1.Kasbiy psixologiya– inson psixologiyasida sodir bo‘ladigan ruhiy holatlar, ish faoliyati bilan bog‘liq inson psixikasining ishlash qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Fan 3-bosqichning 2 semestrida o‘qitiladi. Bo‘lg‘usi muhandis insonning psixologik holatiga ish sharoitlarining ta’sirini bilishi keark.
2.Chizma geometriya va muhandislik grafikasi. 2 semestrda o‘qitiladi.
Fanni shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin: chizma geometriya va muhandislik grafikasi. Chizma geometriya fanining asosiy maqsadi o‘rganuvchida fazoviy tasavvurni, konstruktiv-geometrik fikrlashni rivojlan-tirish, geometrik modellar orqali fazoviy shakllarni tahlil va sintez qila olish qobiliyatini kuchaytirish. Muhandislik grafikasi fanining vazifasi esa talabalarga texnik chizmalarni bajarish va o‘qish, detallarning eskizlarini chizish, texnik va konstruktorlik hujjatlarini tuzish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berishdan iboratdir. Kursni o‘rganish chizma geometriyaning nazariy asoslarini, me’yoriy hujjatlar va standartlar va hujjatlarning yagona konstruktorlik tizimi (HYaKT, ruschada YeSKD) ni bilishga asoslanadi. Bu ikki fanni bilmay turib, mashinasozlik bilan bog‘lik kasbni egallab bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |