Reja: 1. Ochiq tarmoqlar;
2. Xalqa sxema;
3. Ko‘pchiziqli avtomatlashtirilgan berk sxemalar;
Taqsimlovchi tarmoqlar talab etilgan ishonchlilik darajasiga bog‘liq ravishda quyidagi asosiy tamoyillarga muvofiq quriladi:
a) shikastlangan tarmoq elementi ta’mirlangandan keyin elektr ta’minoti tizimida zaxirasiz radial sxema yo‘lga qo‘yiladi;
b) avariyaviy o‘chishlarda elektr ta’minot tizimi shikastlangan joyni qidirib topib o‘chirilgandan keyin, qo‘lda qayta ulanadigan ochiq rejimda ishlovchi yopiq sxemalar;
v) tarmoqning bir qismi shikastlanganda iste’molchilarning bir zumga ham o‘chishiga yo‘l qo‘ymaydigan, normal yopiq sxemalar;
g) hamma iste’molchilari ZAU ga ulangan ochiqsxemalar;
Zaxirasiz oddiy radial sxema – bu o‘rta va katta bo‘lmagan shaharlarda shuningdek sanoat korxonalarida qo‘llaniladigan magistral ochiq tarmoq.
TP ning sxemasi sodda ko‘rsatilgan, chunki uning ta’rifi oldingi mavzuda berilgan.
Magistralning har bir TP ga kirishi boshlang‘ich uchastkalardan ta’minlanuvchi iste’molchilarning elektr ta’minot ishonchliligini oshiradi: TP ning o‘zida shikastlanish sodir bo‘lsa, ular magistraldan ma’lum bir himoya vositasi (saqlagichlar, o‘zgichlar) orqali o‘chiriladi va boshqa TP larning ta’minoti bo‘zilmaydi.
Mabodo 3-4 uchastkalarda shikastlanish sodir bo‘lsa, uni TP 3 da o‘chiradilar, shundan so‘ng ham TP 1-2-3-5 ta’minlab turiladi, shunda TP-4 normal holatda bo‘lsa, ulagich orqali boshqa TP ga ulanishi mumkin.
Ochiqtarmoqlarningafzalligiularning, u sodda, narxi arzonligi, o‘tkazgich materiallari va qurilmalariga ketadigan minimal xarajatlardadir.
Avariya rejimlarida yuklanishning yo‘qligi normal rejim bo‘yicha hisob-kitobni olib borish va kesim yuzani tanlashga yordam beradi.
SHahar va sanoat tarmoqlarida berk sxemalar sifatida ochiq rejimda ishlovchi halqasxemadir.
Halqali sxema shu bilan xarakterlidirki, ikki tomondan har bir uchastka uchun elektroenergiyani o‘zatish imkoniyati mavjud. Ish vaqtida ochiq sxema bo‘yicha (A ajratgich o‘chirilgan), tarmoqning har qanday uchastkasidagi shikastlanish halqaning bitta elkasining o‘zilishiga olib keladi. SHikastlangan joy topilgandan so‘ng bu uchastka o‘zib qo‘yiladi va hamma iste’molchilarning ta’minlanishi davom etiladi, lekin halqaning boshqa zaxira nuqtasidan.
Uchastkaning bosh qismi, RP ga yaqin joyi (a) shikastlangan mahal halqa sxemalarda og‘ir avariya rejimlari ko‘zatilishi mumkin, hamma iste’molchilarning ta’minoti halqaning boshqa elkasidan amalga oshirilishi lozim. Bunday rejimda hamma TP larni elektrta’minoti bajarish uchun normal rejimda har bir bosh uchastka qizib ketish bo‘yicha 50% li yuklama bilan ishlaydi.
Bundan tashqari, bunday tarmoqlar isroflar va kuchlanish og‘ishi bo‘yicha tekshiriladi.
Amalda halqa sxema berk rejimda ham ishlashi mumkin (R-yoqilgan), lekin har qanday uchastkadagi shikastlanish, vaqtinchalik shikastlangan joyni topib, u o‘zilgunga qadar halqaning hamma TP larining o‘chirilishiga olib keladi.
Halqaning ochiq rejimda ishlashi (ikki taraflama ta’minlovchi liniya), elektr energiya isrofini kamaytiradi va kuchlanish rejimini yaxshilaydi. Biroq optimallashning boshqa yo‘li ham mavjud: oqilona o‘zilish joylarini tanlash bilan ochiq rejimda ishlovchi tarmoq (tok o‘zilish nuqtalarida).
Agar 6-10 kV li shahar tarmoqlari halqali tarmoq ko‘rinishida bajarilsa, u holda 1000 V gacha bo‘lgan tarmoqlar ham berk, ham ochiq sxemalar bo‘yicha ishlay oladi (1000 V gacha bo‘lgan tarmoq sxemalariga qarang).
6-10 kV li taqsimlovchi tarmoqlarning normal-berk sxemalari faqatgina shahar tarmoqlarida effektivdir. Bunday tarmoqlarni barpo etishdagi asosiy qiyinchilik arzon va normal himoyani bajarishdadir.
Taqsimlovchi tarmoqlar uchun ko‘p miqdordagi o‘zgichlarning qo‘llanilishi iqtisodiy jihatdan ma’qul emas.
Eruvchan saqlagichlarga ega bo‘lgan himoyali 6-10 kV li ishlab chiqilgan berk tarmoq sxemalari mavjud, biroq turli shaharlardagi o‘zoq muddatli tajribaviy tekshirishlar ijobiy natijalarni bermadi. Bunday sxemalar quyidagi kamchiliklarga ega:
a) saqlagichlarning selektiv ishlashini ta’minlab bo‘lmaydi, bu esa shahar tarmoqlarining katta uchastkalarining o‘chirilishiga olib keladi.
b) Qisqa takrorlanuvchi yuqori kuchlanishlar natijasida, alohida fazalardagi saqlagichlarning kuyib ketishi va tarmoqning polifaz ishlashi mumkin emas
v) shikastlangan uchastkani topish qiyin va juda ko‘p vaqtni talab etadi.
Ko‘rsatilgan kamchiliklarga muvofiq ravishda 10 kV li taqsimlovchi berk tarmoqlar hozirgi vaqtgacha keng tarqalishga ega emas. U hollarda, qachonki shahar va sanoat tarmoqlarida ta’minot ishonchliligi talab etilsa, berk sxemalar o‘rniga ko‘pchiziqliavtomatlashtirilganberk sxemalar qo‘llaniladi.
Elektr sxemalarda har bir TP ikkita liniyadan ta’minot olishi mumkin. Ulardagi elektrta’minot ishonchliligi YUK yoki TP ning PK tarafidan ZAU ni qo‘llash orqali yaratiladi.
Ikkinchi sxemada zaxiralash faqatgina liniyada emas, transformatorda ham mavjuddir. Har bir transformatorning quvvatini TP dagi boshqa transformatorning o‘chirilishi holatida ruxsat etilgan yuklanishi bo‘yicha tanlanadi.
YUK tarafdan ZAU li ikki liniyali ta’minlanuvchi sxema.
PK tarafdan ZAU li uch liniyali ta’minlanuvchi sxema.
Agarda bitta liniya shikastlanadigan bo‘lsa, u qolgan liniyalarga ulanadi, bu holatda ular shunday yuklamaga mo‘ljallanishi kerak. Ko‘p liniyali, ayniqsa ikki liniyali sxemalar hozirgi vaqtda katta shaharlar va sanoat tarmoqlarida keng qo‘llanilmoqda.
Nazorat savollari: 1. Taqsimlovchi tarmoqlarga ta’rif bering?
2. Taqsimlovchi tarmoqlar qachon quriladi?
3. Zaxirasiz oddiy radial sxemani taqsimlovchi tarmoqlarda qo‘llanilishi?
4. Halqa sxemasiga ta’rif bering?
5. Taqsimlovchi tarmoqlarda qo‘llaniladigan kommutatsiya appa-ratlarini keltiring?
6. Taqsimlvchi tarmoqlarda zaxiralash qanday amalga oshiriladi?