Strategiyani ishlab chiqish- ya’niki boshqa kech qamrovli muammolarga yo’naltirilgan bo’lib boshqa bir ayni sohalardagi muammolarni hal qilishga yetarli darajada egiluchan bo’lishi kerak.
Rejalashtirish vaoldindan qilingan maqsadlarni hisobga olgan holdastrategiyalarni amalga oshirish- shu oqibatida resurslardan samarali va oqilona foydalanishiga olib kelish. Strategiyalar to’g’ri ishlayotgani ustidan doimiy kuzatuv va baholash mehanizmi mavjud bo’lishi.
Ya’ni shubhasiz har qanday soliq boshqaruvi jarayoniga murakkablik tug’diradi.agar strategiyalar ish bermay qolsa, unda ular modifikatsiya qilinishi yoki vaziyat/holat o’zgarsa ularga (9) bo’limdagi mehanizmdan foydalangan holda o’zgartirishlar kiritilishi lozim. Bir qancha kalit ijro ko’rsatkichlari bo’lishi bilan birga soliq to’lovchilarning xulq atvori va shu butun boshli soliq muhiti tahlil qilinishi kerak3.
Kuzatuv va tahlil natijalari umumiy tarzda soliq strategiyasining davomiy tahlili sifatida qaytarilishi lozim.
Soliqboshqaruvi Ko’plab davlatlarda soliq bilan bog’liq muammolarni hal qilishi bo’yicha organ mavjud. Buyuk Britaniyada bu HM daromad va bojxona (HMRC) deb nomlanadi. HMRC 2005 yil 18 martda mamlakatning ichki daromadlari va qirollikning bojxona va aksizlari birikishidan shakllantirilgan. HMRC, rasmiy tarzda daromad offitserlari sifatida tanish bo’lgan fuqaro xodimlarniva kunlik soliq ishini amalga oshiradigan bojxona xizmatini o’z ichiga olgan. HMRC daromad va bojxona uchun komissiorlarini g’aznachilik tavsiyasiga binoan qirolicha tayinlaydi. g’aznachilik esa davlat moliyasi uchun ma’sul bo’lgan moliya vazirligi tomonidan boshqariladi. HMRC mutaxassis va mahalliy idorlari va bo’limlari maxsus soliqlar bilan shug’ullandigan (kapiatl solig’i)maxsus idoralar yoki obyektlar (masalan ppensiya fondi, soliq undirilish) va odatiy ishlar bilan shug’ullanadigan idoralarani o’z ichiga oladi. Komissarlar mana shu idoralarni boshqarish, soliq qonuni ijro etish ma’sul hisoblanib soliq bilan bog’liq muammolarni moliya vazirligi bilan maslahatlashadi. Buyuk Britaniya nisbatan kichikiroq davlat, shunig uchun yagona soliq boshqaruvi organi soliqqa tortishning hamma tomonlari bilan shug’ullanadi 4 . Mahalliy vakillik organlari hududlar bo’yicha ayrim soliqlarni masalan konsullik solig’i va biznes darajasi bo’yicha undirishga biroz ma’sulayiati bor. Kattaroq davlatlar uchun bunday boshqarish usuli qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Shuning uchun ular shtatlar bo’yicha ham shunday tashkilotlarni tuzganlar. Amerika qo’shma shtatlari soliq organi bu Ichki Daromad Xizmati (Internal Revenue Service, IRS) lekin har bir shtatning o’z soliq organi va soliq bo’yicha qonunchiligi bor. Avstraliya va Germaniyada o’xshash tarzda boshqaruv bor. Ular Australian Tax Office va Bundesministerium der Finianzen deb nomlanadi. Germaniyada nafaqat soliq shtat soliqlari mavjud undan tashqari bu soliqlarni mahalliy darajada undiradi. Bu turdagi tizim (davlat va shtat
3Advanced Taxation (UK), BPP Learning Media Ltd BPP House, Aldine Place 142–144 Uxbridge Road London W12 8AA, 2014
4 Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor and Francis Group. 2015
darajasidagi soliqlar) moliyaviy federalism deb nomlanadi va shtatlarning soliqlarni boshqaruv va soliq undirilishi davlatlar o’rtasida o’zgaradi. Hamma turdagi soliq tizimi boshqaruvchilarga xarajatga tushadi. Xarajatlarning oshishi soliq qonunchiliginign qanchalik murakkabligi va tushunarli ekanligiga bog’liq. Shu bilan birga har bir shaxs va Boshqa xo’jalik yurituvchi tashkilotlaning soliqqa nisbatan majburiyatini baholash jarayoni tabiatiga ham bog’liqdir. 1990 yildan beri o’zini baholash bo’yicha umumiy harakatlar bo’ldi. Soliq to’lovchiga (soliq boshqaruv organiga emas) soliq soliq tizimi ostida har bir yil uchun soliq majburiyatini to’g’ri taqsimlanayotganini o’zi to’g’ri baholab borish ma’suliyati yuklandi, odatda bu ish soliq deklaratsiyasini to’ldirish orqali amalga oshirilgan. Bundan oldin, soliqqa tortish jarayon soliq organi tomonidan baholash bilan boshlangan va soliq to’lovchi o’tgan yilgi soliq deklaratsiyai asosida bo’lganligi va noto’g’ri ekanligi tufayli haqida appilyatsiya qilganlar.
O’zini o’zi baholash tizimi soliq to’lash bog’liq majburiyatlarni bir qismini soliq to’lovchi zimmasiga yuklaydi va shu tufayli soliq organlari uchun soliq bilan bog’liq xarajatlarni qisqarishiga olib keladi.
Ochiq oydin ko’rinib turibdiki soliq organlari soliq to’lovchi o’z soliq deklaratsiyasida ko’rsatgan raqamlarga tog’ri deb mumkin va odatda shu raqamlar yuzasidan tortishishga huquqlari bo’ladi. Buyuk britaniyada agar soliq to’lovchi norozi bo’lsa rasmiy apeliyatsiya jarayoni boshlanadi. Agar bu bahs o’zaro kelishuv asosida hal qilinmasa, u Soliq Tribunallaridan biri yordamida hal qilinadi. Ikkala tomonlardan biri sud jarayonida chiqarilgan qarorga norozi bo’lsa, ish sudgacha oshirilishi mumkin. Har bir davlat mana shunday tortishuvlarni hal qilish bo’yicha o’z tizimi mavjud.
Soliqbo’yichamajburiyatnibajarilishi Yuqoridagi iborani Simon James o’zining “Soliqqa tortish bo’yicha Lug’at” kitobida quyidagicha tariflaydi: soliq to’lovchilarning qonunda belgilangan talablar va maqsadga ko’ra soliqlarni to’lash bo’yicha xoxishi-istagidir. Xuddi shunday xoxish boshqa soliq soliq organi tomonidan ham kutilishi kerak.
Katta miqdordagi soliq talablarini bajarish bo’yicha ilmiy izlanishlar “soliq to’lovchilarning xulq –atvoriga ta’sir etuvchi omillar ” ni o’rganishga qaratildi. Bu omillar ko’plab turli xildagi tadqiqotlarda yoshi, jinsi, oily ma’lumoti, daromaad darajasi, daromad turi va tabiati, egallab turgan lavozimi, qobiliyati, irqi, halolligi, murakkabligi, daromad orgalari bilan aloqalari, fosh etilishning ehtimolligi, sanksiyalar va soliq stavkasi, va soli majburiyatini bajarilishi bo’yicha xarajatlariga bog’liqligi aniqlandi. Ko’plab ilmiy adabiyotlar soliq majburiyatini bajarishni ushlab turuvchi/qo’rqitib turuvchi nazariy strukturadan foydalangan holda ko’rib chiqadi. Umumiy xulosa shundan iboratki, har bir shaxs soliq to’lashda fosh
bo’lish ehtimolining yuqoriligi va jazolarning shafqatsizligi tufayli soliq majburiyatlarini bajarishdan bo’yin tovlashdan qaytarib qolishni ta’minlaydi5.
Soliqni majburiyatini bajarmaslik qaytarib turuvchi metod iqtisodiyotning farazlaridan biriga tayanadi. Ya’ni soliq to’lovchilar har doim o’zlarining ko’zlagan daromadlarini ko’paytirishga va xarajatlarini kamaytirish bo’yicha harakat qiladilar. Shunig uchun soliq majburiyatlarini va jarimalarni bajarmagan hollarda ularni aniqlash va tegishlicha chora ko’rish audit xizmatining zarur ekanligi isbotlaydi. Har doim jazolash tuzumining zarurligi ekanligi ma’lum bo’lsada, juda ham shafqatsiz chora ko’rish, majburlash tizimning mavjudligi fuqarolarning begonalashtirib, o’zidan uzoqlashtirishga va muammoni yomonlashishiga olib keladi.
Soliq majburiyatlarini bajarmaslik qarama-qarshi tomonlarni muvozanatga keltirish va boshqa xilma xil omillar qadrlanmaydigan yana bir sohadir. Soliq to’lovchi o’z shaxsiy daromadlarini ko’paytirish harakat qiladilar bu esa soliq organi uchun yuqordagi maqsadga shunga erishish uchun ketadigan xarajatlarni yechishga ya’ni minimallashtirishga harakat qiladilar. Shunday bo’lsada bu soliq turning maqsadiga bog’liqdir. Masalan, agar soliq maqsadi aynan bir turdagi xulq atvorni yoki faoliyatni oldini olish bo’lsa, unda soliq organi maqsadga erishish uchun yuqoriroq soliq stavkalarini belgilaydilar.