5-mavzu. Rasmiy hujjat turlari. Xizmat yozishmalari (Xatlar, Diplomatik yozishmalar, Tijorat yozishmalari). Reja


Daʼvo xatlarining asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat



Download 32,69 Kb.
bet2/5
Sana20.03.2022
Hajmi32,69 Kb.
#502416
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maʼlumotnoma

Daʼvo xatlarining asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Daʼvo qiluvchi muassasa nomi va manzili.
2. Xatning yozilish sanasi va tartib raqami.
3. Daʼvoni qabul qiluvchi muassasa nomi va manzili.
4. Daʼvo bahosi (qiymati).
5. Xat matni.
6. Ilovalar roʼyxati (sahifalar soni koʼrsatilgan holda).
7. Mansabdor shaxs(lar)ning imzosi.
Odatda, daʼvo xatlari uch nusxada tayyorlanadi. Xatning 1 nusxasi aybdorga, 2-nusxasi daʼvogarning oʼziga qoldiriladi. Аybdor muassasa daʼvo xatida koʼrsatilgan talablarni bajarishdan bosh tortgan taqdirda, xatning 3-nusxasi daʼvo arizasiga qoʼshib, sudga yoki hakamlikka topshiriladi. Daʼvo xatlarida daʼvogar talabini asoslaydigan hamda tasdiqlaydigan dalillar, koʼrsatmalar va ekspertiza dalolatnomasi, qabul qilish dalolatnomasi, savdo dalolatnomalari va hokazolar xatga ilova qilinib, ularning roʼyxati koʼrsatilishi kerak.
Daʼvo xatlariga quyidagilar ilova qilinadi:
1.Tovar-transport yukxati (temir yoʼl yukxati, aeroflot yukxati, avtotransport yukxati va boshqalar).
2. Savdo dalolatnomalari (yuk qisman yoʼqolganda va buzilganda).
3.Yukning tashish uchun qabul qilinganligi toʼgʼrisida patta (yuk butunlay yoʼqolganda).
4.Joʼnatilgan mol (tovar)ning roʼyxati va bahosi koʼrsatilgan hujjat, toʼlov talabnomasi, naryadlar, mahsulotni joʼnatish uchun berilgan hujjat.
5.Daʼvo hisob-kitobining summasi (bunday hisob-kitoblar agar matnning oʼzida koʼrsatilmagan boʼlsagina ilova etiladi).
6.Daʼvogarning fikriga koʼra daʼvoning haqligini tasdiqlay oladigan hujjatlar.


Namuna

Tovar yetkazib berish kechiktirilganligi
uchun jarima toʼlash haqida
DА`VO

__________dagi _____________raqamli shartnomaga binoan


(sana)
Siz ga bahosi boʼlgan dona
(tashkilot, firma nomi) (soʼm soʼz bilan)

_____________ yetkazib berishingiz kerak edi.


(tovar nomi)

Biroq koʼrsatilgan shartnomaning shartlari buzilgan holda tovar__________kun kechikib yetkazib berildi (shu kungacha yetkazib berilmadi).


Shartnomaning________bandiga muvofiq, firma muddatida yetkazib berilmagan_________soʼmlik tovar bahosidan_______% miqdorda Sizning hisobingizga____________soʼm jarima yozdi.
Koʼrsatilgan jarima summasini 30 kunlik muddatda bizning_____hisobraqamimizga oʼtkazishingizni soʼrayman.
Mazkur summa belgilangan muddatda toʼlanmsa, ish xoʼjalik sudiga oshiriladi.
Firma direktori I.O.Fozilov
(imzo)



Muayyan bir shart yoki vaʼdani tasdiqlash maqsadida tuziladigan xatga kafolat xatlari deiladi . Xatlarning bu turi, qoidaga koʼra, bajarilgan ish uchun haq toʼlashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan taʼminlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shaxslarga joʼnatiladi. Kafolat xatlari ham boshqa xat turlaridek, odatda, idoraning xos ish qogʼoziga yoziladi. Kafolat xati korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Moliyaviy ishlar bilan bogʼliq boʼlgan kafolat xatlariga bosh hisobchi ham imzo chekishi zarur. Kafolat xati boshqa xatlardan farqli oʼlaroq, xat yoʼllanayotgan shaxsga toʼgʼridan-toʼgʼri murojaat qilish bilan boshlanishi ham mumkin.
Namuna

Hurmatli Hasan Аbdullayevich!
«Аrtel» kompaniyasi Sizga oʼzbek tilini oʼrgatish boʼyicha mashgʼulotlar olib borishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratishga va oʼzaro shartnoma asosida haq toʼlashga kafolat beradi.
Zavod direktori (imzo) O.N.Vahobov
Bosh hisobchi (imzo) R.S.Karimov





3. Diplomatik yozishmalar hujjat turlari orasida eng yoshi va ayni paytda eng qadimiysi hisoblanadi. Chunki O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida tan olinganidan keyingina shunday hujjatlarni o‘zbek tilida yozish masalasi ko‘tarildi. Aslida bunday yozishmalar X-XII asrlardayoq mavjud bo‘lib, «yorliqlar» deb atalgan. Diplomatik yozishmalarda qonun-qoidalarga to‘la va aniq amal qilish, hujjat yo‘llanayotgan mamlakat an'analarini hisobga olish zarur.
Diplomatik hujjat, albatta, javob talab qiladi. Hujjatning qaysi turi yuborilgan bo‘lsa, shu turi bilan javob qaytarilishi shart. Diplomatik hujjatlarning javobsiz qoldirilishi kamdan-kam hollarda yuz beradi va salbiy holat sifatida baholanadi. Diplomatik hujjatlarda hujjat yuborilayotgan mamlakatning nomlanishida, shaxsning lavozimi, ismi familiyasi va ota ismini yozishda, unga murojaat shakllarida biron-bir xatoga yo‘l qo‘yish mutlaqo mumkin emas. Ular a'lo sifatli qog‘ozga bir tekis joylashtirilgan holda bexato yozilishi, hech qanday harf o‘chirilmasligi va to‘g‘rilanmasligi, muhr o‘z o‘rnida qo‘yilishi lozim.
Diplomatik hujjatlarning shakli, tashqi ko‘rinishi qanchalik muhim bo‘lmasin, diqqat-e'tibor asosiy qismga, uning mazmuniga qaratilmog‘i lozim. Fikrni aniq, to‘g‘ri, mantiqiy izchil, asosli hamda ikkinchi tomonning xususiyatlarini hisobga olgan holda bayon etish zarur. Ushbu hujjatlarda noaniqlik, dalillarni noto‘g‘ri ko‘rsatish bo‘lmasligi lozim, chunki uni keyin to‘g‘rilab yozish yoki alohida to‘g‘rilab ma'lumot berish mumkin emas. Diplomatik yozishmalar tashqi ishlar vazirliklari tomonidan shu mamlakatning davlat tilida olib boriladi va biror xalqaro tildagi tarjimasi ilova qilinadi. Elchixonalar ham yozishmalarni o‘z davlat tillarida yoki o‘zlari turgan mamlakat tilida olib borishlari mumkin. Diplomatik hujjatlarda so‘zga e'tibor juda kuchli bo‘lmog‘i kerak. Ularning tili sodda, ravon bo‘lib, ko‘chma ma'nolardan holi bo‘lmog‘i, so‘z mazmun bilan mutlaq mos bo‘lishi, undan boshqacha ma'no anglashilmasligi kerak. Demak, diplomatik hujjatlar o‘ziga xos leksik-uslubiy, grammatik, morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega.
Diplomatik yozishmalar o‘z atamalar tizimiga, qoliplashgan turg‘un birikmalariga, sinonim, antonimlar kabi turli ifoda vositalariga ega. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, xizmat xatlari hissiy-bo‘yoqdor so‘zlardan holi bo‘lishi talab etilsa, diplomatik yozishmalar, aksincha, hissiy-bo‘yoqdor so‘zlarga boyligi, maqtov va iltifot so‘zlariga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, notalarda «Janobi oliylari», «Hurmatli janob», «Sizga bo‘lgan yuksak hurmatimga ishonch bildirgaysiz» kabi hurmat so‘zlarining qo‘llanishi unga do‘stonalik, oz qo‘llanishi esa rasmiy tus beradi. Diplomatik yozishmalarda uslubiy neytral so‘zlar emas, balki ijobiy hissiy-bo‘yoqli so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Misol uchun, bildiraman so‘zi o‘rnida izhor etaman, vaqt o‘rnida fursat, bir marta o‘rnida bir bora, mansab o‘rnida lavozim, rahmat o‘rnida tashakkur, xursand so‘zi o‘rnida mamnun so‘zlari qo‘llanadi. Diplomatik bayonnomada bosh ustiga, boshimiz ko‘kka yetdi, ko‘nglingizni cho‘ktirmang, bir yoqadan bosh chiqarib, bir tanu bir jon bo‘lib kabi iboralar, shuningdek, xalq maqollari, hikmatli so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday turg‘un birliklar yozishmaga ko‘tarinki ruh berishga, ta'sirchanlikni oshirishga xizmat qiladi. O‘z o‘rnida aytilgan yoki yozilgan so‘z xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ba'zi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Aksincha, noto‘g‘ri yoki noo‘rin aytilgan so‘z esa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Download 32,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish