4.Egri moliyaviy xarajatlar. Iste’moldagi o‘zgarishlar
Xarajatlarning tarkibiy tuzilishi xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni tashkil etadi: Doimiy xarajatlarga o‘zgarmaydigan xarajatlar, ya’ni qarz foizi, reklama haqi, ijara haqi, oldindan to‘lanishi ko‘zda tutilgan maoshlar kiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlar deb, xizmat ko‘rsatish hajmiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘lgan o‘zgaruvchan xarajatlar miqdoriga aytiladi. Ularga ish haqi, yoqilg‘i, turistlarni tashish, transport va boshqalar kiradi. Xizmatlar hajmi oshsa, o‘zgaruvchan xarajatlar ko‘payadi, qisqarsa kamayadi.
Firmaning doimiy (DX) va o‘zgaruvchan (UX) xarajatlar yig‘indisi yalpi xarajatlarni tashkil etadi: YAX= DX+UX.
Narxni shakllantirishda doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning o‘zgarishini hisobga olish kerak, ya’ni narxni hisoblash va o‘rnatilishiga bir necha o‘zgaruvchanlar ta’sir etadi. Omillarning ta’siriga bog‘liq holda ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
-omillarning xossalarini hisobga olgan holda: bevosita va bilvosita;
-narxlarning raqobat ta’siriga bog‘liq holda: narx va narxsiz raqobat:
-ta’sir etish darajasiga qarab
Bevosita ta’sir etuvchi omillarga soliqlarning asosiy guruhini, ya’ni to‘g‘ri soliqlar - firma yoki firma xodimlarning daromadidan to‘lovlar tashkil etadi. Bilvosita (egri) soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig’i, cheklangan tovarlarga aksiz solig’i va boshqalar kiradi. Bu soliqlarning mohiyati shundaki, bu soliqlar guruhi davlat budjetiga tushadi va milliy valyutani mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Narx yordamida olib boriladigan raqobat narxlarni har xil bo’ladi:
-iste’molchilarning daromadlariga;
-iste’mol hajmiga;
-xaridorlarning toifalariga qarab belgilashda namoyon bo‘ladi.
Narxsiz bo‘ladigan raqobat monopolistik raqobat va oligopoliya bozorlarida ro‘y beradi, chunki bunday bozorlarda narxlarda tafovut deyarli bo‘lmaydi.
Nazariyaning asoschilari fon Neyman va Morgenshteyndir. Naflik nazariyasida turli xususiyatlar baholarini naflikning yagona shkalasi bo‘yicha o‘lchashlar amalga oshiriladi. Xususiyatlarning naf keltirish birlashtiriladi va naf keltirishning skalyar funksiyasiga ega bo‘linadi. Bu nazariya aksiomatik hisoblanadi va etarlicha oddiy intiutiv farazlarga tayanadi. Aksiomaning batafsil muhokamasiga berilmasdan, ulardan “ratsionallik postulatlari” deb ataluvchi ba’zi birlarini keltiramiz.
Eng avvalo, nazariy tahmin qilinadiki, alternativalar ularning naf keltirishlari nuqtai nazardan tartibga keltirilishi mumkin, har qanday ikki alternativalarni ularning afzalliklari bo‘yicha solishtirish mumkin. Birinchi ratsionallik postulati talab qiladiki, alternativalarning naf keltirishi qisman tartibga keltirilgan ko‘plikni tashkil qilsin.
Ikkinchi postulat, tarnzitivlik nazariyasi bilan ifodalanib, turli alternativalarni afzalliklarini muvofiqligini bildiradi, ya’ni agarda bir alternativa boshqasidan afzalroq bo‘lsa, ikkinchisi –uchinchisidan, unda birinchisi uchinchisidan afzalroq bo‘ladi.
Naflikning matematik nazariyasining afzalligi shundan iboratki, eng avvalo shundaki fan keltirishni miqdoriy bahosini hisoblash imkonini beradi, uni interval shkala bo‘yicha o‘lchaydi. Bunday intervalli shkalada naf keltirishni metrik o‘lchovda emas, balki naf keltirishni solishtirish tushunchasiga asoslanadi., negaki hamma vaqt ham naf keltirishni miqdor bilan ifodalab bo‘lmaydi, ba’zida solishtirma matematik tushunchalar “katta”, “kichik” va “teng” yordamida amalga oshiriladi.
