I. Ko'prikning orqa chekkasida ikkala arteriya o'zarobirikib asosiy arteriyani
(a. basillaris) hosil
qiladi. Umurtqa arteriyasiikki: bo'yin
(pars cervicalis) va kalla ichi
(pars intracranialis) qismlariga
bo'lib o'rganiladi. Umurtqa arteriyasining bo'yin qismidan quyidagi tarmoqlarchiqadi:
1 .Orqa miya tarmoqlari
(rr.spinales) umurtqalararo teshikdan o'tib orqa miyaning bo'yin
segmentlarini qon bilan ta’minlashda qatnashadi. 2.Mushak tarmoqlari
(rr. muscularis) bo'yinning
chuqur mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
Umurtqa arteriyasining kallaichi qismidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
Asosiy arteriya
(a.basillaris) ko'prikda o'z nomidagi egatda yotadi va ko'prikning oldingi chekkasida
o'ng va chap bosh miyaning orqa arteriyalariga bo'linadi. Asosiy arteriyadan quyidagi tarmoqlar
chiqadi: l.Miyachaning oldingi pastki arteriyalari