(a.commimicans
posterior)
orqaga ko'prik tomonga yo'nalib, uning oldingi chekkasida o'mrovosti arteriyasining
tarmog'i bo'lgan miyaning orqa arteriyasi bilan anastomozlashadi.
Buning natijasida boshmiyaning asosida ichki uyqu arteriyasi va o'mrov osti arteriyasining
tarmoqlarini o'zaro anastomozlashuvidan bosh miyaning arterial halqasi (Villiziy qon aylanish
doirasi
(circulus arteriosus cerebri)
hosil bo'ladi. Bu halqa bosh miyani bir me’yorda qon bilan
ta’minlanishini boshqarib turadi.Umurtqa arteriyasi
(a. vertebralis)
VII bo'yin umurtqasi sohasida
chiqib, VI bo'yin umurtqasining ko'ndalang teshigiga kiradi. So'ngra arteriyabo'yin umurtqalarining
ko'ndalang teshiklari orqali yuqoriga yo'naladi. Atlantning ko'ndalang teshigidan chiqib o'z nomidagi
egatda yotadi. Keyin arteriya orqa atlant-ensa pardasini teshib o'tib, ensa suyagining katta teshigi
orqali kalla ichiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |