3.Iqtisodiyot va soha menejmenti. 5-semestrda o‘qitiladi. Iqtisodiyot deganda chegaralangan resurslar sharoitida insonlar tomonidan yaratilgan xo‘jalik sub’ektlari qay darajada har xil mahsulotlar ishlab chiqara olishi yoki xizmatlar ko‘rsatishi olishi to‘g‘risidagi fan tushuniladi. Bu fan ko‘plab bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan tarkibiy qismlarga ega bo‘lib, ulardan biri boshqaruv iqtisodiyotidir. Bu bo‘lim asosan xo‘jalik sub’ektlari va butun soha iqtisodi-yotini boshqarish qoidalarini o‘rgatishni ko‘zda tutadi.
Menejment –bu korxonada ro‘y berayotgan har xil jarayonlarni boshqarish sirlarini o‘rgatuvchi fandir. Ilmiy til bilan aytganda menejment aniq bir xo‘jalik sub’ektini samarali boshqarishni o‘rgatuvchi fandir. Iqtisodiyot va menejment bir-biri bilan uzviy bog‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |