3. Tanqidiy fikrlashga o‘rgatish usullari
Tanqidiy fikrlash asoslari uch bosqich (faza)dan iborat bo‘ladi, bular: chaqiriq (da’vat), anglash, fikrlash (mulohaza) bosqichlaridir.
Tanqidiy fikrlash “chaqiriq” deb ataladigan bosqichdan boshlanadi, uning davomida o‘quvchilarning qiziqishi uyg‘onadi, zarur savollar tug‘iladi va bunday bilimlarni olish uchun sabablar shakllanadi. Shundan keyin ma’noni anglash bosqichi keladi, uning davomida o‘kuvchilar izlash uchun rag‘bat oladilar, ba’zi hollarda bunga o‘rganadilar ham. Fikrlash bosqichi kulminatsiya bo‘lib hisoblanadi, uning davomida o‘quvchilardan o‘z bilimlarini umumlashtirish, bilib olgan narsalarni bungacha bilgan narsalari bilan taqqoslash, ularning savollariga javoblarni qay darajada olganiga qarab baholash (va zaruratga qarab yangi savollarni shakllantirish), bilgan narsalarini yanada katta muammolarga qo‘llash, bilib olgan narsalarini munozara qilish va himoya qilish kabilar iltimos qilinadi.
Chaqiriq bosqichining ahamiyati shundan iboratki, unda yangi bilimlar, o‘zi mustaqil tanlagan maqsad uchun intilish anchagina kuchli bo‘ladi. Chaqiriq bosqichida faoliyatning bir nechta bilim beruvchi muhim turlari amalga oshiriladi. Birinchidan, o‘rganuvchi mazkur mavzu to‘g‘risida bilganlarini tiklashda faol ishtirok etadi. Bu esa uni o‘z bilimlarini tahlil qilishga va tez orada batafsil ko‘rib chiqiladigan mavzu haqida o‘ylashni boshlashga majbur etadi. Boshqa ikkita bosqich tushuntirilganidan keyin dastlabki harakatning ahamiyati ravshanroq bo‘ladi.
O‘quvchilarni bilganlari to‘g‘risida o‘ylashlariga ko‘maklashish, qiziqish uyg‘otish amalga oshadi. O‘quvchilar yangi bilimlar qo‘shilishi mumkin bo‘lgan o‘z bilimlarining darajasini aniqlaydi. Agar bilim odam bilgan va tushunganlar kontekstida olingan bo‘lsa, puxta bo‘ladi. Agar axborot o‘quvchiga oldingi bilimlar bilan bog‘lanmasdan berilsa, u tez yo‘qolib ketadi.
Ta’lim jarayoni – yangilarni ma’lum bo‘lganlar bilan bog‘lash jarayonidir. O‘quvchining yangi tasavvurlari ilgarigi bilimlari va tasavvurlari asosida quriladi. O‘quvchilarga ilgarigi bilim va tasavvurlarini tiklashga yordam berib, yangi axborotlarni uzoq muddatga tushunish uchun keng asoslar yaratish mumkin.
Chaqiriq bosqichining ikkinchi maqsadi – o‘rganayotganlarni faollashtirishdan iboratdir. Ta’lim – intilish talab etadigan faoliyat turidir.
O‘quvchilar yangi axborotni ongli, puxta tushunishlari va yangi axborotga tanqidiy yondashishlari uchun ta’lim jarayonida faol qatnashishlari kerak. O‘quvchi belgilangan maqsad asosida o‘ylab, fikrlarini o‘z so‘zlari bilan ifodalash orqali faollashadi. Bilimlarni namoyish qilish (o‘ziga va sherigiga) og‘zaki yoki yozma nutq yordamida, faol fikrlash orqali sodir bo‘ladi. Shunday qilib, ilgari olingan bilimlar anglash darajasiga olib chiqiladi. endi ular yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun negiz bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘quvchilarga yangi axborotni avval bilganlari bilan samarali bog‘lashga imkoniyat beradi, chunki chunki tushunish uchun kontekst paydo bo‘ldi.
Chaqiriq bosqichining uchinchi maqsadi – bunda taklif etilgan mavzuni ko‘rib chiqishga qiziqish tug‘diriladi va maqsad aniqlanadi. Qiziqish va maqsadning bo‘lishi o‘quvchilarning faolligini yanada oshiradi. Maqsadni aniqlash ta’limda eng muhimdir.
Maqsad ikki xil bo‘ladi: o‘qituvchi tomonidan yoki taklif etilgan matnda qo‘yilgan maqsad va o‘quvchi mustaqil ravishda tanlab olgan maqsad. Mustaqil ravishda tanlangan maqsadlar, tashqaridan majburiy kiritilgan maqsadlardan kuchliroq bo‘ladi. SHaxsiy qiziqish shaxsiy maqsadni belgilaydi. Agar barqaror qiziqish bo‘lmasa, o‘kuv faoliyatining motivatsiyasi pasayadi. Umuman olganda o‘quvchi o‘z savollariga javob olishi orqali haqiqiy tushunishga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |