5-mavzu: yurakning joylashuvi hamda tuzilishi reja


(bulbus venae jugularis inferior)



Download 485,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/89
Sana06.02.2022
Hajmi485,39 Kb.
#432979
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89
Bog'liq
5 maruzaaa

(bulbus venae jugularis inferior) 
joylashgan.(4) 
Qo'l venalari 
Qo'l venalari yuza va chuqur venalarga bo'linadi. Bu venalar o'zaro ko'plab anastomozlar hosil 
qilib qo'shiladi. Qo'lda yuza venalar yaxshi bilinadi. Qo'lning asosiy yuza venalari: lateral va medial 
teri osti venalari bo'lib, ular barmoqlaming orqa tomonidagi vena chigallaridan boshlanadi. 
Kaftning dorsal venalari (to'rtta) 
(w. metacarpeae dorsales) 
va ular o'rtasidagi anastomozlar barmoq, 
kaft va kaft usti sohalarida qo'l kaftining orqa to'rini 
(rete venosum dorsales manus) 
hosil qiladi. 
Qo'lning kaft tomonidagi yuza venalar ingichka bo'lib, barmoqlaming kaft venalaridan 
(w. digitales 
palmares) 
boshlanadi. Ulardan qon barmoqlaming yon tomonida joylashgan anastomozlar orqali 
kaftning orqa to'riga quyiladi. 


Qo'lning lateral teri osti venasi yoki bosh vena 
(v. cephalica) 
kaftning orqa vena to'rining bilak 
tomonidan birinchi dorsal kaft venasidan boshlanadi. U bilak oldingi yuzasining lateral tomoni 
bo'ylab ko'tarilib, ko'plab teri 
osti venalaiini qabul qilib tiisak chuqurchasiga yo'naladi. Bu yerda medial teri osti venasi bilan 
anastomoz hosil qilganidan so'ng yelkaga yo'nalib, qo'ltiq osti venasiga quyiladi. 
Qo'lning medial teri osti yoki asosiy venasi (v. basilica) to'rtinchi dorsal kaft venasining 
davomi bo'lib, bilakning medial tomonidan yuqoriga ko'tariladi. Tirsak chuqurchasida anastomoz 
hosil qilganidan so'ng yelkaning pastki qismida yelka venasiga quyiladi. 
Tirsakning oraliq venasi (v. intermedia cubiti) qopqoqlari bo'lmay, u tirsakning oldingi sohasida teri 
ostida bosh venadan asosiy venaga qarab qiya yo'nalgan. Bulardan tashqari, bilakning oldingi 
yuzasida bilakning oraliq venasi (v. intermedia antibrachii) joylashadi. Bu vena tirsakning oraliq 
venasiga quyiladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq qo'lida teri osti vena chigallari bo'lib, yirik venalar yaxshi 
bilinmaydi. 2 yoshdan so'ng bu chigallardan qo'lning bosh va asosiy venalari yaqqol ko'rinadi. 
Kaftning chuqur vena ravog'iga juft kaft venalari (w. metacarpeae palmares) quyiladi. Bu ikkala vena 
ravoqlaridan juft bilak va tiisak venalari (w.radialis et w. ulnaris) hosil bo'ladi. Ular o'z nomidagi 
arteriyalar bilan yo'nalib o'zaro qo'shiladi vajuft yelka venasini (v.brachialis) hosil qiladi. Bu venalar 
qo'ltiq osti chuqurchasiga yetmasdan qo'shilib toq qo'ltiq osti venasini hosil qiladi. Qo'ltiq osti venasi 
I qovurg'aning tashqi qirrasigacha davom etib, o'mrov osti venasiga o'tadi. Qo'lning chuqur 
venalarining oqimlari o'z nomidagi arteriya tarmoqlariga mos ravishda joylashadi va ular tarqalgan 
sohalardan qon yig'adi. 
Pastki kovak vena (v. cava inferior) odam tanasidagi eng katta vena bo'lib, klapanlari 
bo'lmaydi. Uning uzunligi qorin bo'shlig'ida 18—20 sm, ko'krak bo'shlig'ida 1—4 sm. Kengligi 
boshlanish qismida 20 mm, quyish joyida 32—33 mm.
Pastki kovak venaning oqimlari ikki: pariyetal va visseral guruhlarga bo'linadi. Pastki kovak venaning 
pariyetal oqimlariga: 
1.
Bel venalari (w. 
lumbales) 
odatda 4 juft bo'lib, shu nomdagi arteriya tarqalgan sohadan qon 
yig'adi. Ular o'zaro ko'tariluvchi bel venasi (v. 

Download 485,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish