5.Baholash.(3 daqiqa)
6. Uyga vazifa.(2 daqiqa) Qissani to’liq o’qing.
O’TIBDO’: M.Murodova.
5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 23.02.2018
Mavzu: “Kichkina shahzoda ” qissasi timsollari tahlili.
Darsning maqsadi:
- Antuan de Sent – “Kichkina shahzoda” asarini o’rganish;
- o`quvchilarni ezgulik, mehr-shafqat ruhida tarbiyalash;
- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.
Dars turi: mustahkamlovchi
Darsning jihozi: darslik
Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi.
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)
Bu asarning uchuvchidan boshqa dayarli barcha qahramonlari (ular esa goh inson,goh hayvon,gox o’simlik shaklida ishtirok etadilar) ramziy xarakterga ega.Abadiy asarlarda hayotning o’zgarmas qonuniga xos bo’lgan azaliy sifatlarni o’zida umumlashtiradigan ramziy obrazlar yaratish an’anasi mavjuddir.Endi ana shu nuqtai nazardan “Kichkina shahzoda” asariga qayta nazar tashlaylik.Axir o’ylab ko’ring:bitta sayyorada birgina Kichkina shahzoda,birgina shuhratparast yoki piyonistagina yashashi mumkinmi?Demak,yozuvchi alohida nom qo’ymay,325,326,327 va boshqa raqamlar bilan belgilagan bu asteroidlar aslida odamlarga xos bo’lgan fazilat va nuqsonlar ekan-da! Mana,piyonista yashaydigan sayyorada (demak,shu xavfli kasallikka mubtalo bo’lgan insonlar qalbida!) kechgan suhbatga quloq tuting:
-Nima qilyapsan?-deb so’radi Kichkina shahzoda.
-Ichyapman,-dedi piyonista xo’mrayib.
-Nega?
-Unutmoqchiman.
-Nimani?-deb so’radi Kichkina shahzoda piyonistaga rahmi kelib.
-Shu ishimning uyatligini,-dedi piyonista tan olib va boshini quyi soldi.
-Qaysi ishing?-deb so’radi Kichkina shahzoda,boyaqishga yordam berishni jon-dilidan istab.
-Ichishim uyat?-dedi piyonista va qaytib og’iz ochmadi.
Anchadan so’ng Kichkina shahzoda lol-u hayron bo’lib,tag’in yo’lga tushdi.
“Ha shubhasiz,kattalar juda-juda g’alati xalq”,deb xayolidan kechirdi yo’lida davom etarkan.
Kichkina shahzoda xuddi shu tarzda qirol,shuhratparast,korchalon (byurokrat),hech kimga nafi tegmaydigan kitoblar yozib o’zini ovutadigan chol va boshqalar bilan suhbat quradi.
Bu insoniy ojizlik uning yuragini g’ash torttiradi.
Xo’sh,unda Kichkina shahzoda qiyofasida asarda qanday kuch namoyon bo’ldi,deb so’rarsiz?
Biz uni EZGULIK deb nomladik!Negaki,ezgulikka yovuz baobabning g’ovlab ketishiga –olamni yomonlik egallab olishiga qarshi har kuni kurashga chiqadi.Qalbida ezgulik yashaydigan insongina o’zi suygan feruza guli –sevgi-muhabbatini hiboya qila oladi…Ezgulikning “Ko’zi ochiq” bo’ladi!
4.Mustahkamlash. (10 daqiqa)
1.Uchuvchu Kichkina shahzoda bilan qanday tanishdi?
2.Qissada Kichkina shahzoda tilidan aytilgan “ko’ngil ko’zi” degan iborani izohlang.
3.Uchuvci nega Kichkina shahzoda bilan ajrashganiga o’kinadi?
4. Kichkina shahzoda bilan ilon o’ratsidagi suhbatni izohlashga harakat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |