5 Mehnat resurslari tushunchasi va uning tavsifi


Kadrlar qo’nimsizligi tushunchasi va unga ta’sir etuvchi omillar



Download 72,71 Kb.
bet7/8
Sana01.06.2022
Hajmi72,71 Kb.
#628303
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu (1)

5.6. Kadrlar qo’nimsizligi tushunchasi va unga ta’sir etuvchi omillar

О‘zbekistondagi tashkilot va korxonalarning barcha xodimlari quyidagi malaka belgilariga qarab bо‘linadi:


- ishlab chiqarish jarayonida bajariladigan vazifalarga kо‘ra kategoriyalar bо‘yicha ishchilar (asosiy va yordamchi), muxandis-texnik xodimlar (MTX), xizmatchilar, kichik xizmat kо‘rsatuvchi xodim (KXP), shogirdlar";
- xaqiqiy faoliyat xarakteriga (mashgulotlar turiga) qarab. Bu о‘rinda xodimni muxandis-texnik xodimlar (MTX) toifasiga kiritish uchun asos bо‘lib uning ma’lumoti emas, balki egallab turgan lavozimi xizmat qiladi. Ma’lumotlarni tasniflashga asos qilib kasbiy va tarmoq belgilarining birga kо‘shilishi olinadi;
- ishchilarning texnologiya jarayonida ishtirok etish tamoyili bо‘yicha. Ishchilar maxsulot ishlab chiqarish bо‘yicha asosiy va yordamchi ishchilarga bо‘linadi, MTX - rahbarlarga, mutaxassislarga va texnik ijrochilarga bо‘linadi;
- ish muddati bо‘yicha: doimiy, mavsumiy va muvaqqat (vaqtincha) xodimlar.
Moddiy ishlab chiqarish soxasining barcha xodimlari ikki guruhga bо‘linadi: a) asosiy faoliyatda band bо‘lgan xodim. Sanoatda bu xodimlar sanoat ishlab chiqarish xodimini tashkil etadi; b) asosiy bо‘lmagan faoliyatda ish bilan band yoki boshqa xodim. Bu kategoriyaga korxona tarkibiga kiradigan nosanoat tashkilotlari xodimi kiradi.
Ma’muriy-xuquqiy tamoyili xodimlarni egallab turgan lavozimiga qarab farqlashni nazarda tutadi: zavod direktori, stex boshlig‘i, bosh rejachi, bosh buxgalter va xokazolar
Funkstional tamoyili boshqaruv xodimlarini kasblar (mutaxassisliklar) bо‘yicha guruhlarga bо‘lishni nazarda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona xodimi deyilganda, faqat yollanib ishlayotganlarnigina emas, balki samarali xо‘jalik faoliyatini ta’minlovchi mulkdorlarni xam tushunmoq lozim.
Zamonaviy korxonaning tuzilishi quyidagichadir:
1. Korxona xodimlari.
2. Boshqaruvchilar (menejerlar).
3. Akstiyadorlar.
4. Direktorlar kengashi. U firmaning faoliyati uchun va firma strategiyasi darajasida boshqaruvga oid qarorlar qabul qilinishi uchun tо‘liq javobgar bо‘ladi(15-20 kishi).
5. Firmaning faoliyat kо‘rsatishidan manfaatdor bо‘lgan guruhlar yoki tomonlar.
Xalqaro Mehnat Tashqilotining (XMT) Ma’muriy kengashi qabul qilgan ta’rifga muvofiq "tajribali mutaxassislar" (professional wozkezs) kategoriyasiga quyidagilar kiradi:
- yuqori darajadagi ma’lumot yoki kasb tayyorgarligiga yoxud ilmiy, texnik va ma’muriy soxalarda e’tirof qilingan ekvivalent tajribaga ega bо‘lgan kishilar;
- yollanish asosida yuqori darajada Aqliy faoliyat, tashabbus kо‘rsatishni, mas’uliyat talab qiladigan vazifalarni bajaradigan kishilar.
Bu ta’rif korxona yoki tashqilotning bir qismini boshqaradigan va u erda xodim bо‘lib ishlaydigan kishilarga xam taalluklidir.
"Mersedes-Benst" va "Folksvagen" korporastiyalarida mutaxassislar soni keyingi vaqtlarda 20-25% kamaytirilgan.
Bu sirtdan karaganda, xamma joyda mutaxassislar soni ortib borishi tendenstiyasiga zid keladi; xakikatda esa, u sanoati rivojlangan mamlakatlarga va о‘rta bо‘gin xodimlariga taalluklidir.
Rо‘y berayotgan о‘zgarishlarning yо‘nalishi rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bevosita maxsulot ishlab chiqaruvchilarning о‘zlariga topshirishga qaratilgan.
"Raqobat kо‘rashining ortishi bilan yaqin vaqtlarda birorta xam korxona 10-15% dan ortik о‘rta bо‘gin mutaxassislarini saqlab turolmaydi. Bu mutaxassislar ancha katta ish xaki oladi va ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydi", - deyiladi yollanma mehnat kishilari, texnik xodimlar va mutaxassislar Xalqaro Federastiyasidagi ma’ruzada. Bundan shunday xulosa kelib chikadiki, yaqin vaqtlar ichida bevosita ishlab chiqaruvchilar va yuqori daraja boshqaruvchilari umuman о‘rta bо‘gin mutaxassislarisiz kun kechirishlari mumkin.Bunday sharoitda mazkur kategoriyadagi mutaxassislar faqat bilim va tajribalaridan ajralib kolmasdan, shu bilan birga firmaning Raqobatbardoshligi bilan unda xamkorlik qilish ruxini saqlab kolish zarurligi о‘rtasida sezilarli ixtilof kelib chikadi.
Mutaxassislar bilan korxonalar о‘rtasidagi ajralishga barxam berish uchun shartlashib olish zarur, toki mutaxassislar javobgarligini va korxonaning vazifalarini aniq belgilab kо‘yish lozim bо‘lsin.
Davlat xizmatchilari bilan xususiy sektor xodimlari о‘rtasidagi muxim farq mazkur faoliyat soxalaridagi vazifalarni bajarish xarakteridadir. Davlat xizmatchilari tomonidan bajariladigan vazifalar ulardan xolislikni, tadbirkorlikni, vazminlikni, talabchanlik va sezgirlikni talab qiladi. Aks xolda fuqarolarning asosiy xuquqlari xavf ostida koladi. Bо‘larning xammasi shunga olib keladiki, davlat xizmatchisi davlat bilan uzviy ravishda boglangan bо‘ladi. Ana shunga muvofiq mazkur xodimlarni tanlash tizimi, ularning davlat ish beruvchisiga nisbatan majburiyatlari, ular foydalanadigan xuquqlar kelib chikadi.
Davlat xizmatchilari bilan xususiy sektor xodimlari о‘rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, davlat xizmatchilarining faoliyati ustav va belgilangan tartib doirasida kechadi, xususiy sektor xodimlari esa ish beruvchilar bilan faqat shartnoma munosabatlarida bо‘ladilar.

Download 72,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish