5-Mavzu. Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari Reja



Download 108,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana03.07.2022
Hajmi108,6 Kb.
#734184
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu...

ishonchsizlik votumi
bildirish haqidagi masala kiritilishi mumkin. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan ushbu o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar Konstitutsiyaning 78- va 93-moddalariga ham tegishli tuzatishlarni 
kiritish zaruratini belgiladi. Jumladan, Konstitutsiyaning 78-moddasi 15-bandida 
Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari sifatida mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini 
eshitish va muhokama qilish vakolati nazarda tutildi.
Bu holat ham siyosiy partiyalar, ham parlament roli va ta’sirining oshirilishiga, 
Oliy Majlisning qonunlar ijro etilishi ustidan amalga oshiradigan nazorat faoliyatini 
yanada 
takomillashtirilishiga 
xizmat 
qiladi. 
Shuningdek, 
konstitutsiyaviy 



islohotlarning avvalgi bosqichida Hukumatni shakllantirish tartibi yanada 
demokratlashtirildi. 
Konstitutsiyaning 98-moddasiga kiritilgan qoidaga muvofiq, O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya 
yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar 
tomonidan taklif etiladi. Yangi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar 
o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib 
chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi. 
Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan 
taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini 
tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi. Ushbu norma 
davlat hokimiyati tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va ta’sir etish mexanizmini 
yanada takomillashtirdi. 
Davlat 
hokimiyati 
va 
boshqaruvini 
demokratlashtirishga 
qaratilgan 
yangiliklarning ahamiyati yana shundan iboratki, ular davlat hokimiyatining 
sub’ektlari, ya’ni, davlat boshligi bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada oqilona taqsimlanishini ta’minlashga 
qaratilgandir. Davlat hokimiyati taqsimlanishi to‘g‘risidagi ta’limotga ko‘ra, 
hokimiyat tarmoqlari vakolatlarining to‘g‘ri taqsimlanishi davlat idoralari faoliyatining 
barqarorligini, ular o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini kafolatlaydi. 
Qolaversa, davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy tarzda mutanosib va adolatli 
taqsimlanishi pirovardida davlatning tom ma’noda demokratik tabiatga ega bo‘lishi va 
inson huquqlari izchil ta’minlanishining garovidir. 
O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning keyingi bosqichi 
Asosiy 
qonunimizga 
2014 
yil 
16 
aprelda 
“O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 
(32,78,93,98,103 va 117-moddalariga)” gi qonun vositasida kiritilgan yangiliklar bilan 



bog‘liq. Ushbu konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy hayotni va 
davlat boshqaruvini izchil demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan 
siyosatning mantiqiy davomi bo‘ldi. Mazkur islohotning mazmuni quyidagi muhim 
sohalarni o‘z qamroviga oldi: 1) jamoat va parlament nazorati; 2) Prezident va 
parlament vakolatlari; 3) Hukumatning konstitutsiyaviy maqomi; 4) Saylov tizimi. 
Ularni ma’nosiga izoh berib o‘tamiz: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlarini Oliy Majlis va 
Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazish bo‘yicha Asosiy Qonunimiz moddalariga kiritilgan 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar Prezidentning davlat hokimiyati organlarining 
kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini, davlat hokimiyati tarmoqlari 
o‘rtasida vakolatlarning oqilona qayta taqsimlanishini, shuningdek, ular o‘rtasida 
“o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimi”ning samarali ishlashini 
ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat 
qilishi shubhasiz. Konstitutsiyaning 32-moddasi mamlakat hayotida fuqarolik jamiyati 
institutlarining rolini oshirishga qaratilgan muhim qoida bilan to‘ldirildi. Ya’ni, 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o‘zini 
o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarining faoliyati ustidan 

Download 108,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish