100 120, 140, 170, 200,280.
Nomerlar ortib, borishi bilan jilvir qog‘oz mayda
donly bo‘lib boradi.
Silliqlanadigan sirtlarning silliqlik darajasiga qarab har xil yiriklikdagi
jil'virlar ishlatiladi. Jilvirlash,. ko‘pincha, shpaklyovka surtilib, gruntovkalashdan
keyin bajari ladi. Silliqligi yuqori bo‘lgan sirtlarni
jilvirlashda mum-kin qadar
mayda donli jilvirlar (120—140) ishlatiladi. ■Loklanadigan va
politurlanadigan sirtlar 170—280-nomer-li jilvirlar yordamida jilvirlanadi.
Kirg‘ichlar: a —qirg‘ich; b — qirish; v— qirg‘ichni o‘tkirlash; g — to‘g‘ri
(/) va noto‘g‘ri (?) o‘tkirlash.
Gruntovkalanmagan yoki gruntovkalangan yog‘och sirtlarni jilvirlashda bir
marta talab etilgan nomerli jilvir bilan silliqlangan sirtni changdan tozalab bir oz
suv purkaladi yoki alif surtiladi. Suv yoki alif ta’sirida namlangan ayrim yog‘och
tolalari bo‘rtib ko‘tariladi. Bu tolalarni ikkinchi bor jilvirlab sirtning silliqligi
orttiriladi. Talab etilishiga ^arab bu hol ikki-uch takrorlanadi.
Shpaklyovka surtilgan sirtlar ham talab etilishiga qarab turli nomerdagi
jilvirlar bilan jilvirlab silliqlanadi.
Silliq sirtlarni hosil qilishda jilvir qog‘ozlarni ishla-tishdan
oldin bir-biriga
ishqalab olinadi. Bunda ularning ayrim yirik, o‘tkir uchlik donalarining qirralari
sinib sirt-«i tirnamaydigan, uning silliq chiqishini ta’minlaydigan bo‘ladи.
Pemza —
och sariq rangli, yengil, g‘ovak, qattiq toshdir. Pemza
shpaklyovkalangan va"bo‘yalgan sirtlarni quruqligicha va nam-lab silliqlash uchuy
ishlatiladi.
Lok
wa Bo‘yoqlar. Pardozlashning so‘nggi bosqichy loklash va bo‘yashdan
iborat. Bu yo‘l bilan pardozlash
materialining tiniqligi, jilolanishi, yog‘ochning
tabiiy gulini o‘zgartirishiga qarab ikki turga bo‘linadi: yog‘ochning tabiiy rangi va
gulini o‘zgartmaydigan tiniq yoki duradgorlik pardozi va yog‘ochning tabiiy rangi
hamda gulini yo‘qotib, sidirg‘a ko‘rinishga keltiradigan tiniqmas yoki bo‘yoqchilik
pardozi.
Odatda, rangi va guli ko‘rimsiz bo‘lgan yog‘ochdan tayyorlangan buyum va
mebellarga tiniqmas pardoz beriladi. Bu maqsadda moyli va sirli (emalli) bo‘yoslar
ishlatiladi.
Tiniqmas pardozlash yo‘li bilan bargli va igna bargli si-■fatsiz yog‘ochlardan
tayyorlangan Tbuyum va mebellar bo‘yaladi.
iniqmas pardoz ishlari donalar, seriyalab buyum ishlab chiqarishda, xonalarni
pardozlashda qo‘llaniladi. Ish tartibi quyidagicha olib boriladi: gruntovkalash,
quritish; shpaklyov-«alash,
quritish, jilvirlash; birinchi marta bo‘yash, quritish,
jilvirlash; ikkinchi marta bo‘yash, quritish jilvirlash; uchinchi marta bo‘yash,
quritish.
Sanoatda moyli bo‘yoqlar quyuq holda ishlab chiqariladi. Uni ishlatish vaqtida alif
qo‘shib suyultiriladi va ishga mos-lanadi.
Sirli bo‘yoqlar moyli va nitroemallarga bo‘linadi. Moyli sirlar loklarda,
nitroemallar nitroloklarda tayyorlanadi. Sirli bo‘yoqlar
turli rangda tayyorlanib
tayyor holda sotiladi.
Бо‘ёq
suvda, spirt yoki moyda eriydigan va yog‘ochning tabiiy gulini
yo‘qotmagan holda rang berish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalardir. Bo‘yoqlar
o‘simlik bo‘yog‘i va sun’iy bo‘yoqlarga bo‘linadi.
Usimlik buyoqlari ayrim daraxt va o‘simliklardan olinadi. •Sariq bo‘yoq
(rang) sariq zanjabildan, qora bo‘yoq zirkdan, ji-garrang — olma daraxti
po‘stlog‘idan, ko‘k rang — javdar bug‘-doydan olinadi.
Sun’iy bo‘yoqlar toshko‘mirni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan
mahsulotlardan olinadi. Ularning asosli va kis-lotali xillari bo‘ladi. Bularga
yong‘oq beitsi va qizil rang <5yeytslar misol bo‘la oladi.
Bo‘yaladigan yog‘och sirtini yoppa tiniqmas parda bilan qoplab berkituvchi
bo‘yovchi moddalar pigmentlar deb ataladi. Pigment-lar bo‘yoq
moddalaridan
suvda va boshqa erituvchilarda erit-masligi bilan farq qiladi. Bu xildagi
pigmentlarga: belila, oxra, surik, sinkalar kiradi. Ular maydalangan talqon ho-lida
bo‘lib, biron-bir bog‘lovchi modda (moy, lok, yelim) bilan aralashtirilgan holda
ishlatiladi.
Pigmentlar rang belgisiga qarab klasslarga bo‘linadi. Pigmentlar oq, qora,
kul rang, qizil, sariq, yashil, ko‘k va ji-gar rang bo‘ladi.
Bo‘yash chutka yordamida surtish va purkash yo‘li bilan baja-riladi. Sirtning
katta-kichikligiga qarab har xil cho‘tkalar ишлатилади