Madaniyat deganda jamiyatda barcha tomonidan qabul etiladigan qadriyatlar, an’analar, fikrlar va usuvor tushunchalar tizimi tushuniladi.
AQSh madaniyatini individual, norasmiy, moddiy va vaqtning qadrliligiga qaratilgan madaniyat sifatida tavsiflash mumkin. Ayni paytda Yaponiya va Xitoyda guruhdagi shaxsga nisbatan ko’proq ahamiyat beriladi. Qaramlik va hamkorlik alohidaikka nisbatan muhimroq hisoblanadi.
Amerika madaniyati Lotin Amerikasi, Yaqin va Uzoq Sharq madaniyatinnig muhim xususiyatlari bo’lmish an’ana, marosim va rasmiyatchilikka unchalik katta ahamiyat bermaydi. Amerikaliklar mulozamat bilan gapni chuzishni yoqtirmaydilar va to’g’idan-to’g’riasosiy maqsadga o’tishni afzal ko’radilar. Lekin, Lotin Amerikasi yoki Saudiya Arabisonida avvalo umumiy mavzular to’g’risida suhbatlashib, undan keyingina asosiy maqsadga o’tish odat hisoblanadi.
Amerikaliklar yuqori nufuz timsoli bo’lgan xaridlarni hurmat qiladilar; ayni paytda ko’pchilik nog’arbiy turdagi jamiyatlarda hayotning nafosatlilik va ma’naviy tomonlariga qiziqish ko’proqdir. Xuddi shu tarzda amerikaliklarning vaqtga katta e’tibor berishlari vaqtni uzluksizlik sifatida tan oluvchi sharqiy madaniyat uchun tushunarsiz tuyuladi. Masalan, Sharq tadbirkorlari uchrashuvlarning vaqti va muddatiga ko’pincha e’tiborsizlik bilan qaraydilar. Bu esa amerikaliklar, nemislar va shveytsariyaliklarning jahlini chiqaradi.
Ko’pgina mamlakatlarda majlislar uzoq muddatli suhbatlar, qahva yoki choy ichish bilan boshlanadi. “Vaqtni yo’qotganigi tufayli xunob bo’layotgan amerikalik shuni tushunishi kerakki, ko’rinishdan ma’nosiz o’tayotgan umumiy suhbat davomida o’zaro tushunish va ishonch o’rnatish bo’yicha muhim siljish yuz beradi, bu esa keyinchalik ish yuritish uchun juda katta ahamiyatga ega. Ushbu vaziyatlarni e’tiborga olgan holda, shunday xulosa chiqadiki, bu mamlakatlarda ish yuritish qoidalarini buzuvchi shaxslarning ish natijasi mahsuldor bo’lmaydi.
Madaniyatning yana bir qirrasi bo’lmish til xorijda faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlar uchun doimo qiyinchiliklar tug’diradi. O’xshash so’zlarga turlicha ma’no berilishi tufayli axborot almashish jarayonida to’siqlar paydo bo’lishi mumkin. Axborotning o’tmasligiga o’zaro aloqa qilayotgan madaniyatlarda harakatlar tilning bir-biriga mos emasligi ham o’z hissasini qo’shadi. Shaxslar o’rtasidagi munosabatlarning ba’zi tomonlarini keyingi bobda ko’rib chiqamiz.
Shuningdek, madaniyatlar o’rtasidagi farq hokimiyat, ishning ahamiyati, jamiyatda ayollarning o’rni, tavakkalchilik va hatto ranglar afzalliklari to’g’risidagi fikrlar va tushunchalarning turli ekanligida ham namoyon bo’ladi. Tadqiqotchilar shuni aniqladilarki, aynan kishining o’zga madaniyatda ishlashi bilan bog’liq muammolar omadsizliklarning sababi bo’ladi.
Mahalliy aholining turistlik diqqatga sazovor joylar, xizmat ko’rsatish elementlari va boshqa obyektlarga etishishi qulay bo’lishini ta’minlash, turistlar oqimini tartibga solish.
Agar mahalliy aholi mavjud tijorat turistlik obyektlardan bemalol foydalana olmasa, ularga ushbu obyektlarga borish uchun imtiyozli narxlar belgilash yoki qimmat bo’lmagan, yoxud subsidiya berilgan obyektlarni taqdim qilish.
Mahalliy aholining turizm borasidagi ma’rifiy bilimlarini oshirish: turizmning foydalari, uni rivojlantirish siyosati va dasturi, mahalliy aholining turizmni rivojlantirishdagi shaxsiy ishtiroki, ushbu tumanga keluvchi turistlar toifalarining xususiyatlari haqida bo’ladi. Buning uchun mahalliy radio, televidenie, matbuot va boshqa imkoniyatlardan foydalanish lozim. Turizm bilan tanishishni maktablar va boshqa o’quv yurtlarining o’quv dasturlariga kiritish zarur.
Turistlarni mahalliy jamoa haqida xabardor qilish: uning odatlari, kiyinish xususiyatlari, madaniy, diniy va boshqa joylarda hulq-atvor qoidalari, suratga tushishda o’zini tutishi, “choychaka” qoldirib ketish amaliyoti, boshqa mahalliy muammolar (jinoyatchilik) haqida. Turistlar mahalliy hulq-atvor qoidalarini bilishlari va ularga rioya qilishlari kerak.
Turizm sohasida, jumladan tillar va hulq-atvor qoidalarini urgatish borasida ham kadrlarni tegishlicha tayyorlash. Bu turitslar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar o’rtasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarni bartaraf yetishga xizmat qiladi. Giyohvandlik jinoyatchilik va fohishabozlikka qarshi kurash tadbirlarini o’tkazish.
Turizmni uning barcha bosqichlarida rivojlantirishni rejalashtirish iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy-madaniy jihatlar va muammolarni har tomonlama hisobga olish hal qilishga asoslanishi kerak.
Turizmning iqtisodiy samaradorligi tahlil yetilayotgan vaqt davomida jonli va buyumga aylangan mehnatni kam sarf qilgan va atrof-muhitni optimal darajada saqlab qolgan holda mamlakat va xorijiy turistlarning tegishli talabiga mos keladigan mahsulotlar va xizmatlarning eng katta hajmini yaratish va joriy qilish uchun ishlab chiqarish va turistlik resurslardan foydalanish darajasi bilan baholanadi.
Turizm sohasining samaradorligi har qanday turmahsulotning pirovard iste’molchisiga bog’liqdir, bu esa o’z navbatida ko’proq iste’molchining turiga va kamroq darajada mahsulotning turiga bog’liq. Turistik xarajatlarga kiruvchi ma’lumotlar turizmni boshqarish asoslarining asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi.
Turizmda menejment samaradorligi deganda tarmoqdagi har bir tashkiliy-xo’jalik bug’inining muvaffaqiyatli faoliyati va rivojlanishini ta’minlovchi boshqaruvni tushunish lozim. Bu o’rinda turizmni boshqarishning samaradorligini biz ikki yo’nalishda ko’rib chiqamiz: iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy samaradorlik.
Turizmni iqtisodiy boshqarish sohasida boshqaruv ta’sirining mohiyati turistik faoliyatdagi xarajatlarni imkon darajasida kamaytirishdan iborat. Turizm sohasida iste’mol turistlarning talabini qondirish uchun zarur tovarlar va xizmatlarning qiymati bilan aniqlanadi.
Nepal Tourism tashkiloti sayohatchilar va mahalliy aholi o’rtasidagi nizolarni oldini olish maqsadida turistlarni qilinishi lozim va mumkin bo’lmagan qoidalar bilan tanishtiradi.4
6. Ijtimoiy turmush darajasi va barqarorlikni rivojlantirish.Ijtimoiy xarajatlar. Takroriy tashriflarning effekti.Jinoyatchilik va turizm
Shunday qilib, xarajatlar turistning safarga tayyorgarlik, safar chog’ida va safar manzilida bo’lgan paytidagi xarajatlarining umumiy yig’indisi sifatida hisoblanadi. AQShda faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlar ichki qonunlarga amal qilgani singari xalqaro bozorlarda ishlovchi firmalar ham ko’p sonli qonunlar va qonuniy hujjatlarga bo’ysinishi kerak. Bu hujjatlar soliq solish, patentlar, mehnat munosabatlari, tayyor mahsulotga qo’yiladigan standartlar, narxning shakllanishi va davlat muassasalariga ma’lumot topshirish masalalarini yoritadi.
Misol uchun, Germaniyada noto’g’ri raqobat to’g’risidagi qonun korxonalarga tovarlarni bozorga siljitish maqsadida mahsulotning idishlariga yopishtiriladigan rag’batlantiruvchi kuponlar va belgilardan foydalanish man etilgan. Amerika kompaniyalari bunday vositalardan ichki bozolarda juda keng foydalanadilar, lekin Yevropa bozori uchun ular iste’molchilarni jalb qilishning boshqa usullarini ishlab chiqishga majburdirlar.
Narxning shakllanishi ko’pincha GATT Dempingga qarshi kodeksi bilan tartibga solinadi. Bu kodeks mamlakatlarga tashqaridan ichki bozorda mavjud narxlardan past narxlar bo’yicha olib kelinayotgan mahsulotlar narxining paski chegarasini o’rnatishga ruxsat berilgan.
1987-yilda yarim o’tkazgichlarni sotishning demping amaliyoti tufayli AQShda Yaponiya elektronika iqtisodiyoti mahsulotlarining ayrim turlari uchun 100 foizi bojxona to’lovi kiritilgan. Xalqaro darajada faoliyat ko’rsatuvchi firmalarning hatti-harakatini tartibga solish maqsadida xorijiy tashkilotlar bilan ishlarda korrupsiya to’g’risida qonun qabul qilingan.
Bu qonun 1977-yilda "Lokxid" va "Nortrop" firmalariga nisbatan ayblovlarga javoban qabul qilingan bo’lib, ayblovlarning asosiy mazmuni quyidagicha: mansabdor xorijliklar bu firmalardan ularning mahsulotini sotishga yordam berish evaziga katta miqdorda pora olishgan. Bu qonun boshqa mamlakatda ish boshlash va faoliyat ko’rsatish maqsadida xorijiy shaxslarga pora berishni noqonuniy hisoblaydi.
Shuningdek, qonun barcha shartnomalar rahbariyat ruxsati bilan tuzilishi va tegishli ravishda ro’yxatga olinishini kafolatlash maqsadida barcha ochiq turdagi hissadorlik kompaniyalarida hisob nazoratining ichki organlarini tuzishni talab qiladi.
Bu qonun AQShda porani qonundan tashqari qo’yadi. Germaniya, Fransiya va Angliyada boshqa mamlakatda beriluvchi poralar nafaqat qonuniy hisoblanadi, balki bu poralarning miqdori soliq solinuvchi miqdordan chiqarib tashlanadi. Bu esa AQShning mavqeiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, 1982-yilda biznes manfaatlarini ko’zlovchi lobbi guruhi bu qonunning qayta ko’rib chiqilishiga erishdi va hozirda qonun xalqaro bitimlar bilan bog’liq hujjatlarni rasmiylashtirishni tezlashtirish maqsadida xorijiy hukumat a’zolariga katta bo’lmagan miqdorda to’lov to’lashga ruhsat beradi. Xaridlarni osonlashtirish va sotuv hajmini qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladigan poralar xanuz noqonuniy hisoblanadi.
Shaxsiy xavfsizlik. Jinoyat ko’rsatkichi yuqori bo’lgan, urush sodir bo’layotgan yoki terroristlardan xavf bo’lgan joylarda bo’lmaslik. Olovning joylashgan o’rnidan xabardor bo’lish.5
Pul va qadrli bo’lgan narsalar:
-naqd pul yo’qolishi ehtimolini kamaytirish sayohatchilar uchun chek sotib oling;
-chek, kredit kartalarni va naqd pulingizni alohida joylarda saqlang;
-qadrli narsalarni mehmonxonada xavsiz joyda saqlang;
-sayohat hujjatlarini asrang;
-asl hujjatlar yo’qolish ehtimoli bo’lgani tufayli nusxa tayyorlab qo’ying;
-favqulotda holat telefon raqamlaridan xabardor bo’ling.
Sog’liq. Mamlakat sayohat uchun xavfsiz, kasalliklardan holi hududligini aniqlash. Mamlakatda sanitariya holatlarini aniqlab oling. (ichimlik suvi olib kelish lozim bo’lishi mumkin). Shaxsiy dori-darmonlarni olib keling. Ovqat va ichimlik suvidan ehtiyot choralarini ko’ring. Gong Kongdan uzoqda sayohat tashkillashtirishni reja qilgan bo’lsangiz Gong Kong Sog’liq bo’limining Sayyohlik sog’liq xizmati vebsaytiga tashrif buyuring.
Sayohatchilar uchun maxsus ehtiyojlar. Ba’zi sayyohlarda sayohat davomida maxsus narsalarga ehtiyoji bo’lishi mumkin. Ba’zan, xizmat ta’minlovchilar mavjud xizmatlarga qo’shimchalarini kiritib moslashtirgan holda turistlar uchun bunday maxsus ehtiyojlarni ta’minlashi lozim. Quyida havo yo’llarining har xil turistlar bilan maxsus xizmatlarni qanday taminlashidagi namunalar berilgan.
Juda muhim odamlar. Muhim sayyohlarga jo’nab ketishdada yoki yetib kelish jarayonlarida maxsus tayyorlangan ishchilar xizmat ko’rsatadi. Jo’nab ketishdada yoki yetib kelishda, muhim sayyohlar oddiy sayohatchilardan farqli ravishda maxsus ko’chib borish va odatlardan foyda ko’rishadi.
Katta yoshdagi sayyohlar. Ular uchun maxsus g’amxorlik bilan ta’minlaydi (maxsus taom). Katta yoshdagilar uchun maxsus o’rindiqlar beriladi va yordamchi xodimlar samolyot yuki tushirish, mehmonxonadan ko’chib kelish va chiqib ketish davomida yordamlashadilar.
Yosh bolalar. Yosh bolalar uchun maxsus taom va o’yinchoqlar bilan ta’minlaydi. Agar bolalar kattalarsiz bo’lsa ular uchun xodimlar belgilanadi.
Nogironlar. Havo yo’llari nogironlarga yo’l boshlovchi itlardan foydalanishga ruxsat beradi. Havo yo’llari nogironlarga agar zarur bo’lsa terapik havo bilan ta’minlaydi. Havo yo’llari va mehmonxonalar agar zarurat bo’lsa maxsus o’rindiqlar bilan ham ta’minlaydi.
Diniy sayohatchilar. Havo yo’llari musilmonlar va yahudiylar uchun alohida taomlar tayyorlaydi. Uchish mobaynida, samolyotda ular ibodat qilish uchun samolyot yo’nalishini so’rashi mumkin. Ular ibodat uchun xona so’rashiga ham ruxsat beriladi.
7.Ijtimoiy xarajatlarning ortishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.Еkologik naflar.Atrof-muhit himoyasiga sarflanadigan xarajatlar.
Turistik xarajatlarning barcha bo’limlarini iqtisodiy tahlil qilish turizm samaradorligini aniqlashning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Turnzmni iqtisodiy boshqarish amaliyotida xarajatlarning 7 asosiy bo’limi mavjud:
-kompleks safarlar;
-turistlarni joylashtirish;
-oziq-ovqat va ichimliklar;
-transport;
-dam olish, madaniy va sport faoliyati turlari;
-do’konlarga borish;
-boshqa xarajatlar.
Atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash uchun yaxshi rivojlangan infrastrukturaga ega ma’lum zonalarda turistlik obyektlarning to’planishi, ekologik obyektlarni doimiy nazorat qilib borish va turizmni rivojlantirishga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan ko’zlangan maqsad uning salbiy ta’sirini yo’q qilish yoki eng kam darajaga tushirishdir.
Ayniqsa, turistlik mavsum avjiga chiqqan paytlarda ekologik muammolar ko’proq vujudga keladi. Ayni shu paytda turizm infrastukturasi zo’riqib ishlaydi, natijada diqqatga sazovor joylar, obyektlar va xizmatlardan xaddan ortiq foydalanish yuzaga keladi.
Ekologik salbiy ta’sirlarni kamaytirish uchun turizm rejalarni ishlab chiqayotganda maxsus choralarni ko’zda tutish kerak. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
-turistlik obyektlar uchun suv va elektr ta’minoti, kanalizasiya, qattiq chiqindilarni yo’q qilish va suv tarnovlari tizimini qurishda loyihalarga qat’iy amal qilish, to’plangan suvlarni tozalash va qayta ishlash, isitish uchun quyosh batareyalaridan foydalanishni keng joriy qilish va sh.k. Rejalarda bundan foyda olgan holda mahalliy aholining ehtiyojlari uchun foydalanishni ham nazarda tutish;
-ekologik toza transpot va yo’l tizimlaridan (elektr dvigatelli avtobuslar) foydalanish, qurilishi tugallanmagan ochiq hududlardan foydalanish, parklar yaratish, turistlik zonalardagi hududlarni obodonlashtirish;
-yerdan foydalanish va obyektlarni rejalashtirishning maqsadga muvofiq tamoyillarini qo’llash, zonalashtirish qoidalari, qurish va arxitekturaviy loyihalashtirish me’yorlariga rioya qilish, reklama jovonlari va peshlavxalarini joylashtirishni tartibga solish;
-turistlik diqqatga sazovor joylar zonalarida keluvchilar oqimini boshqarish, keluvchilarning sonini cheklash yoki ularning kelishini umuman to’xtatib qo’yish. Unda modellashtirish uslublaridan, ya’ni obyektning o’ziga turistlar bormagan holda tegishli diqqatga sazovor joyning nusxasini montaj qilish va ko’rsatish;
-turistlarga kemping zonalari va piyoda yurish so’qmoqlarida daraxtlarni kesishni, kamyob o’simliklarni to’plashni, yovvoyi hayvonlarning tabiiy xulq-atvorini buzishni man qilish;
-faqat nazorat qilinadigan joylardagina baliq ovi va miltiq bilan ov qilishgagina ruxsat yetish;
-ham turistlar, ham mahalliy aholining foydasi yo’lida ekologik, soglomliq va xavfsizlik me’yorlarini tayyorlash.
8.Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish ketma-ketligi. Doimiy ekologik restruktizatsiyalash. Turistlarning harakati. Bevosita va bilvosita ta’sirlar. Ijtimoiy-madaniy ta’sirni boshqarishning maqsadi va mohiyati.
Turizm va atrof-muhit o’zaro bog’langan, jismoniy muhit (tabiiy va inson tomonidan yaratilgan) ko’plab xushmanzara elementlarga ega bo’ladi, lekin turistlik faoliyat bu muhitga ham ijobiy va salbiy ekologik ta’sir ko’rsatishi mumkin. Turizmni rivojlantirish va uni boshqarishni shunday amalga oshirish kerakki, o’tkazilgan jarayonlar atrof-muhitni buzishga xizmat qilmasin, balki u bilan uyg’unlashib ketishi kerak.
Agar turizm zarur darajada rejalashtirilsa va boshqarib borilsa, u katta ekologik jihatdan ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi. Tabiiy hududlar, o’simliklar va hayvonot olamini muhofaza qilish, milliy (mintaqaviy) parklar va qo’riqxonalar, boshqa turistlik diqqatga sazovor joylarni rivojlantirishni asoslash va mablag’ bilan ta’minlashga xizmat qilish. Bu chora atrof-muhitni muhofaza qilish uchun cheklangan mablag’larga ega mamlakatlar va mintaqalarda samara beradi.
Arxeologik va tarixiy obyektlarni saqlashni ular buzilib ketmasligi yoki umuman yo’qolib ketmasligi uchun asoslab berish va mablag’ bilan ta’minlash.
Turistlar keladigan joylarnining jozibadorligi, tozaligi va ifloslanmasligini ta’minlay borib atrof-muhitning sifatini yaxshilash. Muvaffaqiyatli joylashgan turistlik obyektlar ham shahar va qishloq ko’rinishini bezashi mumkin. Atrof-muhitning sifatini yaxshilash, o’z navbatida infrastrukturaning (suv ta’minoti, quvur yo’llari va qattiq chiqitlarni yo’q qilish). Mahalliy aholi, ayniqsa yoshlarning ekologik ma’rifati darajasi oshishiga ko’maklashish. Turizmning salbiy ta’sir oqibatlariga quyidagilar kiradi:
-quvur yo’llari va qattiq chiqindilarni yo’q qilish tizimining noto’g’ri rivojlanishi oqibatida suvlarning ifloslanishi;
-noto’g’ri joylashgan turistlik obyektlar, ularning mahalliy landshaft va chiroyli ko’rinishlar bilan uyg’unlashmaganligi, juda katta va yaltiroq reklama peshlavhalaridan foydalanish va boshqalar tufayli landshaftlar estetikasining yomonlashuvi;
-turistlik zonalarda ichki yonish dvigateliga ega transport vositalaridan haddan ortiq foydalanish, shuningdek shovqinlarning ko’pligi (samolyotlar, transport vositalarining xaddan ortiq ko’p to’planishi va sh.k.);
-tabiiy joylar va turistlik obyektlardan chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqib ketish muammosi;
-turistlar oqimi foyda keltirmaydigan bo’lgani, turistlik obyektlarning asoslanmagan holda qurilishi oqibatida tabiiy zonalar ekologiyasining buzilishi. Ekologik jihatdan alohida zaif bo’lgan qirgoqbo’yi, dengiz, tog’ va sahro ekotizimlari;
-noto’g’ri foydalanish, turistlar oqimining haddan ortiq ko’payib ketishi yoki maqsadga muvofiq bo’lmagan qurilishlar tufayli arxeologik va tarixiy yodgorliklarga zarar yetishi;
-yerdan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan va turistlik obyektlar va korxonalarni muvaffaqiyatsiz rejalashtirish, joylashtirish, loyihalash va qurish oqibatida yuzaga keladigan ekologik tavakkallar va muammo.
Shunday qilib, barcha bosqichlarda turizmni rivojlantirishni rejalashtira turib, ekologiyaga salbiy ta’sirlarni kamaytirish bo’yicha har tomonlama tadbirlarni nazarda tutish, moliyaviy ta’minlash va samarali rejalashtirishni amalga oshirish zarur.
Atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini hisobga olgan holda ekologik rejalashtirish tamoyillarini amalga oshirish ko’plab ekologik muammolarning oldini olishga xizmat qiladi. Atrof-muhitga ta’sirni baholashni turizmni rivojlantirishning har bir aniq loyihasi bo’yicha amalga oshirish zarur. Agar birorta ko’rib chiqilayotgan loyiha ekologiyada salbiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlansa, uni tuzatishlar kiritmay turib tasdiqlash mumkin emas. Turizmni rivojlantirishning barcha bosqichlarida bu choralarini qo’llash tartibi mamlakat qonunlari bilan belgilanadi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish ta’sirning barcha turlarini - ekologik-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy ta’sirlarni rejalashtirish jarayonini tula qamrab olishi kerak.
Butunjahon turistik tashkilotining turizm uchun global etnik qoidalarga asoslangan sayohatchining harakatlari qoidalari.6 UNWTOning “Global Turizmga Etnik kodga asoslangan holda turistlar o’zaro chidamga erishish va odamlar o’rtasidagi huquqqa asoslangan farqlar, madaniyat va ular xilma-xilligini o’rganish uchun o’zlarini tutishida asosiy rol vazifasini olishlari kerak. Tajriba oshirishda kimningdir sayohatini tashkil qiluvchi bir necha asosiy nuqtai nazarlar quyidagilar:
boshqa madaniyat va an'analarga fikrlaringizni keng qiling. Bu sizning tajribangizni oshiradi, siz hurmat qozonasiz va osnlik bilan mahalliy odamlarga manzur bo’lasiz. Chidamli bo’ling va ko’pchilikni hurmat qiling, jamoani kuzating va madaniy an'analar va harakatlarini ham.
-inson haq-huquqlarini hurmat qiling- turizmni fundamental maqsadlari bilan har qanaqa to’siqlarda ekspluatatsiya. Bolalar jinsiy ekspluatatsiyasi ma'lum bir joylarda jinoiy javobgarlik yoki jinoyatchining tug'ilgan joyida bo’ladi.
-tabiat atrof-muhitni saqlashga ko’maklashing. Harakatlar artistik, arxeologik va madaniy merosga hurmat ko’rsatib olib borilishi kerak.
-sizning sayohatingiz iqtisodiyot va jamiyat rivojiga hissa qo’sha olishi kerak. Mahalliy qo’l ro’molchalarini va xolis savdo prinsiplarini foydalanishda mahalliy ekonomiyani qo’llab-quvvatlash uchun mahsulotlar sotib oling. Mollarni arzon narxda xarid sof daromadning tushunilishiga ta'sir o’tkazishi kerak.
-o’zingizni hududlarning hozirgi sog'lomlik darajalari bilan tanishtirish va markazdan oldin konsul servislari, favqulotda holatlarga huquq oling va sog'lig’ingiz to’g'risida kafolatlaning va shaxsiy himoyangiz tahdidga olib kelinmaydi. Maxsus talablar (dieta, aloqa va tibbiy ko’rik). Sayohatdan oldin hammasi to’liq ekanigiga ishonch hosil qiling.
-bormoqchi bo’lgan manzil haqida ko’p o’rganing va ilarning madaniyati, qoidalari va an’analarini tushunishga vaqtingizni ayamang. Mahalliy aholini oyoq osti qiladigan harakatlardan yiroq bo’ling.
-tashrif etadigan yeringizda qonun orqali jinoyat hisoblanadigan ya'ni siz bajarmasligingiz kerak bo’lgan harakatlar bilan tanishib chiqing. Mamlakat qonun-qoidalariga zid bo’lgan yoki xavfli barcha noqonuniy savdo-sotiq, nojoiz dorilar, qurol-yarog’lar, antikvarlar, himoyalangan hayvonlar va mahsulotlardan o’zingizni to’xtating.
Turizm mahalliy aholi va uning madaniy hayotiga ijobiy ta’sir ko’rsatish bilan birga, salbiy ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Har qanday bosqichda turizmni rivojlantirishni rejalashtirishda ijtimoiy-madaniy ta’sirlarning sabablarini albatta hisobga olish zarur. To’g’ri darajada rejalashtirilgan, rivojlantirilgan va boshqarilganda turizm sohasi quyidagi ijtimoiy-madaniy foyda keltiradi:
-mahalliy aholining turmush darajasini oshirish va kommunal obyektlar va xizmatlarni yaxshilash uchun qo’shimcha mablag’lar ajratilishiga ko’maklashadi;
-tegishli turistlik tumanning madaniy merosini saqlab qolish, musiqa, raqs, xalq ogzaki ijodiyoti, san’at va hunarmandchilik turmush tarzi, iqtisodiy faoliyatning an’anaviy turlari va arxitektura usullari bilan bog’liq madaniy meroslarning rivojlanishiga yordamlashadi;
-turistlik faoliyat mablag’lari tomnidan ta’minlanadigan hamda ulardan mahalliy aholi foydalanishi mumkin bo’lgan muzeylar, teatrlar va boshqa madaniy obyektlarning yaratilishi va qo’llab-quvvatlanishiga xizmat qiladi;
-turistlar tomonidan yuqori baho berilishi tufayli mahalliy aholining o’z madaniyati uchun faxr tuyg’usini kuchaytiradi, ba’zan qayta tiklaydi;
-turistlar va mahalliy aholi o’rtasida madaniyat sohasidagi almashishalarni ta’minlaydi. Bunga ko’pincha turizmning bilib olish uchun borish, qishloq turizmi va mahalliy aholining xo’jaligini borib ko’rish dasturlari kabi turlari yordamlashadi.
Ijobiylari bilan birga, ijtimoiy-madaniy tusdagi salbiy ta’sirlar ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, ayniqsa mavsum avjiga chiqqan paytida turistlarning haddan ortiq to’planishi. Bunday paytlarda diqqatga sazovor joylar, xizmat ko’rsatish obyektlari, restoranlar, magazinlar, transport vositalari turistlar bilan o’lib-toshgan bo’ladi va bu mahalliy aholi uchun katta noqulayliklar keltirib chiqaradi.
-turistlar oqimining haddan ortiqligi muhim arxeologik va tarixiy yodgorliklar holatining yomonlashuviga olib keladi. Masalan, haddan ortiq tijorat faoliyati mahalliy odatlar, rasm-rusumlar, musiqa, raqslar, hunarmandchilik va boshqa madaniy modellarning o’ziga xos xususiyati yo’qolishiga olib kelishi mumkin. Mahalliy aholida, ayniqsa yoshlarda bunday vaqtlarda turistlarning xulq-atvori va qiyinishiga taqlid qilishga qiziqish uyg’onadi.
-bundan tashqari, turistlar va mahalliy aholi o’rtasida ko’pincha til va hatti-harakat o’rtasidagi farqlar tufayli tushunmovchiliklar va nizolar kelib chiqishi mumkin; turizm giyohvandlik alkogolizm, jinoyatchilik va fohishabozlik bilan bog’liq ijtimoiy muammolarni chuqurlashtirishga xizmat qilishi ham mumkin.
-madaniyatni saqlab qolishning uslublaridan biri sifatida turizmdan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish mazkur sohadagi salbiy ta’sirlarini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi. Lekin, turizmni rivojlantirish variantlarini tanlab olishda buning uchun qanday yondashuv eng mos tushishini aniq belgilab olish zarur. Rejalashtirishda quyidagi aniq choralar nazarda tutiladi.
-mahalliy raqslar, musiqa, folklor, san’at, hunarmandchilik va kiyim-kechakning o’ziga xosligini, hatto ular ba’zan turistlarni yanada ko’proq jalb etish uchun zamonaviylashtiriladigan bo’lsa ham, saqlab qolish. Rasm-rusumlar va marosimlarning ba’zi turlari, masalan diniylarini, turistlar uchun deb o’zgartirmaslik kerak va bunday marosimlarga turistlarning qo’yilishi qat’iy nazorat qilinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |