2.Iqtisodiy birlik va turli-tumanlik. Bandlik (bevosita va bilvosita). Hududiy rivojlanish
Iqtisodiy yo‘nalishdagi birlashma Fransiyadagi jismoniy va yuridik shaxslar birlashmasi bo‘lib, foyda ketidan quvishni emas balki, shunday birlashma a’zolariga yordam berishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan. Bunday birlashmalar uchun boshlang‘ich mablag‘ni tashkil etish shart emas.
Kerakli manbalar, zayom obligatsiyalari chiqarishdan foydalanishadi. Bunday firma ishlab chiqarish mahsulotlarni birgalikda realizatsiya qilish, sanoatni ixtisoslashtirish va shirkatlashtirish, hamkorlikdagi tekshiruv ishlarini olib borish, o‘zaro xizmat ko‘rsatish, moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat va savdo tashkilotlari tomonidan foydalaniladi.
Bandlik quyidagi turlari farqlanadi:
-to’g’ridan-to’g’ri - bevosita turistlik korxonalarda yaratilgan ishchi o’rinlari (mehmonxonalar, restoranlar, transport vositalari, turistlar uchun do’konlar, turistlik agentliklar, sayohatlar byurolari va x.k.);
-bilvosita - turizm bilan turdosh sohalarda (qishloq xo’jaligi, transport, baliqchilik sanoat korxonalari va boshqalar)gi ishchi o’rinlari;
-qurilish va turistlik infrastruktura sohasidagi bandlik.
3. Rasmiy va norasmiy sohalar (sektorlar) Iqtisodiy xarajatlar. To‘g‘ri moliyaviy xarajatlar
Bugungi kunda respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni mustahkamlashdagi muammolarni hal qilish milliy hisoblar tizimi asosida amalga oshiriladi. Ushbu tizim millatlararo hisobot tajribasidan kelib chiqqan holda hozirgi zamon iqtisodiy rivojlanish, uning qonuniyatlari va yo‘nalishlarini tasvirlashga asoslangan.
Umuman, milliy hisoblar tizimiga o‘tish natijasida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini xalqaro standartlar metodologiyasi asosida hisoblash imkoniyati tug‘iladi, xalqaro taqqoslashlar muammolari yechiladi hamda respublikaning jahon hamjamiyatiga kirib borishga keng yo‘l ochiladi. Respublikamizda milliy hisoblar tizimini joriy qilishda Yevropa metodologik tamoyillari va yondashuvlariga asoslanilgan.
Tovarlar va xizmatlar bozorining tarkibiy qismlaridan biri xizmat ko‘rsatish va servis sohasi milliy hisoblar tizimi asosida guruhlanib, servis sohasining u yoki bu davlat umumxo‘jalik mexanizmidagi o‘rnini yanada aniqroq belgilashda davlat statistik hisobida ishlatiladigan yondashuv ishlatiladi.
Jumladan, milliy hisoblar tizimiga ko‘ra bu sohaning quyidagi sektorli guruhlarga ajratilishi belgilangan:
-birinchi sektor. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish, baliq ovlash, ovchilik, o‘rmonchilik sohalari. Bu yerda ishchilar biotabiiy resurslar bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, jamiyat uchun zarur bo‘lgan biologik xom ashyo, o‘simlik materiallari va mahsulotlarni yetkazib beradilar.
-ikkinchi sektor. Industrial tarmoqlar, ya’ni qazib oluvchi, sanoat, shuningdek qurilish industriyasi, elektr, suv va tabiiy gaz resurslarini ishlab chiqarish va jo‘natish sohalari. Bunda ishchilar tabiiy boyliklarni ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlar uchun tayyorlash va o‘zgartirish bilan ish ko‘radilar, sanoat ishlab chiqarilishida ishtirok etib, mexanizmlar, kundalik talab tovarlarni yaratadilar, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradilar, turli texnik inshootlar va sanoat komplekslarini quradilar.
-uchinchi sektor. Xizmatlar sohasi. Bu erda ishchi-xodimlar kishilar va ishlab chiqarish jamoalari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan o‘ziga xos ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljal oladilar. Bunga transport va aloqa, savdo, davlat ma’muriyati, ta’lim, huquqiy himoya, muhandislik-maslahat xizmatlari va aholiga ko‘rsatiladigan maishiy xizmatlar tegishli bo‘ladi.
Shu bilan birga, milliy hisoblar tizimi bo‘yicha servis faoliyatini ba’zi segmentlari va ularning tavsifi noma’lum xususiyatga ega bo‘lib, ular uchlamchi va ikkilamchi sektorga tegishli bo‘ladilar. Masalan, transport, qurilish, elektr va suv ta’minoti va aloqa infrastruktura bo‘g‘inlarini tasniflash murakkab bo‘lib, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda bir xil bo‘lgan muhimlik ahamiyatga ega bo‘ladilar.
Ayniqsa, oxirgi yillarda xizmat ko‘rsatish amaliyoti uchlamchi sektorning kengayishi, uning differensiatsiyalanishi va yangi segmentlarning paydo bo‘layotganligidan dalolat bermoqda. Bu sektorning kengayishi natijasida navbatdagi sektorlar alohida ajratilmoqda:
-to‘rtinchi sektor. Ilmiy-tadqiqot, axborot va telekommunikatsion xizmatlar.
-beshinchi sektor. Yuqori intellektual ijodiy mehnat faoliyati.
Turizm sanoatning davlat sektorlari mavjud joylarni turistik rivojlantirishni qo’llab quvvatlaydigan yoki uni rivojlanatirish maqsadida keng qamrovli hizmatlarni ta’minlaytigan ba’zi turizm tashkilotlari va davlat idoralari hisoblanadi. Davlat sektor tashkilotlari o’z navbatida davlat tomonidan moliyalashtiriladigan davlat idoralari (misol uchun, Gong Kong Turizm Tashkiloti) va ushbu davlat idorasi nazorati ostidagi tashkilotlari tomonidan tashkillashtirilgan boshqa nodavlat tashkilotlariga bo’linadi.3
Umumiy hollarda, har xili tashkilotlar va bo’limlar o’zlarining alohida yagona o’rniga ega va o’zlarining turizmga tegishli maxusu majburiyatlari va funksiyalarini amalga oshiryaptilar. Shaxsiy korxonalardan farqli tomoni, ularning asosiy maqsadi foyda uchun emas, balki jamiyat uchun kengroq ijtimoiy va iqtisodiy yordam berish, ya’ni turizm va tashrif buyuruvchilar va mahalliy aholi tomonidan foydalaniladigan turizm imkoniyatlari va qulaylikarini yaxshilash orqali yangi ish o’rinlari yaratish.
Turistik firmaning bosh maqsadi foyda olishdir. Shu maqsadni amalga oshirish xarajatlarning miqdori va firma yaratgan xizmatlarga bo‘lgan talab bilan bog‘liq. Turistik xizmatlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarga sarflar turistik xarajatlar deyiladi.
Firma o‘z faoliyatini yuritish uchun tashqaridan resurslar sotib oladi va pulli xizmatlardan foydalanadi. Shuningdek, firma ilgari sotib olgan resurslarni (binolar, mashina, xilma xil uskunalar va boshqalar) ishlatadi. Ularga ham xarajat qilingan. Bundan tashqari, firma ijara haqi, banklardan olgan qarzi uchun foiz to‘lab turadi. Shundan kelib chiqqan holda xarajatlar ikki turga bo‘linadi:
tashqi xarajatlar, o‘z xizmatlarini yaratish uchun zarur narsalarni (ish haqi, yoqilg’i, transport, aloqa, soliq uchun to‘lanadigan pul) o‘z ichiga oladi;
ichki xarajatlar binolar, asbob-uskunalar va boshqa sarflarning hammasini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |