4. Korxonalarda xodimlarni shakllantirish va ishni tashkil qilish. Tashkilot rahbariyati o’z maqsadlarini aniqlashda bu maqsadlarga erishish uchun zarur
bo’lgan resurslarni ham aniqlashi lozim. Kapital, moddiy texnologik, resurslar bilan bir qatorda
mehnat resurslarini ham aniqlash lozim. Mehnat resurslarini shakllantirish ularni
rejalashtirishdan boshlanadi.
Mehnat resurslarini rejalashtirish korxona xodimlarini to’ldirish uchun rejalashtirishni
amalga oshirishdir. Mehnat resurslarini rejalashtirish uchta bosqichdan iborat bo’ladi.
1-bosqich. Mavjud resurslarni aniqlash.
2-bosqich. Kelajakdagi ehtiyojlarni baholash.
3-bosqich. Kelajakdagi ehtiyojlarni kondirish dasturini ishlab chikish.
Xodimlarni to’plash rejalashtirishdan keyingi jarayon bo’lib, unda barcha zaruriy
mansablar va mutaxassisliklar uchun zarur bo’lgan xodimlarning zaxirasi tayyorlanadi.
Xodimlarni to’plash ichki va tashqi vositalar orqali amalga oshiriladi. Tashqi vositalariga gazeta
va jurnallarda e’lon berish, mehnatga joylash agentligiga murojaat qilish, radio va
televideniyadan foydalanish singarilar kiradi.
Keyingi bosqichda to’plangan xodimlar zaxirasidan ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan
xodimlar tanlab olinadi.
Ishlab chiqarish samaradorligi eng avvalo tanlangan xodimlarga, ularning malakasiga,
tajribasiga, ishga vijdonan yondoshishiga bog’liq bo’ladi.
5
. Xodimlarga bo’lgan ehtiyoj va uni qondirish manbalarini aniqlash. Har qanday tashkilot o’z faoliyatini amalga oshirishda xodimlarga ehtiyoj sezadi. Bu
ehtiyojni qondirish maqsadida xodimlarni to’playdi va ishga qabul qiladi.
Odam resurslarini rejalashtirish - korxona xodimlarini va shtatini aniqlash uchun
rejalashtirish ishlaridir. Xodimlarni rejalashtirish jarayoni uch bosqichni o’z ichiga oladi:
1. Mavjud resurslarni baholash.
2. Kelajakdagi ehtiyojni baholash.
3. Kelajakdagi ehtiyojni qoldirish dasturini yaratish.
Tashkilotda mehnat resurslarini rejalashtirishni, ularni mavjud qismini baholashdan
boshlash kerak. Rahbariyat ma’lum aniq maqsadni amalga oshirishda har bir ishda qancha odam
zarurligini aniq bilishi kerak. Masalan, yirik reklama agentliklarida bitta tijorat reklamasini
tayyorlashda yuzdan ortiq odam qatnashadi. hatto, oddiy ish hisoblangan aviyaliniyalarda yuk
tashish bilan bog’liq ishlarda ham ko’plab xodimlar harakat qiladi.
Tashkilotlardagi xodimlarni rivojlantirishning
quyidagi yo’llari mavjud:
1.
Malakaviy yo’naltirish va jamoaga moslashtirish.
2.
Xodimlar tayyorlash.
3.
Ish faoliyatini baholash.
4.
Rahbar xodimlar tayyorlash .
5.
Xizmatda ko’tarilishni boshqarish.