5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish Reja



Download 226,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana08.01.2022
Hajmi226,66 Kb.
#334503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5- мавзу (1)

Ichki o‘zgaruvchilar

- bu tashkilotning ichidagi vaziyatli omillar. Rahbarlar 

diqqatini  talab  qiladigan  asosiy  ichki  o‘zgaruvchilarga 

maqsadlar,

 

masalalar, 



struktura, insonlar va texnologiya

 kiradi. 

Tashkilot ta’rifining o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu umumiy deb tushunilgan 

maqsadlarga ega odamlar guruxi. Tashkilot odamlar oldidagi maqsadlariga yakka-

yakka holda erisha olmaganda, ya’ni buning uchun jamoa (birgalikda) faoliyat talab 

etilganda, tashkil topadi. 

 

Maqsadlar 

-  bu  tashkilot  erishmoqchi  bo‘lgan  aniq  pirovard  natijalar 

bo‘lib, ular rahbariyat tomonidan faoliyatni rejalashtirish davomida ishlab chiqiladi. 

Bu  muvofiklashtirish  mexanizmi  bo‘lib  xizmat  qiladi,  chunki  tashkilot  a’zolariga 

ular nimaga intilishlari zarurligini bilish imkoniyatini beradi. 

Turli  tashkilotlarning  maqsadlari  turlidir.  Masalan,  tijorat  va  notijorat 

tashkilotlarning  maqsadlari  bir-biridan  fark  qiladi.  Yirik  tashkilotlar  bir-birlarini 

tuldiruvchi  ko‘plab  maqsadlarga  ega.  Rahbarlarning  barcha  kelgusi  qarorlari 

maqsadlar aniqlab bergan yo‘nalishda qabul qilinadi va bajariladi. Tashkilot singari, 

uning  tarkibiy  qismlari  ham  o‘z  maqsadlarini  ishlab  chiqishadi.  Bu  maqsadlar 

tashkilotning  umumiy  maqsadiga  mos  bo‘lishi,  uni  rivojlantirishi  va  bir-birlariga 

qarama-karshi bo‘lmasligi zarur. 




Tashkilotning yana bir ichki o‘zgaruvchisi - bu 

masalalar,

 ya’ni belgilangan 

usul bilan aniq muddatda bajarilishi kerak bo‘lgan ish, ishning bir qismi yoki ishlar 

ketma-ketligidir. Masalalar turlari to‘g‘risida biz oldingi ma’ruzalarda aytib o‘tgan 

edik, ya’ni ular 3 turga bo‘linadi: 

 - buyumlar (mashina, jixozlar) bilan ishlash; 

 - odamlar bilan ishlash; 

 - ma’lumotlar bilan ishlash. 

Masalalar tashkilotning maqsadlariga va mehnat qanday taqsimlanganligiga 

bog‘liq. 

Turtinchi  muxim  o‘zgaruvchi-  bu  texnologiyadir.  Lyuis  Deyvis  [l]  bergan 

ta’rifga ko‘ra 



"Texnologiya 

— bu materiallarda, axborotlar yoki odamlarda istalgan 

(xoxlangan)  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan  malakaviy 

ko‘nikmalar,  asbob-uskunalar,  infrastruktura,  jixozlar  va  zaruriy  texnik  bilimlar 

yig‘indisidir". 

Masalalar va texnologiya bir-birlariga bog‘liq, chunki birinchisini bajarish 

konkret texnologiyadan foydalanishni o‘z ichiga oladi. 

Texnologiya  o‘z  rivojlanishi  davomida  5  ta  yirik  o‘zgarishni  boshidan 

kechirdi: 

 - sanoat inqilobi; 

 - standartlashtirish va mexanizatsiya; 

 - yigma konveyer liniyalar; 

- bio va plazma texnologiyalari; 

- nanotexnologiyalar va telekommunikatsiya texnologiyalari. 

