2.
Buyrak venasi
(v.renalis)
juft, buyrak darvozasidan gorizontal yo'nalib, I—II bel umurtqalariaro
tog'ay sohasida pastki kovak venaga quyiladi. Chap buyrak venasi o'ngiga nisbatan uzun bo'lib, qorin
aortasining oldidan o'tadi.
3.
Buyrak usti bezi venasi (v.
suprarenalis)
buyrak usti bezi darvozasidan chiqadi. Chap vena buyrak
venasiga, o'ng vena esa pastki kovak venaga quyiladi.
4.
Jigar venalari
(w. hepaticae) 3—4
ta bo'lib, jigar parenximasida joylashgan. Ular pastki kovak
venaning jigaiga tegib turgan qismiga quyiladi. O'ng jigar venasi quyilishdan oldin jigaming venoz
boylami bilan birikkan.
Umumiy yonbosh vena (v.
iliaca communis)
toq, yirik vena. U dumg'aza- yonbosh bo'g'imi sohasida
ichki va tashqi yonbosh venalaming qo'shilishidan hosil bo'ladi. O'ng umumiy yonbosh vena shu
nomdagi arteriyaning orqasida, chap vena esa medial tomonida joylashadi.
Ichki yonbosh vena (v.
Do'stlaringiz bilan baham: |