5 Mehnat resurslari tushunchasi va uning tavsifi



Download 72,71 Kb.
bet4/8
Sana01.06.2022
Hajmi72,71 Kb.
#628303
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu (1)

xizmatchilar - hujjatlarni tayyorlash, hisob-kitob va nazorat qilish, xо‘jalik xizmati xodimlari (agentlar, g‘aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, statistlar va hokazo).

  • rahbarlar – korxona boshqarish vazifasini bajaruvchi - direktor, direktor о‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar, bо‘lim va xizmat boshliqlari, ya’ni muhandis-texnik personal.

Korxonada personalning asosiy va kо‘p sonli qismini ishchilar tashkil qilib, ular mahsulot ishlab chiqarish(xizmat kо‘rsatish, ish bajarish), ta’mirlash va uskunalarga xizmat kо‘rsatishda (ta’mirlovchi ishchilar) qatnashadilr, mehnat predmetlarini tashishni amalga oshiradilar (transport ishchilari), qurilish-ta’mirlash ishlarini bajaradilar (quruvchi-ishchilar).
Korxona xodimlarining sifat jihatidan ishlab chiqarishga kasbiy va malakaviy jihatdan yaroqlilik darajasi «mutaxassislik», «kasb» tushunchalaridan kelib chiqadi.
Kasb  faoliyatning maxsus va tor kо‘rinishdagi turi bо‘lib, mutaxassislik kabi nazariy bilim va amaliy kо‘nikmalarni talab qilsada, mutaxassislikdan farqli ravishda ishlab chiqarishning о‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib qо‘shimcha kо‘nikmalarni ham talab qiladi.
Masalan, injener-mexaniq, injener-elektrik, iqtisodchi.
Mutaxassislik insonda ma’lum bir turdagi ishlarni bajarish uchun zarur bо‘lgan bilim va kо‘nikmalar majmuasining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Kasb ichida mutaxassislik shakllanib, ishni bajarishda maxsus bilim va malaka talab etiladi. Masalan, iqtisodchi, mutaxassisligi - buhgalter, moliyachi.
Korxona personalining kasbiy strukturasi deganda turli kasb va mutaxassislikdagi ishlovchilar о‘rtasidagi munosabat tushuniladi. Har bir kasb va mutaxassislik malaka darajasi bilan farqlanadi.
Malaka deganda biron-bir kasb yoki mutaxassislik bо‘yicha murakkab ishlarni bajarish uchun zarur bо‘lgan mehnat kо‘nikmalari va bilimlar darajasi tushuniladi. Ishchilar malakasi darajasini Narxlashda о‘rtacha tarif koeffitsienti va о‘rtacha tarif razryadi hisoblanadi. Tarif razryadlari va koeffitsientlari bir vaqtning о‘zida bajarilayotgan ishlar murakkabligini tavsiflovchi kо‘rsatkichlar hisoblanadi. Sanoat korxonalarida yangi texnikani о‘zlashtirgan ishchilar uchun 8 razryadli tizim, qolgan ishchilar uchun 6 razryadli tizim qо‘llaniladi. Xizmatchilar uchun 15 -18 razryad tizim qо‘llaniladi.
Har bir razryad bilim, malaka va tayyorgarlik darajasiga berilgan talab orqali aniqlanadi.
Xizmatchilarni kasb-malakaviy tuzilishi shtat jadvali orqali aniqlanadi. Korxona shtat jadvali rahbar tomonidan har yili tasdiqlanib, unda har bir razryaddagi (kategoriyadagi) xizmatchini bо‘linmalar bо‘yicha mansab maoshlari kо‘rsatilgan hujjatlar tо‘plami hisoblanadi.
Korxonada kadrlar strukturasi turli omillar ta’sirida doimiy ravishda о‘zgarib turadi. Sanoat korxonalarida asosiy ishlab ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mahsulot ishlab chiqarishni murakkablashganligi natijasida asosiy ishchilarning ulushi kamaya borib, mutaxassislar soni oshib boradi. Korxona ishlab chiqarish personali jinsi, yoshi, ma’lumoti, ish staji bо‘yicha taqsimlanib, tahlil qilinadi. Korxona faoliyatini rejalashtirish va tahlil qilishda, ayniqsa, mehnat unumdorligi, о‘rtacha ish haqi, kadrlar aylanishi va oqimini hisoblashda о‘rtacha rо‘yxat soni kо‘rsatkichi qо‘llaniladi. Bu kо‘rsatkichni tо‘g‘ri aniqlash uchun xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga о‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilishni inobatga olgan holda har kuni hisobga olib borishni yо‘lga qо‘yish zarur.
Kadrlarning korxonada harakatlanishini tavsiflash uchun kadrlar oqimi koeffitsienti kо‘rsatkichidan foydalaniladi.
Kadrlar oqimi koeffitsienti (Koq) quyidagicha aniqlanadi:

Koq=Xx.b./Xо‘r.




bunda:
Xx.b. – о‘z xohishiga kо‘ra va mehnat intizomini buzganlik uchun ishdan bо‘shagan xodimlar soni;
Xо‘r. – personalning о‘rtacha rо‘yxat soni.

Sanoat korxonalari ishini samarali tashkil etish kasbiy malaka tuzilishi va ishchilar sonining muvofiqligi bilan tasniflanadi. Turli kategoriyadagi ishchilar soni bajaradigan ishi, uskunaga xizmat kо‘rsatishi me’yori orqali aniqlanadi.


Korxona personalini miqdor jihatidan tasniflashda umumiy, rо‘yxatdagi, ishga kelgan va shtatdagi ishchilar soni kо‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Ishlab chiqaruvchi va noishlab chiqaruvchi ishchilar soni yig‘indisini ishchilarning umumiy rо‘yxatdagi soni deyiladi.
Aum=Ai.ch.+ An.i.ch.
bunda:
Ai.ch. - ishlab chiqaruvchi ishchilar soni;
An.i.ch.- noishlab chiqaruvchi ishchilar soni.
Sanoat korxonalari sexidagi ishchilar sonini aniqlashda ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etadigan agregatlar soni va ish joyiga xizmat kо‘rsatish alohida ahamiyatga ega. Har bir ish joyidagi xizmat kо‘rsatish me’yorini aniqlashda korxona tomonidan belgilangan kasb va malaka bо‘yicha ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
1. Ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun zarur asosiy ishchilar soni (An)quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:

bunda:
N — ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, dona;
T — mahsulot birligiga mehnat sarfi, soat;
F — bitta ishchining yillik foydali ish vaqti fondi (hisob uchun F=1840 / 1860 soat qabul qilinadi);
K — normani ortig‘i bilan bajarish koeffitsienti.
2. Tayyorlanayotgan mahsulotning mehnat hajmini kamaytirish natijasida mehnat unumdorligining о‘sish normasi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:

bunda:
a — tayyorlanayotgan mahsulot mehnat hajmining kamaygan normasi, foiz.
3. Chiqitni qisqartirish hisobiga mehnat unumdorligining о‘sishi quyidagi ifoda orqali topiladi:

bunda:
Br va Bh — rejali va hisobot davrida (brakni) yaroqsiz mahsulotni yо‘qotish foizi.
4. Chiqitni qisqartirish natijasida ishchilar sonining kamayishi quyidagi tenglamadan topiladi:

bunda:
Qum - ishlovchilarning umumiy soni.
5. Ishlab chiqarish hajmi va ishlovchilar sonining о‘zgarishi natijasida mehnat unumdorligining oshish normasi (%) quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

bunda:
Rо‘ — ishlab chiqarish hajmining rejada kо‘rsatilgan о‘sish normasi, foiz;
Ir.о‘ — reja bо‘yicha ishlovchilarning о‘sishi, foiz.

6. Mahsulot ishlab chiqarishni kо‘paytirish natijasida mehnat unumdorligining ortishi quyidagi ifoda orqali topiladi:



bunda:
Sk — ishlovchilar normasining kо‘payishi, foiz;
Mk — mahsulot normasining kо‘payishi, foiz.

7. Ishga chiqadigan yordamchi ishchilar soni quyidagi


tenglama orqali topiladi:

bunda:
Ju — yordamchi ishchilar xizmat qiladigan umumiy ish joylarining soni;
Jb — bitta ishchining norma bо‘yicha xizmat qiladigan ish joyi;
S — ishlab chiqarish uchastkasidagi smenalar soni.

8. Rо‘yxatdagi yordamchi ishchilarning soni quyidagi


tenglama orqali aniqlanadi:

bu yerda: K — ish fondidan foydalanishni hisobga oluvchi koeffitsienti.
Korxona faoliyatini rejalashtirish va tahlil qilishda, ayniqsa, mehnat unumdorligi, о‘rtacha ish hajmi, kadrlar aylanishi va oqimini hisoblashda о‘rtacha rо‘yxat soni kо‘rsatkichi qо‘llaniladi. Bu kо‘rsatkichni tо‘g‘ri aniqlash uchun xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga о‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilishni inobatga olgan holda har kuni hisobga olib borishni yо‘lga qо‘yish zarur.



Download 72,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish