5-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA HUQUQIY SIYOSIY
ISLOHOTLARNING AMALGA OSHIRILISHI, DEMOKRATIK
JAMIYATNI SHAKLLANTIRISH YO’LIDAGI ISLOHOTLAR
Mavzuni o‗rganishdan maqsad: Talabalarga Milliy davlat boshqaruvi tizimi.
Hokimiyatlar bo‗linishi prinsipi, ko‗ppartiyaviylik tizimi, nodavlat notijorat
tashkilotlari, O‗z-o‗zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni
demokratlashtirishdagi o‗rni haqida ma‘lumot berish.
Tayanch so‘z va iboralar:
fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati instituti,
nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar,
ko‗ppartiyaviylik, uchinchi sektor, yashillar, fuqarolarning huquq va erkinligi,
inson manfaatlari, artikulyasiya, integratsiya.
Asosiy masalalar (Reja):
1.Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‗zbekistonda hokimiyatlar
bo‗linishi prinsipi.
2.O‗zbekistonda ko‗ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati.
Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
3.O‗zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot
organlari va sud tizimidagi o‗zgarishlar.
4.O‗zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy
hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.
5.Ijtimoiy-sherikchilik. O‗z-o‗zini boshqaruv organlarining faoliyati va
ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‗rni.
Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‗zbekistonda hokimiyatlar
bo‗linishi prinsipi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Davlat hokimiyatining tashkil
etilish prinsiplari. Davlat hokimiyatining tashkil etiilishida O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti ham berilgan. 89-moddaga ko‗ra O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti O‗zRda davlat boshlig‗idir. Konstitutsiyada O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti respublika fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‗g‗ridan-to‗g‗ri
saylov xuquqi asosida yashirin ovoz berish yo‗li bilan 5 yil muddatga saylanadi.
Uni saylash tartibi qonun bilan belgilanishi aytilgan. YAngi qoidaga ko‗ra
Prezidentning ayrim vakolatlari Senatga, ya‘ni yuqori palataga bosqichma-bosqich
o‗tkazilishi aytilgan. Bu degani O‗zekistonning demokratik davlat va fuqarolik
jamiyatini qurishda fuqarolarning davlat hokimiyati boshqaruvidagi ishtiroki
kengaytirilgan.
Mustaqil
davlatimizning
bosh
qomusi,
O‗zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan bo‗lib, unga 2002 yil 27
yanvarda o‗tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‗ra hamda uning
asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi O‗zR qonuniga ko‗ra
Konstitutsiyaning 18,19,20,23-boblariga tuzatish va qo‗shimchalar kiritildi.
Konstitutsiyaning 1-bo‗lim 11-moddasida O‗zbekiston Respublikasi davlat
hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyatiga bo‗linishi prinsiplari: 1) Davlat suvereniteti; 2) Xokimiyat haqchiligi
tamoyiliga; 3) Inson va fuqaro huquq hamda erkinliklari ustuvorligi va
poydevorligi tamoyili; 4) Davlat hokimiyatining bo‗linish prinsipi; 5) siyosiy va
mafkuraviy xilma-xillik tamoyili; 6) Demokratizm tamoyili; 7) Davlat va
shaxsning o‗zaro mas‘uliyati tamoyili; 8) Davlat huquq tuzilishi tamoyillariga amal
qiladi.
O‗zbekiston Konstitutsiyasining 5-bo‗lim «Davlat hokimiyatining tashkil
etilishi» deb nomlangan bo‗lib, bunga birinchi navbatda O‗zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi haqidagi asosiy masala joy olgan. Oliy Majlis oliy davlat vakillik
organi bo‗lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oliy Majlis 2
palatadan: Qonunchilik palatasi va Senatdan (yuqori) iboratligi bayon etilgan. Oliy
Majlisning ana shu ikkala palatasi bilan bog‗liq bo‗lgan masalalar o‗z ifodasini
topgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari 21
ta bo‗lib ular alohida izohlangan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mutlaq
vakolatlari 4 ta. Senatning mutlaq vakolatlari esa 14 tani tashkil qiladi.
O‗zbekistonda Parlament taraqqiyotining Yangi bosqichlari. O‗zbekiston
Konstitutsiyasining 11-moddasi bevosita davlat hokimiyati tizimining bo‗linish
prinsiplari qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlari 3 ta tarmog‗i berilgan.
Davlat hokimiyatining tashkil etilishi qoidasiga ko‗ra O‗zbekistonda qonun
chiqaruvchi hokimiyatni Oliy Majlisning quyi Qonunchilik palatasi amalga
oshiradi.
Davlat hokimiyatining tashkil etilish prinsiplaridan biri, biz boya
aytganimizdek, Oliy Majlis, ya‘ni qonun chiqaruvchi hokimiyatdir. Bu
hokimiyatni isloh qilish tug‗risida 2002 yil 27 yanvarda referendum o‗tkazib, unda
ikki palatali parlamentni yuzaga keltirish masalasini O‗zbekiston fuqarolari
qo‗llab-quvvatlagan edilar.
2004 yil 26 dekabrda Oliy Majlisning quyi Qonunchilik palasiga va Mahalliy
hokimiyat organlariga (viloyat, tuman , shahar kengashlariga) saylovlar bo‗lib
o‗tdi, qayta saylov esa 2005 yil 9 yanvarda utkazildi. O‗zbekistonda 2005 yildan
boshlab, uning davlat qurilishi siyosiy hayotida yangi davr boshlandi. Ikki palatali
parlament shakllantirildi. 2005 yil yanvarida Senat a‘zolari mahalliy hokimiyat
organlari tomonidan ko‗rsatildi va aniqlandi.
Bulardan boshqa ikkinchi hokimiyat Vazirlar Mahkamasi, ya‘ni ijrioya
hokimiyat vazifasini bajaradi. Ijrioya hokimiyat har besh yilda uning – Vazirlar
Mahkamasining Yangi sostavini saylanadi. Mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasi
1995, 1999, 2005 yillarda qayta tayinlandi.
Uchinchi hokimiyat bu sud hokimiyati bo‗lib, qonun ustuvorligini ta‘minlashda
asosiy rol o‗ynaydi. Qonun ustuvorligini ta‘minlash esa huquqiy davlat barpo
etishning asosiy mezonlaridan biridir.
Umuman, O‗zbekistonda saylov qonunchiligi, ya‘ni parlament taroqqiyoti 4
bosqichni bosib o‗tdi: 1-bosqich Konstitutsiyamiz qabul qilungunga qadar davr
bo‗lib, bu davrda O‗zR Prezidenti saylovi va Referendum to‗g‗risidagi qonunlar
qabul qilindi. 2-bosqich Konstitutsiyamiz qabul qilingandan to 1997 yilgacha
davom etdi. Bu davrda ―saylov tizimi‖ shakllantirildi. 3-bosqich 1997 yildan –
2003 yillarni o‗z ichiga oladi. Bu bosqichda amaldagi saylov qonunlariga ayrim
o‗zgartirishlar kiritildi. Markaziy saylov komissiyasi to‗g‗risidagi qonunlar qabul
qilindi. 4-bosqich 2003 yildan – 2005 yilgacha, bu davrda ikki palatali parlamentni
shakllantirish bilan bog‗liq saylov qonunlariga o‗zgartirishlar kiritildi va 2004 yil
26 dekabrdan Oliy Majlis qo‗yi qonunchilik palatasiga saylov o‗tkazildi.
Umuman parlament tomonidan qabul qilinadigan qonun ustuvorligi qo‗yidagi
uchala holat bo‗lgandagina to‗liq o‗z ifodasini topadi: 1) qabul qilinayotgan
qonunlar va boshqa narmativ hujjatlar adolatga, inson huquqi va manfaatlariga
asoslangan bo‗lishi shart; 2) bu qonunlar barcha davlat organlari, mansabdor
shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqoralar tomonidan aniq bajarilishi zarur; 3)
qonunlarga mos bo‗lishi qonun ustuvorligini ta‘minlashning asosiy mexanizmlarini
tashkil
etadi.
2. Vazirlar Mahkamasi- ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‗z R
Konstitutsiyasi 98- moddasiga ko‗ra Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir, uning
urinbosari, vazirlar, davlat qumitalarining raislaridan iborat. Qoraqolpog‗iston
Respublikasi hukumati boshlig‗i VM tarkibiga o‗z lavozimi bo‗yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasi tarkibi O‗zR Prezidenti tamonidan shakllantiriladi. VMsi
a‘zolari Bosh vazir taqdimiga ko‗ra Prezident tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar
Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma‘naviy sohaning samarali faoliyatiga
rahbarlikni, respublika qonunlari Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari,
qarorlari, farmoishlari ijrosini ta‘minlaydi. Demak, Vazirlar Mahkamasi ijroiya
hokimiyat bo‗lib, u davlat hokimiyati bo‗linish prinsipiga ko‗ra Ikkinchi
hokimiyat, ya‘ni hukumatdir.
3. Sud hokimiyati – uchunchi hokimiyat organi tarmog‗i bo‗lib, u qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan boshqa jamoat
birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritiladi. Sud tuzimi 5 yil muddatga
saylanadi. Sudlarni tashkil etish, faoliyat ko‗rsatish tartibi qonun bilan belgilab
qo‗yilgan. O‗zbekistonda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo‗jalik sudi,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar, tuman, shahar, xo‗jalik
sudlariga bo‗linadi. Prezdent Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma yig‗ilishida hokimiyatning ana shu
tarmog‗ini, sud tizimini tubdan isloh qilish yo‗llarini ko‗rsatib o‗tdi. Sud-huquq
tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirish uchun prokuratura organlarining sud
jarayonlariga aralashuvini cheklash, shaxsni ushlab turish, hibsga olish xuquqlarini
sud zimmasiga o‗tkazishni belgilab beradi. Sud jazolovchi organdan oddiy
odamlarning xuquq va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, mustaqil
faoliyat
yuritishini
ta‘minlash
ta‘kidlab
o‗tildi.
O‗zbekistonda ko‗ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati.
Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. Ko‗ppartiyaviylik zamonaviy
demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitutsiyaviy
tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko‗ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning
siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi tamoyillarini
o‗zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o‗rtasida doimiy
muloqot ta‘minlanadi.
Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini
erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va
insonning o‗z qobiliyatini to‗la ro‗yobga chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit
yaratishda, odamlarning o‗z xohish-irodasini erkin ifoda etish, o‗z manfaatlarini
ro‗yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon
qilishda, jamiyatimizda mavjud bo‗lgan turli manfaatlarini ro‗yobga chiqarish va
himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda
mavjud bo‗lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o‗rtasidagi
muvozanatni
ta‘minlaydigan
samarali
mexanizmni
shakllantirishda
ko‗ppartiyaviylik
tizimi
muhim
rol
o‗ynaydi.
Respublikamizda
ko‗ppartiyaviylikning shakllanish jarayonini har biri muayyan voqea bilan ajralib
turadigan quyidagi beshta bosqichga bo‗lish mumkin:
1) 1991–1994 y.: yakkapartiyaviylikning tugatilishi va ko‗ppartiyaviylikning
shakllanishi uchun zarur bo‗lgan shart-sharoitlarining yaratilishi;
2) 1995–1999 y.: ko‗ppartiyaviylikning qonunchilik asoslari yaratilishi va
yangi partiyalarning tashkil topishi. ―Siyosiy partiyalar to‗g‗risida‖gi (26.11.1996
y.), ―Nodavlat notijorat tashkilotlari to‗g‗risida‖gi (14.04.1999 y.) O‗zbekiston
Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi;
3) 2000–2004 y.: siyosiy tajriba to‗plash va moliyaviy mustaqillikni
ta‘minlash, doimiy elektoratni belgilab olish. ―Qonun loyihalarining umumxalq
muhokamasi to‗g‗risida‖gi (14.12.2000y.), ―O‗zbekiston Respublikasining
referendumi to‗g‗risida‖gi (30.08.2001 y.), ―Referendum yakunlari hamda davlat
hokimiyati tashkil etilishining asosiy tamoyillari to‗g‗risida‖gi (04.04.2002), yangi
tahrirdagi ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‗g‗risida‖gi
(29.08.2003 y.) O‗zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi;
4) 2005–2006 y.: siyosiy partiyalar parlament nazoratining kuchayishi,
konstruktiv muxolifatning shakllanishi;
5) 2007 yilda to hozirgi kunga qadar: siyosiy partiyalar faoliyati ―Davlat
boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‗g‗risida‖
O‗zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyaviy qonuni asosida (11.04.2007
y.) yanada jadallashuvi, siyosiy partiyalarning O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
va O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va
shahar Kengashlariga bo‗lib o‗tgan saylovlardagi ishtiroki, partiyalararo
raqobatning kuchayishi.
Siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etib, tegishli organlarga o‗z vakillarini
o‗tkazish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatida ishtirok etadi. SHu bilan
birga siyosiy partiyalar zamonaviy jamiyat tizimining muhim qismi bo‗lib, ular
davlatning siyosiy yo‗nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va
ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Huquqiy-demokratik davlat qurish,
kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ko‗ppartiyaviylikning
rivojlanishiga, mustaqil, faol aholining keng qatlami tomonidan qo‗llab-
quvvatlanadigan siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlarining
shakllanishi uchun shart- sharoitlar yaratilishiga katta ahamiyat berildi.
Alohida ta‘kidlash kerakki, «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish
hamda
mamlakatni
modernizatsiya
qilishda
siyosiy
partiyalarning rolini kuchaytirish to‗g‗risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunning qabul
qilinishi mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish uchun
huquqiy asoslarni mustahkamlab, siyosiy partiyalar demokratik tamoyillar asosida
faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar yaratdi. Darhaqiqat, 2-moddasida siyosiy
partiyalar fraksiyasi siyosiy partiyadan ko‗rsatilgan deputatlar tomonidan partiya
manfaatlarini O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida
ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilgan
deputatlar birlashmasi ekanligi, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasida ko‗pchilik o‗rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi
parlamentdagi ko‗pchilikni tashkil etishi, o‗z dasturiy maqsadli vazifalarining
yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |