5-mavzu: Soliq siyosati va uning asosiy yo’nalishlari
Reja:
Soliq siyosati, boshqaruvi va muvofiqligi.
O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uning huquqiy asoslari.
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida soliq siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda davlatning roli.
O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo‘nalishlari.
Soliq siyosati, boshqaruvi va muvofiqligi.
Bu mavzuda hukumat nuqtai nazaridan soliq siyosati, uni boshqaruvi, muvofiqligi va soliq solishning ichki o’zaro bog’langan xususiyatlarini ko’rib chiqadi. Har qanday hukumat o’z fuqarolarini o’rnatilgan qonun-qoidalar va normalar bo’yicha soliq to’lashlarini hohlaydi, lekin bir qator qiyinchiliklar bu ishni yuqori darajada amalga oshirga yo’l qo’ymaydi.
Simon James o’zining “Dictionary of Taxation” kitobida soliq siyosatini “hukumatning soliq tizimiga yondashuvi” sifatida ta’riflaydi. Rivojlangan mamlakatlarda soliq tizimidagi muammolardan biri bu ularning ko’p yillardan beri hali hanuz mavjud ekanligi va o’tmishda qabul qilingan bir qator dasturlardan qolgan meros shu bilan birga bu muammolarning ichki kanallar bilan o’zaro bog’langanligi ularning qo’rqinchli darajada murakkablashtirgan
1.
AQSh g’aznachiligi sobiq sekretari (William E. Simon) xulosa qilishicha: “Millat xuddi biron kishi tomonidan aynan biror bir maqsad uchun yaratilgan
soliq tizimiga ega bo’lishi kerak”. Kam miqdordagi davlatlar aynan bir maqsad uchun yaratilgan soliq tizimiga egalik qiladi. Buyuk Britaniya soliq tizimini eng oxirgi ko’zdan kechirgan “the Mirrless Review” tahlilida, alg’ov-dalg’ov soliq stavkalari va soliq bazasini o’rnatishdagi mantiqiy bog’liqlikning kamchiliklari va turli xildagi iqtisodiy faoliyatlar bo’ylab arbitrajlik diskriminatsiyalari Buyuk Britaniya soliq tizimini dunyodagi eng murakkab soliq tizimi deb aytilishiga sabab bo’ldi. The Mirrless review Adam Smitning to’rt qonunini ko’rib chiqishi bo’yicha Near universal qo’llab quvvatlashga yaqin lekin ular bir maqsad bilan ikkinchi maqsadni muvozanatda saqlash jarayonida yuzaga keladigan haqiqiy savollarni yechishga yordam bermaydi. Ikkita qarama qarshi tomonlarni muvozanatga keltirish bo’yicha vaziyatlar sodir bo’lib turadi chunki soliq siyosati bir vaqtning o’zida ikki va undan ortiq ortiq maqsadlar talablariga to’g’ri kelishi
1 Advanced Taxation (UK), BPP Learning Media Ltd BPP House, Aldine Place 142–144 Uxbridge Road London W12 8AA, 2014