Bu  innovatsiyalar  masalalarning  mazmuni  va  moxiyatigagina  emas,  balki 

butun  boshqarish  jarayoniga  katta  ta’sir  ko‘rsatdi.  Texnologiyalar  turlanishi 

(klassifikatsiyasi)  ning  mavjud  tizimlaridan  ko‘proq  ma’lum  bo‘lgan  tizim 

Dj.Vudvord [l ] taklif etgani bo‘lib, unga ko‘ra barcha ishlab chiqarish firmalarining 

texnologiyalari 3 xil turga bo‘linadi: 

1) Donalab, mayda seriyalab yoki individual ishlab chiqarish; 

2) Ommaviy yoki yirik seriyalab ishlab chiqarish; 



3) Uzluksiz ishlab chiqarish. 

Djeyms Tompsoning ta’rifiga ko‘ra [ l] texnologiyalarni quyidagi uch turga 

ajratish mumkin: 

1.  Ko‘p  buginli  texnologiyalar  -  birin-ketin  bajariladigan,  o‘zaro  bog‘liq 

masalalar to‘plami bilan xarakterlanadi. 

2.  Vositachilik  texnologiyalari  -  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lgan  yoki  bo‘lishi 

istalgan odamlar guruxlarining uchrashuvlari bilan xarakterlanadi. 

3.  Intensiv  (jadal)  texnologiya  -  ishlab  chiqarishga  kelib  tushayotgan  aniq 

materiallarda  ma’lum  o‘zgarishlarni  sodir  etish  uchun  qo‘llaniladigan  maxsus 

usullar, ko‘nikmalar yoki xizmatlar majmuidir. 

*Texnologiyaning  har  bir  turi  o‘z  afzalliklariga  ega  va  aniq  maqsad  va 

masalalarni eng yaxshi yo‘l bilan bajarishga mos keladi. 

 Tashkilotning  keyingi  ichki  o‘zgaruvchisi  - 

odamlar

  bo‘lib,  ularsiz  har 

qanday  ilg‘or  texnologiya  foydasiz  bo‘lishi  va  hech  qanday  masala  (ish) 

bajarilmasligi mumkin. 

Rahbarlar  insonlarning  xatti-harakatlari  masalalarini  uch  xil  nuqtai 

nazardan:  alohida  shaxslar  sifatida,  guruxlar  sifatida  va  sardorlar  sifatida  harakat 

qiluvchi shaxslar nuqtai-nazardan o‘rganadilar. 

Insonlarning  individual  xatti-harakatlari  qobiliyat,  iktidor,  munosabatlar, 

ehtiyojlar,  kadriyatlar,  kuzatishlar  va  tushunish  kabi  muxim  jixatlarga  bog‘liq. 

Rahbariyat  shakllantiradigan  muxit  ko‘p  xollarda  ishlovchilarning  xatti-

harakatlariga  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  *Demak,  rahbarlar  bu  muxit  ni  tashkilot 

maqsadlariga erishishiga imkon berishini ta’minlashga harakat qilishlari kerak. 

Tashkilotninig  barcha  ichki  o‘zgaruvchilari bir-birlaridan  alohida  qurilishi 

mumkin emas, chunki bir omilning katta o‘zgarishi boshqa omillarga ham ma’lum 

darajada  ta’sir  ko‘rsatadi.  Bunda  ushbu  ta’sir  ayrim  o‘zgaruvchilariga  ijobiy, 

ba’zilariga  salbiy  mazmun  berishi  mumkin.  SHuning  uchun  ichki 

o‘zgaruvchilarning  o‘zaro  bog‘lanishlar  moxiyatini  tushunish  zarur.  Tizimlar 

nazariyasiga  asosan  -  tashkilot  bu  o‘zaro  bog‘liq  qismlardan  iborat  yaxlitlikdir. 




Tashkilot  tarkibiy  qismlarini  o‘zaro  bog‘liqligini  quyidagi  modelda  ko‘rsatish 

mumkin. 


 

       


                                           T A SH K I L O T 

                                             TEXNOLOGIYA 

 

ODAMLAR                          MAQSADLAR                                       STRUKTURA 



 

 

                                             MASALALAR 



 

 


Download 226,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish