"Tashkilotning tashqi muhiti bugungi kun rahbarlari uchun
muammolar manbaiga aylanib bormoqda. Jamiyat uchun eng muxim
tashkilotlar - biznes, maorif, davlat - rahbarlari jaxonda sodir bo‘lgan
yaqindagi voqealar ta’sirida tez o‘zgarayotgan tashqi muxitga va uni
tashkilotning ichki tuzilishiga ta’siriga diqqat-e’tiborini qaratishga majbur
bo‘ldilar".
Tashkilotning raqobatbardoshligi va yashovchanligi rahbarlarga
bog‘liqligi uchun, menejer tashqi muhitda uning tashkilotiga ta’sir ko‘rsatadigan
muhim omillarni aniqlashni bilishi majbur. Tashqi omillarning ahamiyati har bir
tashkilot uchun va bir tashkilot doirasidagi bo‘limlar uchun ham har-xil. Barcha
tashqi omillar ichida menejer o‘z tashkilotiga taallukli omillarni ajratib, ularni
hisobga olish zarur.
* Tashkilotga aloqador tashqi muxit omillarini ikki guruxga ajratib o‘rganish
mumkin: bevosita ta’sir etuvchi muxit va bilvosita ta’sir etuvchi muxit. Bevosita
ta’sir muxiti o‘z ichiga tashkilot jarayonlariga bevosita ta’sir etib va ushbu
jarayonlarning ta’sirini o‘zida aks ettiradigan omillarni oladi. Bunday omillarga
xom-ashyo va materiallar etkazib beruvchilar, mehnat resurslari, qonunlar va davlat
tartibot muassasalari, iste’molchi va rakobatchilar kiradi.
Bilvosita ta’sir muxitiga jarayonlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri va darxol ta’sir
etmasa ham, ma’lum darajada ahamiyatga ega omillar kiradi. Bu erda so‘z
iqtisodiyotning holati, fan- texnika tarakkiyoti, ijtimoiy-madaniy va siyosiy
o‘zgarishlar, guruxlar manfaatlari ta’siri hamda boshqa mamlakatlarda ruy bergan
tashkilot uchun ahamiyatli voqealar kabi haqida ketmoqda.
Tashkilot tashqi muxitining barcha omillari bir-birlariga o‘zaro bog‘liq,
o‘zgaruvchan va tashkilotga turli darajada ta’sir ko‘rsatadilar. Tashqi muxit
omillarining o‘zaro bog‘liqligi – bu bir omilning o‘zgarishi boshqa omillarga ta’sir
etish kuchi darajasidir. Bu narsa, ayniqsa, jaxon bozorida ahamiyatlidir.
Tashqi muxitning yana bir jixati - uning murakkabligidir. Tashqi muxitning
murakkabligi deyilganda, tashkilotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar soni va ularni
o‘zgarib turishi darajasi tushuniladi. Muxitning harakatchan igi - tashkilot atrofida
sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tezligi. Harakatchanlik tashkilotning ayrim bo‘limlari
uchun yuqori, ayrimlari uchun past bo‘lishi mumkin. Muxitning harakatchanligi
qarorlar qabul qilish jarayonini kiyinlashtiradi, chunki bunda ko‘p miqdorda turli xil
ma’lumotlar ilab etiladi. Ma’lum bir omil haqida tashkilot ega bo‘lgan ma’lumotlar
miqdori, hamda ushbu ma’lumotlarning ishonchlilik darajasi tashqi muxitning
noaniqlik darajasini ifodalaydi. Tashqi muxit qanchalik noaniq bo‘lsa, samarali
qarorlar qabul qilish shunchalik kiyinlashadi. Halkaro muxitda faoliyat ko‘rsatuvchi
tashkilotlarga madaniyat, iqtisodiyot, qonunchilik va siyosiy holatdagi farklarni
tushunish va hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |