bostirdi, ko‘ngil uyini vayronaga aylantirdi. Va eng achinarlisi, Oysuluv xiyonat ko‘chasiga qadam qo‘ydi. Yuqoridagi misralarda Toshlonning iztiroblari, kechinmalari yorqin bo‘yoqlarda gavdalantirilgan. Axir, u ham erkak kishi. Unda g‘urur, or- nomus bor. Lekin o‘sha or- nomus poymol bo‘ldi.
Download 21,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish