5-Mavzu. Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari Reja



Download 108,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana03.07.2022
Hajmi108,6 Kb.
#734184
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu...

ijobiy boshqaruvga bo‘lgan huquqi
nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, hokimiyat organlari fuqaroning murojaatlarini xolis va 
adolatli, paysalga solmay mohiyati bo‘yicha ko‘rib chiqishi, saylab qo‘yilgan vakillar 
va ma’muriyat aholi manfaatlari yo‘lida faoliyat yuritishi lozim. Fuqarolarning davlat 
boshqaruviga keng jalb etilishi, demokratik davlat boshqaruvi g‘oyalari bir qator 
xalqaro-huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan.
Jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida quyidagi qoida e’tirof 
etilgan: “Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali o‘z 
mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega ... Xalq irodasi hukumat 
hokimiyatining asosi bo‘lishi lozim” (21-modda). Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi 
EXHKning 1990 yil 21 noyabrdagi Sammiti hujjatida shunday satrlar bor: 
“Demokratik boshqaruv erkin va adolatli saylovlar paytida muntazam ravishda 
ifodlanadigan xalq xohish-irodasiga asoslanadi. Demokratiyaning asosini inson 
shaxsiga bo‘lgan hurmat va qonun ustuvorligi tashkil etadi”. Jamiyatni 



erkinlashtirishning hozirgi bosqichida davlat boshqaruvini modernizatsiya qilishning 
bir qator yo‘nalishlari va vazifalari 
“Harakat dasturi”da belgilab berilgan. 
Birinchidan,
demokratik davlat boshqaruv 
mezonlarini belgilovchi prinsiplarni hayotga sobitqadamlik va jadallik bilan joriy etib 
borish. Bular boshqaruvda inson huquq va manfaatlarining ustuvorligi, hokimiyatlar 
taqsimlanishi (shu jumladan, davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar o‘rtasida 
vakolatlarning oqilona taqsimlanishi), qonun ustuvorligi, davlat boshqaruviga xalq 
ommasi hamda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish, davlat boshqaruvi 
organlari faoliyatining oshkoraligi va ochiqligi kabilardir. 
Ikkinchidan
, davlat 
boshqaruv apparati faoliyatining qonunchilik, huquqiy bazasini zamonaviy talablar 
asosida takomillashtirib borish nazarda tutiladi. 
Uchinchidan
, ijroiya hokimiyati tizimidagi boshqaruv bilan shug‘ullanuvchi 
organlar strukturasi va funksiyalarini ratsionallashtirish ma’muriy islohotning muhim 
vazifasi hisoblanadi. Bunda davlat boshqaruvida muvoziy tuzilmalarning bo‘lishi va 
bir-birining vazifalarini takrorlashning mavjud bo‘lishini bartaraf etib borish talab 
etiladi.
To‘rtinchidan
, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, 
ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini ta’minlovchi samarali 
mexanizmlarni yaratish, ular faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini faollashtirish 
zururati. 
Beshinchidan
, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va ma’muriy islohotlar 
samarasini oshirishda tegishli vakolatli organlar faoliyatining huquqiy asoslarini 
(reglamentlarini) izchil takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday huquqiy 
hujjatlar qatorida Ma’muriy protsessual kodeksning, “Ma’muriy protseduralar 
to‘g‘risida”gi va “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi dasturda 
aytib o‘tiladi.
Mustaqil davlatchilik sari qadam qo‘yilgan dastlabki yillardayoq Asosiy 
qonunimizda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga doir asosiy prinsiplarning 
mustahkamlab qo‘yilgani, iqtisodiy faoliyat erkinligi va xususiy hayot daxlsizligi 
kafolatlangani barcha aholi qatlamlari manfaatlarini aks ettiradigan tuzilma hamda 



tashkilotlarning keng tarmoqlari vujudga kelishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishi 
uchun qulay muhit yaratdi. O‘tgan chorak asr mobaynida jamoat va nodavlat 
tashkilotlarining nufuzi ortdi, huquqiy maqomi mustahkamlandi, jamiyat 
boshqaruvidagi roli oshib bordi.
Demokratik yangilanishlar jarayonida fuqarolik institutlarining roli va 
ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng muhim sotsial-iqtisodiy muammolarini 
hal etishga qaratilgan 250 dan ziyod qonunlar, yuzlab farmonlar va Hukumat qarorlari 
qabul qilindi.
Ushbu keng ko‘lamli huquqiy baza bu tashkilotlarning davlat organlari bilan teng 
muloqot olib birish, huquqiy munosabatlarda kafolatli ishtirok etishning zamini bo‘ldi. 
Davlat bilan xususiy sektor tuzilmalari hamkorligining markazida inson va fuqaroning 
iqtisodiy hamda ijtimoiy sohadagi manfaatlarini ta’minlash masalasi turadi. Bu 
yo‘nalishdagi faoliyatning huquqiy negizlarini yanada mustahkamlash maqsadida
2014 yilda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qonun amal qila 
boshlagandan o‘tgan qisqa davrda to‘plangan amaliy tajriba guvohlik berishicha, hali 
bu sohada tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yanada takomillashtirilishi lozimligini 
taqozo etmoqda. Shu bois Harakatlar strategiyasi doirasidagi Davlat dasturida davlat 
va xususiy sheriklik (hamkorlik) shakllarini kengaytirishga yo‘naltirilgan “Davlat va 
xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ishlab chiqildi va 
qabul qilindi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, 
jismoniy va yuridik shaxslarining huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid 
axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish 
Davlat boshqaruvi idoralarining aholi bilan aloqadorligini kuchaytirish, 
hamkorlik mexanizmlarini yaratish muhim. Bir tomondan, aholini davlat boshqaruv 
organlari faoliyatidan muntazam ravishda xabardor qilib turish, ikkinchi tomondan, 
mahalliy davlat boshqaruv organlari qarorlarini qabul qilishga (qarorlar loyihasining 
muhokamasiga, mahalliy referendumlarga) keng jalb etishni yo‘lga qo‘yish davr talabi. 
Shuningdek, davlat boshqaruvi bilan korporativ boshqaruvni yaqinlashtirish, ular 
nisbatining oqilona mezonlarini belgilash muhim o‘rin tutadi. 2014 yil 5 mayda 



“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” 
O‘zbekiston Respublikasi qonuni ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Ushbu qonunning asosiy maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
faoliyatining shaffofligi, ochiqligini ta’minlash, davlatimiz ichki va tashqi siyosatining 
eng asosiy yo‘nalishlaridan aholini muntazam xabardor bo‘lib borishlariga sharoit 
yaratish, shuningdek fuqarolarning siyosiy faolligini yanada oshirishdan iboratdir. 
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish davlat dasturida mamlakatda ma’muriy 
islohotlar Kontseptsiyasi hamda bu islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar 
Dasturini yaratish belgilangan e’tiborga molik.
Bunda davlat boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligini oshirish va 
tuzilmasini takomillashtirish, davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, takrorlanuvchi 
funksiyalarni bajaradigan davlat organlari turli komissiyalarni bekor qilish yoki bir-
biriga qo‘shish orqali davlat boshqaruvi va xizmatini tubdan isloh etish nazarda 
tutiladi. 
Undan tashqari, davlat boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolarning va yuridik 
shaxslarning 

Download 108,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish