55. Диккатнинг хажми.Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to’plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo’naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xattiharakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqgaga to’plab, muayyan bir ob’yektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning ob’yekti bo’la oladi. Diqqatning fiziologik asoslari: Diqqatning nerv-fiziologik asosida oriyentirovka yoki tekshirish deb aytiladigan maxsus reflekslar yotadi. Oriyentirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po’stida kuchli qo’zg’olish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta’siridan hosil bo’lgan qo’zg’olishlarga nisbatan, oriyentirovka yoki tekshirish refleksini hosil qilgan narsaning ta’siridan yuz bergan qo’zg’olish kuchli bo’ladi. Diqqat ma’lum nerv markazlarining qo’zg’alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog’liqdir. Bu esa sub’yekt ahamiyatli bo’lgan qo’zg’atuvchilarni ajratishni, ya’ni psixik faoliyatning yo’naltirilishini ta’minlaydi. Bunday yo’naltirilishning sodda misoli sifatida oriyentatsiya refleksini ko’rsatish mumkin. Xar qanday yangidan yuzaga kelgan qo’zg’atuvchi, agar u yetarli darajada intensiv(kuchlanishga ega) bo’lsa, tegishli qo’zg’alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks, I.P.Pavlov aytganidek «nima u» degan refleks bilan ifodalanadi, bu esa sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir Diqqatning ko’lami. Odamlar o’z diqqatlarining ko’lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko’lami keng bo’lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko’lami torroq bo’ladi. Diqqatning ko’lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig’ishi mumkin bo’lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini ongimizga sig’dira olishimiz diqqatning ko’lamini tashkil etadi. Diqqatning ko’lami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan belgilanadi. Diqqat ko’lamining keng bo’lishi odamning turmush tajribasi va mashq bilan bog’liqdir. Diqqat hajmi – sub’ektning etarlicha aniqlik bilan bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni. Diqqat ob’ektining muhim va belgilovchi xususiyatlaridan biri, uning o‘qitishda va mashq bajarishda umuman o‘zgarmasligidir. Diqqat hajmini tadqiq etish, odatda, individ tomonidan aniqlik bilan idrok etiluvchi, bir vaqtning o‘zida taqdim etiladigan unsurlar (raqamlar, harflar, jismlar va h.k.) sonini tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu maqsadlarda taxistoskopdan foydalaniladi – ma’lum sondagi seskantiruvchilarni shunchalik tez, tadqiq qilinuvchi ko‘zlarini bir ob’ektdan boshqasiga olib ulgurmasidan oldin taqdim etishga imkon beradigan asbob, diqqat hajmi – individual tarzda o‘zgaradigan kattalik, lekin, odatda, odamlarda uning ko‘rsatkichi 5 ± 2ga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |