5. Moliyaviy obliatsiya nima?


Ochliq, tuyib ovqatlanmaslik insoniyatga qanday ta’sir kursatadi?



Download 99,01 Kb.
bet23/24
Sana06.07.2022
Hajmi99,01 Kb.
#744294
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
69. Ochliq, tuyib ovqatlanmaslik insoniyatga qanday ta’sir kursatadi?
Boshida o`z fikringizni yozing!!!!
Dunyoda to‘yib ovqatlanmaslikdan azob chekayotgan insonlar soni 815 millionga yetdi. Bu haqda BMTning "Dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish ishlarining holati to‘g‘risida"gi hisobotida qayd etilgan. Ocharchilik so‘nggi 10 yil davomida kamayib borgan edi. Lekin bugungi kunda turli harbiy to‘qnashuvlar va iqlim o‘zgarishi tufayli ocharchilik holatlari ortib bormoqda. Hisobotga ko‘ra, bolalar orasida to‘yib ovqatlanmaslik holatlari kamaygan. Dunyo miqyosida 2005 yilda rivojlanish bo‘yicha ortda qolayotgan bolalar soni 29 foizdan 22,9 foizga kamaygan.
2016 yilda dunyoda har to‘rtinchi bola rivojlanishda ortda qolayotgan edi — bular 155 million nafar bolalardir. Afrikada, Janubiy Osiyo va Okeaniya (Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari) har uchinchi bola rivojlanishdan ortda qolmoqda. 52 million bola yoki 8 foiz bolalarga keskin darajadagi oriqlab ketish tahdid solmoqda.
Shu bilan bir vaqtda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar ortiqcha vazndan azob chekmoqda. 2016 yilda 41 million (6 foiz) nafar shunday bolalar qayd etilgan. 2005 yilda bu ko‘rsatkich atigi 5 foiz bo‘lgan.
2014 yilda semirishdan 600 million kishi azob chekkan. Bu ko‘rsatkich qit’alar bo‘yicha farq qiladi: Shimoliy Amerika, Yevropa va Okeaniyada katta yoshdagi aholining 28 foizi ortiqcha vazndan qiynalib kelmoqda. Osiyoda esa bu ko‘rsatkich atigi 7 foizni, Afrikada 11 foizni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, anemiya kasalligi tarqalishi hamda erkak va ayollardagi semirish holatlari ham BMT mutaxassislarini tashvishga solmoqda. BMT hisobotida qayd etilishicha, harbiy to‘qnashuvlar va iqlim o‘zgarishlaridan ko‘ra, odamlarning ovqatlanish tartibi, ko‘proq o‘tirgan holda hayot kechirish va iqtisodiy ahvolning yomonlashuvi ko‘proq salbiy ta’sir qilishi e’tirof etilgan.


70. Iqtisodiy xavfsizlik qanday kursatkichlar orqali tavsiflanadi?
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi holati mezon va ko’rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makro va mikro darajada iqtisodiy xavfsizlikka bo’ladigan tahdidlarni tahlil qilish va bashoratlashda iqtisodiy xavfsizlikning mingdan ziyod ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Lekin shularning ichida 19 ta indikatordan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaniladi. Bu indikatorlar iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorlarida va ijtimoiy sohada iqtisodiy xavfsizlikning muhim jihatlarini ifodalaydi. 19 ta indikatorning xususiyatlaridan biri ular orasidagi o’zaro bog’liqlikdir.
Iqtisodiy xavfsizlikning mezoni – iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini ifodalovchi muhim jarayonlar nuqtai nazaridan iqtisodiy holatni baholash hisoblanadi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash;
– resurs, kapital, mehnatdan samarali foydalanish darajasini etakchi mamlakatlar darajasiga va shuningdek, ichki va tashqi xarakterga ega bo’lgan tahdidlar minimumni tashkil etgandagi darajasiga muvofiqligini baholash;
– iqtisodiyotning raqobatbardoshligini baholash;
– hududiy sarhadlarni va iqtisodiy makonni yaxlitligini baholash;
– suverenitet va mustaqillikni, tashqi tahdidlarga qarshi turish imkoniyatlarini baholash;
– ijtimoiy barqarorlikni va ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olish va hal etish imkoniyatlarini baholash.

Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegarasiga oid indikatorlar 50 ko’rsatkichni o’z ichiga olgan bo’lib, ular to’rt guruhga ajratilib turkumlangan:


– iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
– moliyaviy tizim barqarorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
– ijtimoiy soha ko’rsatkichlari;
– tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko’rsatkichlari

Birinchi guruh ko’rsatkichlariga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab chiqarishi hajmi va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun harajatlar ulushi kabi ko’rsatkichlar kiradi.


Ikkinchi guruh ko’rsatkichlariga esa davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi, pul muomalasi, o’zaro hisob-kitob va boshqamoliyaviy ko’rsatkichlar kiradi.
Uchinchi guruh aholi daromadlari darajasi, aholining mulkiy jihatdan tabaqalanishi, ishsizlik kabilarni o’z ichiga oladi.
To’rtinchi guruh ko’rsatkichlariga esa mamlakat ichki iste’molida importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi kabi indikatorlar kiradi

11. Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasi qanday bulishi kerak?
12. Moliyaviy muassasalarning iqtisodiy manfaatlari va ularning namoyon bulish shakllari nimalardan iborat?
13. Iqtisodiy xavfsizlikning ob’ektlari va sub’ektlari nimalarda namoyon buladi?
14. O'zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun nima qilish kerak?
15. Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini qanday kursatkichlar orqali baxolash mumkin?
11. Xavfsizlikni, shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning uchun, uning siyosiy tashkiliy va huquqiy asoslari yaratiladi. Ushbu maqsadda konsepsiya ishlab chiqiladi. Uni ishlab chiqish esa iqtisodiyot holatini obyektiv baholash hamda uning rivojlanish tamoyili va tendensiyalarini prognoz qilishga asoslanadi. Buning uchun iqtisodiy xavfsizlikni belgilovchi vaziyat va xolatlardagi sabab-oqibatlari aniqlanadi. Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikni saqlash va mustahkamlashga masʼul, javobgar davlat
organlari, tashkilot va muassasalar belgilanadi. Iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

  • xavfsizlikni taʼminlashning maqsad va vazifalari;

  • ularni amalga oshirish yoʻllari va usullari;

  • oliy hokimiyat va mahalliy hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlari boshqaruv tizimlari, huquq-tartibot, milliy xavfsizlik organlarining umumdavlat, xududiy darajadagi iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha vazifalari;

  • mavjud va potensial xavfsizlikka tahdidlarni tahlil qilish;

  • davlatning xavfsizlikni taʼminlashdagi imkoniyatlari, iqtisodiy resurslar, vosita va kuchlardan ratsional foydalanishi nazarda tutiladi;

  • iqtisodiy tahdidlarni bartaraf etish, ularning oldini olish va salbiy taʼsirini yumshatish yoʻllari, vosita va usullari.

Iqtisodiy adabiyotlarda davlat iqtisodiy strategiyasining uch jihati va tarkibiy qismlari ajratib koʻrsatilgan:

  1. Iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat hayot faoliyati muhim sohalarining himoyasini taʼminlaydigan milliy, davlat manfaatlarini aniqlash.

  2. Shaxs, jamiyat va davlatning muhim hayotiy manfaatlariga ziyon keltiradigan iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar va xavf-xatarlarni tavsiflash. Bunda qisqa, oʻrta va uzoq muddatli davrlarda davlat va ijtimoiy-iqtisodiy tizim barqarorligiga zararli, salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillar va sharoitlar aniqlanadi.

  3. Iqtisodiy xavfsizlikning turli tahdidlar, xavf-xatarlardan barqaror himoyalanishini taʼminlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantirish, institutsional oʻzgarishlarni amalga oshirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.

Ushbu strategiyada iqtisodiy xavfsizlik talablariga javob beradigan iqtisodiyotning mezon va parametrlari ham aniqlanadi. Iqtisodiy manfaatlar va xavfsizlikka boʻlgan tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda
yumshatishning ustuvor maqsadlariga quyidagilar kiradi:


- aholining barcha ijtimoiy guruhlari va tabaqalari turmush darajasini oshirish orqali jamiyat barcha aʼzolarining birdamligiga erishish;
- milliy iqtisodiyotga xususiy investitsiyalarni kiritishni ragʻbatlantirish, investitsion jarayonlarni faollashtirish;
- qatʼiy soliq, pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta qadrini oshirish va mustahkamlash;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va samarali bojxona nazorat tizimini shakllantirish;
- mamlakat fani va intellektual salohiyati rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash;
- mamlakat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ular oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni kuchaytirish orqali ichki iqtisodiy makonni mustahkamlash;
- xoʻjalik subyektlarining xalqaro bozorlarga chiqishdagi mustaqilligi va
erkinligini taʼminlash.

Download 99,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish