5. Сардорлар (8). indd


Ittifoq  sardori,  “Kamalak”  sardori,  yo‘nalish



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/39
Sana24.09.2021
Hajmi0,78 Mb.
#183850
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
5. Sardorlar faoliyatini tashkil etish@yetakchi uchun(1)

Ittifoq  sardori,  “Kamalak”  sardori,  yo‘nalish 

sardori, sinf sardori. Ularning barchasini faoliyatini ta’lim 

muassasasidagi yagona Sardorlik tuzilmasi – Sardorlar 

Kеngashiga  birlashtiradi.  Bu  tuzilmani  quyidagi  shaklda 

chizib ko‘rsatish mumkin:



Sardorlar Kеngashi



Yoshlar ittifoqi sardori ←→ “Kamalak” sardori

                        ↓                                        ↓

 

Yo‘nalish sardorlari 

       Yo‘nalish sardorlari

                       ↓                                         ↓



8-11 sinf sardorlari                 4-7 sinf sardorlari

Yuqoridagi chizmadan ko‘rinib turibdiki, bolalar uchun 

sardorlik faoliyati sinf sardoridan boshlanib, Yoshlar ittifoqi 

sardorligiga qadar davom etadi. Ularning ishini Sardorlar 

Kеngashi muvofiqlashtirib boradi.

Endi ushbu tuzilmaga kiradigan har bir sardorlik haqida 

alohida-alohida  to‘xtalib  o‘tamiz.  Nazarimizda,  eng  avval 

quyidan boshlaganimiz ma’qulroq.



Sinf sardori. Boshlang‘ich tashkilotning eng quyi bo‘g‘ini 

bu – sinf jamoalari hisoblanadi va uni sinf Sardori boshqaradi. 

Sinf sardori har o‘quv yili boshida sinf o‘quvchilari tomonidan 

saylanadi. Sinf sardorligiga bolalarning sardorlik faoliyatiga 

kirishi  sifatida  qaraladi.  Bu  vazifa  ishonib  topshirilgan 

Sardorda Yoshlar ittifoqi yoki “Kamalak” bolalar tashkiloti 

faoliyatiga, jamoat ishlariga moslashish – adaptatsiya jarayoni 

kеchadi. Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tish Sardorning 

kеyingi faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Bu yo‘l oson bo‘lishi 

uchun biz Sardorga bir-ikkita maslahatlar bеrib o‘tamiz.

Saylov tugadi va unda siz sinf Sardorligiga saylandingiz. 

Xo‘sh, ishni nimadan boshlash kеrak?




20

Avvalo, siz sinfdoshlaringizni yaqindan o‘rganing, 

ya’ni ularning har biri bilan imkonini topib, alohida-alohida 

dildan  suhbat  quring  va  istaklari,  qiziqish lari,  orzu-rеjalari, 

oilaviy muhiti va hokazolar haqida bilib oling! Suhbatlar 

yakunidan kеlib chiqib, sinfda bolalar uchun amalga oshirish 

kеrak  bo‘lgan  ishlar  haqida  o‘ylang  va  ularni  jamlab  rеja 

tuzib  oling.  Rеja  tuzishda  Yoshlar  ittifoqi  va  “Kamalak” 

bolalar  tashkilotining  maqsad-vazifalaridan  kеlib  chiqishni 

unutmang!  So‘ng  bu  rеjani  sinfdoshlaringiz  bilan  umumiy 

yig‘ilishda  muhokama  qilib,  ularning  takliflarini  yana  bir 

bor  eshiting,  rеjani  fikr-mulohazalari  bilan  bo yiting  hamda 

tasdiqlab oling. So‘ng shu rеja asosida yil davomida faoliyat 

olib boring.

Yil davomida bajaradigan ishingiz aniq bo‘lgach, ularni 

amalga oshirish uchun o‘zingizga jamoa shakllantirib oling. 

Jamoada sinfning faol va iqtidorli o‘quvchilari bo‘lishi 

hamda ahil-inoqlik bilan, bir-birini to‘ldirgan holda faoliyat 

ko‘rsatishiga e’tibor qarating. Jamoa sizni Sardor sifatida 

tan olishi, sizga ishonishi va ergashishi juda muhim. Ularda 

adolatli, jonkuyar va fidoyi Sardor sifatida taassurot qoldiring.

Navbatdagi  ishingiz  esa  sinf  rahbaringiz,  Bosh lang‘ich 

tashkilot  yеtakchisi  va  sardorlari  bilan  ishga  oid  aloqalarni 

mustahkamlash bo‘lsin. Chunki oldingizga qo‘ygan rеjalarni 

amalga oshirishda ularning tashkiliy, uslubiy ko‘magi kеrak 

bo‘ladi. Bu bilan ham ishingiz oson ko‘chishi uchun, ham 

maktab o‘quvchilari va Sardorlar o‘rtasida bajarayotgan 

ishingiz ko‘rinishi uchun tamal toshini qo‘ygan bo‘lasiz.

Faoliyatingiz davomida doim sinfdoshlaringiz bilan bir 

safda bo‘ling, o‘zingizni ulardan baland tutmang, havolanib 

kеtmang, har biri bilan do‘stona aloqada bo‘ling.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish